Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Odam irqlari. 
Zamonaviy odamlarning hammasi bitta «
homo sapiens
» 
turiga mansub. Insoniyatning birligi, uning kelib chiqishining umumiyligi, 
tuzilishining o‘xshashligi turli xalqlar orasidagi nikohdan sog‘lom avlod tug‘ilishi 
bilan tasdiqlanadi. Homo sapiens sapiens turining ichida yirik sistematik 
guruhlar – irqlar mavjud. Irqlar bir-birlaridan, terisining rangi, ko‘zining, 
burnining, labining shakli, tanasining proporsiyasi, ba’zi biokimyoviy 


234
ko‘rsatkichlari, ekologik, xulq-atvor va boshqa biologik xususiyatlari bilan farq 
qiladilar. Hozirda odamlarning 3 ta katta irqlari farqlanadi. 
Yevropoid irqqa mansub odamlar terisi och rangda (oq tanli), sochlari 
tekis yoki to‘lqinsimon, rangi sarg‘ish yoki qo‘ng‘ir, ko‘zlari ko‘k yoki 
kulrang-yashil, lablari yupqa, burni ingichka, erkaklarida soqol-mo‘ylovlari 
yaxshi o‘sadi.
Mongoloid irqqa mansub odamlarning terisi qora mag‘iz, sarg‘ish, ko‘zlari 
qo‘y ko‘z, sochlari tekis, qattiq va qora, yuqorigi qovog‘i osilgan. Mongoloid 
irq vakillari asosan Osiyoda tarqalgan, lekin migratsiya natijasida ular Yer 
shari bo‘ylab tarqalib ketganlar.
Negroid irq – terisi qora, sochlari jingalak, qora, burni keng va yassi
qo‘y ko‘z. Ko‘pchilik vakillarida qalin lablari bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. 
Olimlar fi kriga ko‘ra, hozirgi zamon odami shakllanish jarayonida uning 
dastlabki vatani hisoblangan Janubiy-Sharqiy Osiyo va unga qo‘shni Shimoliy 
Afrikada ikki irq – janubi-g‘arbiy va shimoliy-sharqiy irqlar paydo bo‘lgan. 
Birinchi tarmoq keyinchalik yevropeoid va negroid irqlari, ikkinchisi esa 
mongoloid irqining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. 
Irqlarning kelib chiqishi, tabiiy tanlanish, mutatsiya, alohidalanish, 
populatsiyalarning aralashib ketishi kabi omillarga bog‘liq. Irqlar 
shakllanishining ilk bosqichida tabiiy tanlanish muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan. Tabiiy tanlanish, muayyan sharoitda hayot faoliyatini yuksaltiradigan, 
adaptiv belgilarning populatsiyada saqlanishi va ko‘payishiga sabab bo‘lgan.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin