Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Tayanch so‘zlar: 
arxantroplar, paleoantroplar, neoantroplar.
Savol va topshiriqlar:
1. Odam evolutsiyasining bosqichlarida ro‘y bergan o‘zgarishlarni muhit omillari 
bilan bog‘lab tushuntiring.
2. Arxantroplarga xos belgilarni ayting.
3. Paleoantroplarning tashqi tuzilishini tasvirlang.
4. Neoantroplarga xos xususiyatlarni izohlang.
58-§. ODAM EVOLUTSIYASINI HARAKATLANTIRUVCHI 
KUCHLAR
Odamning paydo bo‘lishida biologik omillar katta ahamiyatga ega bo‘lsa-
da, biroq ularning o‘zi antropogenezni tushuntirish uchun yetarli emas. Bu 
jarayonda biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar ham muhim 
rol o‘ynagan. Organik olamning evolutsiyasining biologik omillari – irsiy 


233
o‘z garuvchanlik, yashash uchun kurash, populatsiya to‘lqini, genlar dreyfi , 
alohidalanish va tabiiy tanlanish odam evolutsiyasiga ham tegishli ekanligini 
Ch. Darvin ko‘rsatib bergan edi. Odam evolutsiyasining ilk bosqi chida atrof-
muhitning o‘zgaruvchan sharoitiga yaxshi moslashishga qaratilgan tanlanish 
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Biologik omillar tufayli odam ajdodlari 
organizmida bir qancha morfofi ziologik o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Mutatsion 
o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli mehnat 
operatsiyalari uchun foydali bo‘lgan qo‘llari o‘zgargan individlar saqlanib 
borgan. 
Antropogenez uchun ijtimoiy omillar: mehnat faoliyati, jamoa bo‘lib 
yashash, nutq va tafakkur xarakterlidir. 
Odam evolutsiyasida qomatning tiklanishi bilan qo‘lning mehnat vositasiga 
aylanishi muhim omil bo‘lgan. Mehnat qurollarini yasash odam qo‘lining 
tobora o‘zgarib borishiga sabab bo‘lgan. 
Odam evolutsiyasida jamoa bo‘lib yashash ham muhim ahamiyatga 
ega bo‘lgan. Ular birgalashib, yirtqich hayvonlardan himoyalanganlar, 
ov qilishgan va bolalarini tarbiyalashgan. Jamoa bo‘lib yashash, qadimgi 
odamlarni bir-birlari bilan tovush, imo-ishora va mimika orqali munosabatda 
bo‘lishga ehtiyoj tug‘dirgan. Irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish 
natijasida hiqildoq o‘zgarib odamning nutq organiga aylangan. Bosh miya va 
tafakkurning rivojlanishi mehnat va nutqning takomillashuviga olib kelgan. 
Yuksak hayvonlardan farqli ravishda odamda ikkinchi signal sistemasi 
rivojlangan. Ovchilik bilan shug‘ullanish, baliq ovlash faqat o‘simliklar 
bilangina emas, balki aralash ovqatlanishga ham imkon bergan. Bu esa 
o‘z-o‘zidan ichaklarning qisqarishiga sababchi bo‘lgan. Olovda pishirilgan 
oziqni ming yillar mobaynida iste’mol qilish bora-bora chaynash apparatiga 
bo‘lgan og‘irlikni yengillashtirgan. Oqibatda baquvvat chaynash muskullari 
birikadigan tepa suyagining qirrasi o‘zining biologik ahamiyatini yo‘qotgan.
Xulosa qilib aytganda, tik yurishga o‘tish, qo‘lning yurishdan ozod 
bo‘lishi, mehnat qurollarini yasash, go‘sht iste’mol qilish, olovdan foydalanish
jamoa bo‘lib yashash, ong va nutqning rivojlanishi odam evolutsiyasida katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin