Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Tayanch so‘zlar:
antropogenez, biologik omillar, ijtimoiy omillar, ong, nutq, 
yevropeoid, mongoloid va negroid.
Savol va topshiriqlar:
1. Odamning rivojlanishida biologik omillar deganda nimani tushunasiz?
2. Eng qadimgi odamlar va qadimgi odamlarning belgilari nimalardan iborat?
3. Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar qaysi belgilari bilan ajralib turadi?
4. Odamning rivojlanishida rol o‘ynagan ijtimoiy omillarni sharhlang.
5. Odam irqlari qachon paydo bo‘lgan?
6. Odam irqlari qanday toifalarga bo‘linadi?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 
Hozirgi kunda odamlarning jismoniy 
mehnat faoliyatidan mexanizatsiyalashgan, kompyuterlarda boshqariladigan meh-
nat turiga o‘tishi ularning tana tuzilishiga, ruhiyati, aqliy faoliyati va yashash 
mu hitiga qanday ta’sir ko‘rsatadi deb o‘ylaysiz?


235
A T A M A L A R L U G ‘ A T I
Adenozindifosfat, ADF
– adenin, riboza va ikkita fosfat kislota qoldig‘idan 
iborat bo‘lgan nukleotid.
Allofen
– allo... (yunoncha allos – boshqa, yot), gen mutatsiyalari emas, balki 
somatik gibridizatsiya yoki transplantatsiya natijasida hosil bo‘lgan, genetik jihatdan 
aralashgan fenotip. Allofen iborasi 1955-yilda Y. Xadorn tomonidan kiritilgan.
Amitoz
– hujayraning xromosomalar hosil qilmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri, mitoz 
bo‘lmagan bo‘linishi.
Antigenlar
– organizm tomonidan yot moddalar kabi qabul qilinadigan va 
maxsus immun reaksiyasini keltirib chiqaradigan moddalar.
Batsillalar
– tayoqchasimon ko‘rinishga ega bo‘lgan bakteriyalar.
Biotexnologiya
– tirik organizmlar va ularda kechadigan jarayonlardan ishlab 
chiqarishda foydalanish.
Blastula
– ko‘p hujayrali organizmlarning blastulatsiya bosqichidagi murtagi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin