Biologiya 5 new indd



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/78
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#176494
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78
5-biologiya

Q e d u rtm _ u z
4. 
T a jrib a usuli - organizmlar uchun qulay b o ‘ lgan muhit 
yaratib beriladi, shu muhitda ularning o ‘sishi va rivojlanishi, orga- 
nizmning tashqi muhit ta ’sirida o ‘zgarishi o ‘ rganiladi. Masalan, oq 
gulli o ‘simliklarni turli rangdagi b o ‘yoq eritmasiga solib, 2 soatdan 
so‘ ng gul rangining o ‘zgarishi tajribada kuzatiladi (8-rasm, b).
Biologiyani o ‘ rganish usullarini birgalikda q o ‘ llab, tirik organizm 
haqida ko‘proq m a’ lumotga ega bo‘ lish mumkin.
1. Tirik organizmlarni o‘rganish usullarini aytib bering.
2. Oq va qo‘ ng‘ir ayiqning o'xshashlik va farqlarini qaysi usulda 
aniqlash mumkin?
3. Qaysi usuldan foydalanib otlarning kelib chiqishi haqida 
ma’ lumotga ega bo‘lish mumkin?
4. Oq gullarga bo‘yoqning ta’sirini qaysi usul yordamida tek­
shirish mumkin?
5. Qaysi usulda tabiiy muhitga ta’sir etmasdan ma’lumot oli- 
nadi?
XVII asrda italiyalik shifokor Franchesko Redi quyidagicha taj- 
m
riba 
0
‘tkazadi. Uchta shisha idish olib, ularga go'sht bo'laklarini 
joylaydi. Birinchi idishning og‘zini ochiq qoldiradi, ikkinchi idish- 
ning og‘zini zich berkitadi. Uchinchi idishni doka bilan yopadi. 
Vaqt o‘tishi bilan og‘zi ochiq idishdagi go‘shtda tuxum, undan
9 - r a s m . Redi tajribasi.
14


qurtlar paydo bo‘lib, pashsha uchib chiqadi. Og‘zi yopiq idishda
va doka tutilgan idishda esa bu jarayon kuzatilmaydi (9-rasm).
Shisha idishlarni diqqat bilan kuzating.
1. Nima uchun birinchi idishda pashsha hosil bo‘ldi? Birinchi
idishdagi qurt qayerdan keldi?
2. Nimaga ikkinchi va uchinchi idishda pashsha hosil bo‘lmadi?
3. Olim biologiyani o‘rganishning qaysi usullaridan foydalandi?
4. Bu tajribadan siz qanday xulosaga keldingiz?
2 -la b o r a to riy a m a s h g 'u lo ti
Lupa va m ik ro s k o p tu z ilis h i bilan ta n is h is h
Tirik organizmlarning tuzilishini o‘rganish uchun kattalashtirib 
ko‘rsatuvchi asboblardan foydalaniladi. Ularga lupa va mikroskop ki­
radi. Lupa - eng sodda tuzilgan kattalashtirib ko‘rsatuvchi asbob 
bo‘lib, ikki tomoni qavariq linzadan iborat.
Qo‘l lupasi (10-rasm) buyumni 2-20 marotaba kattalashtirib ko‘r- 
satadi. Tekshirilayotgan tirik organizm aniq ko‘rinadigan bo‘lguncha 
lupa yaqinlashtiriladi va tekshirilayotgan obyektning tuzilishi o‘rganiladi. 
Masalan, tarvuz yoki pomidor bo‘laklarini tekshirib, ularni yumaloq 
hujayralardan iboratligini lupa yordamida aniqlash mumkin.
Mikroskop - kichik obyektlarni kattalashtirib ko‘rsatuvchi labora­
toriya jihozi hisoblanadi (11-rasm). Ko‘rish nayi - tubusning yuqori 
qismida okulyar, pastki qismida obyektiv joylashgan. Ular kattalashti- 
ruvchi linzalarga ega. Shtativga tubus va buyum stolchasi biriktirilgan. 
Makrovint yordamida tubusni ko‘tarish 
yoki tushirish mumkin. Mikrovintni burash 
orqali o’ rganilayotgan obyektning aniq 
tasviri hosil qilinadi. Buyum stolchasidagi 
teshik ostida ko‘zgu joylashgan. Ko‘zgu 
yorug‘likni 
buyum 
oynasiga yo‘naltirib 
aniq tasvir hosil bo‘lishiga yordam be- 
radi. Yorug'lik mikroskopi necha marta
kattalashtirib ko‘rsatishini aniqlash uchun 
1 0 - r a s m . Qo1 lupasi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin