Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Blastulatsiya
– ko‘p hujayrali hayvonlar tuxumi bo‘linishining oxirgi davri. Bu 
davrda murtak blastula deb ataladi.
Divergensiya
– lotincha ajralish. Belgi-xossalarning bir-biridan farqlanishi.
Dizruptiv 
– bir populatsiya doirasida bir-biridan farqlanuvchi bir nechta 
polimorf formalarning hosil bo‘lishiga olib keluvchi tabiiy tanlanishning bir shakli.
Elektroforez 
– molekulalarni elektr maydoniga joylashtirilgan maxsus gel 
ichida kattaligiga ko‘ra bir-biridan ajratish usuli.
Ekssiziya
– (inglizcha “excision” – chiqib ketish) profagning bakteriya genomi-
dan chiqib ketish jarayoni. 
Endonukleaza
– DNK zanjirining kesuvchi qismlari (restriktaza).
Filogenetik shajara
– avlodlar shajarasi bo‘lib, fi logenez kechishi va turli 
organizmlar guruhlarining qarindoshlik aloqalarining grafi k aks ettirilishi.
Fotoperiodizm
– yorug‘ kun uzunligi o‘zgarishiga bog‘liq holda organizmlar 
o‘sishi va rivojlanishi jarayonlaridagi o‘zgarishlar. 
Genlar dreyfi 
– tasodifi y sabablar ta’sirida populatsiya genetik tuzilishining 
o‘zgarishi – genetik avtomatik jarayon.
Genlarni klonlash
– ko‘zlangan DNK bo‘lagini vektorlar vositasida ko‘paytirish.
Genofond 
– populatsiya tarkibiga kiruvchi organizmlarning genlar to‘plami. 
Genom
– xromosomalarning gaploid to‘plamidagi genlar majmuasi.
Interferon
– virusli kasalliklarda organizm hujayralarida hosil bo‘ladigan oqsil. 
Kallus to‘qima
– hujayralarning bo‘linishidan hosil bo‘lgan, deyarli ixtisos lash-
magan hujayralar massasi.
Kariotip
– u yoki bu turga xos bo‘lgan xromosoma to‘plami belgilarining 
yig‘indisi.


236
Kodon (yoki triplet)
– sintezlanayotgan oqsilga kiritiladigan qat’iy ma’lum bir 
aminokislotani kodlaydigan uchta nukleotid ketma-ketligi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin