Kodominantlik – geterozigota organizmda belgining yuzaga chiqishida har
ikkala allelning ishtirok etishi.
Konvergensiya – qarindosh bo‘lmagan turlarda o‘xshash muhit sharoitlarida
yashashga moslanish sifatida o‘xshash belgilarning mustaqil holda rivojlanishi.
Lizis – lizosoma yoki boshqa agentlardagi erituvchilik xususiyatiga ega bo‘lgan
fermentlar ta’sirida hujayralarning yemirilishi yoki erib ketishi.
Lizogen bakteriya – genom tarkibida nofaol profag tutgan bakteriya.
Lizogeniya – bakteriofagning bakteriya genomiga profag holida joylashib olishi.
Mangust – yirtqich sutemizuvchilar turkumining suvsarsimonlar oilasiga
mansub hayvon.
Monoklonal antitana – bir tur antitana hujayralarining rak hujayralariga
duragaylash orqali olingan gomogen antitana oqsil molekulalari.
Partenogenez – jinsiy ko‘payish xili bo‘lib, bunda urg‘ochi jinsiy hujayralar
urug‘lanmasdan rivojlanadi.
Politipik – bir turga kiruvchi organizmlarning turli nusxada bo‘lishi.
Pubertat (pubertat davri) – jinsiy yetilish; o‘smir organizmidagi kechadigan
o‘zgarishlar bo‘lib, ularning natijasida o‘smir voyaga yetadi va naslni davom ettira
oladi.
Reduksiya – ontogenezning boshlang‘ich davrida yoki ajdodlarda normal
rivojlangan organning rivojlanmaganligi yoki butunlay yo‘qolishi.
Rekombinant T-DNK – yot DNK molekulasini vektor plazmida tarkibiga
kiritishdan olingan genetik konstruksiya.
Retrotranspozon – i-RNK matritsa vositasida o‘z nusxasini sintezlab, genomning
boshqa joyiga ko‘chib o‘tadigan virussimon DNK molekulasi.
Sayt – (ingl. site – joy) DNK molekulasidagi yagona nuqta. Bu nuqta borayotgan
jarayonga muvofi q restriksiya sayti, rekombinatsiya sayti yoki transpozitsiya sayti
deyiladi.