Tо‘yingan kislotalar : 1. Miristin C13H27COOH
2. Palmitin C15H31COOH
3. Stearin C17H35COOH
Tо‘yinmagan kislotalar : 1. Olein C17H33COOH
2. Linol C17H31COOH
3. Linolen C17H29COOH
Ba’zan kapron, kapril, kaprin, laurin, araxin, begen, eruk C21H41COOH va boshqa
kislotalar bо‘lishi mumkin.
Yog‘lar tarkibida gletseridlardan tashqari quyidagi birikmalar uchrashi mumkin.
1. Sof yog‘ kislotalari (gidroliz)
2. Sterinlar (zoosterinlar, fitosterinlar)
3. Fosfatidlar (glitserin + yog‘ kislotasi + fosfor kislotasi)
4. Lipoxromlar (rang beruvchi bо‘yoq moddalar, xlorofill, karotinoidlar, gossipol, va
boshqalar)
5. Vitaminlar A, D, YE.
6. Xromogen moddalar yog‘larning ba’zan rangli reaksiyalar berishiga sababchi moddalar.
Masalan kunjut moyi tarkibidagi sezamol shularga kiradi.
Yog‘lar asosan о‘simliklarning mevalarida, urug‘larida, hayvonlarda esa teri osti
tо‘qimalarida, ichki organlar atrofida tо‘planadi.
Hujayrada moy bilan birga hamisha
lipaza fermenti bо‘ladi. U moylarni sintez va
parchalanishida ishtirok etadi. Sovuq iqlimdagi о‘simliklarda suyuq moylar, issiq iqlimdagi
о‘simliklarda esa qattiq (tо‘yingan) moylar tо‘planadi.
Yog‘larning fizik va kimyoviy xossalari Yog‘lar oddiy haroratda qattiq, yumshoq, suyuq, oq yoki sarg‘ish rangli birikmalardir. Har xil
bо‘yoqlar tufayli ba’zi о‘simlik moylari bо‘yalgan bо‘ladi.
Suvdan yengil 0,910 - 0,970 suvda erimaydi, spirtda yomon eriydi, organik erituvchilarda
yaxshi eriydi. Kanakunjut moyigina spirtda yaxshi eriydi. Emulgator qо‘shib ishlansa suv
bilan emulsiya hosil qiladi. Qog‘ozda dog‘ qoldiradi.
Yog‘lar gidrolizga uchrab parchalanadi
.
1. KON bilan yog‘lar suyuq sovun hosil qiladi.
2. NaON bilan yog‘lar qattiq sovun hosil qiladi.
3. NH4ON bilan yog‘lar liniment (uchuvchi malxam hosil qiladi).
4. Qо‘rg‘oshin bilan yog‘lar malxam hosil qiladi.
Agar suyuq moylarda tо‘yinmagan kislotalar tо‘yintirilsa qattiq moy hosil bо‘ladi.
Yog‘larning qattiq, quyuq, suyuq bо‘lishi ularning tarkibidagi kislotalarning tо‘yingan yoki
tо‘yinmaganligiga bog‘liq.