Biologiya fanini o`qitishda integratsiyalashgan yondashuv qobilova Gulmira Musurmanqulovna



Yüklə 24,93 Kb.
tarix15.06.2023
ölçüsü24,93 Kb.
#130808
Qobilova Gulmira Musurmanqulovna


BIOLOGIYA FANINI O`QITISHDA INTEGRATSIYALASHGAN YONDASHUV
Qobilova Gulmira Musurmanqulovna
Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi biologiya fani o'qituvchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada biologiya fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi, fanlarning bir-biriga bog‘liqligi haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar: integratsiya, fizik jarayonlar, biologiya fanini geografiya fani bilan bog'liqligi.
Qo‘shni fаnlаrgа dоir mаtеriаllаrdаn biologiya dаrslаridа fоydаlаnishfаnlаrаrоuzviy аlоqаdоrlikni yanаdа mustаhkаmlаydi. Fanlararo aloqadorlik o’quv mavzulari mazmunini har tomonlama, atroflicha ochib berish uchun zarurdir. Biologiya fanining muhim g’oyalarini ochib berishda ko’mak beradigan, ular bilan kuchli darajada bog’langan fanlarning asosiy mazmuniga o’quvchilarni e’tiborini qaratish lozim. Fanlarning bir-biriga bog’liqlik darajalarini, shuningdek, bu fanlarda bo’layotgan o’zgarishlar, yangi tadqiqot natijalari, yangilanishlardan xabardor bo’lib borish hozirgi zamon o’qituvchisiga qo’yilgan talab bo’lib, u dars saviyasi, mavzu mazmunining o’quvchilar ongiga singdirilishi va uning beradigan samarasining oshishida asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Dars mavzusiga ko’ra metod va usullarni to’g’ri tanlash, shuningdek, ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish bu metodlarning to’g’ri tanlanganligi va mavzuni yoritishdagi o’rnini o’qituvchi to’g’ri belgilashi kerak. Biologiya fanida fanlararo bog’lanish texnologiyasi g’oyalarini akademik litsey va kasb-hunar kollejidagi boshqa o’quv predmetlarini o’qitishda va ta’limning boshqa bosqichlarida ham qo’llash mumkin. Tirik oraganizmlarda fizik jarayonlar ham sodir bo'lib turadi, bu esa biologiyaning fizika fani bilan integrativ bog'liqligini ifodalaydi. Masalan, odam organizimidagi fizik omillar ovqatning tishlar yordamida maydalanishi, ovqatning peristaltik va mayatniksimon harakatlanishi, nafas olishida gazlar almashinuvining diffuziya yo'li bilan sodir bo'lish jarayonini ko'rsatish mumkin. Bunda o'quvchilarda kommunikativ va o'zini-o'zi rivojlantirish kompetensiyalari shakllanadi.
Biologiya fanining geografiya fani bilan bog‘liqligi. O'simliklarni o'rganayotganimizda ularning joylashishi va kelib chiqish markazlari haqida ma'lumot beramiz.
O'zbekistonda o'sadigan madaniy o'simliklarning vatani boshqa materik va davlatlar ekanligi haqida ma'lumot beriladi. Masalan, Virgin archasining vatani Shimoliy Amerika, yerong'oqning vatani Braziliya, oshqovoq, loviya, makkajo'xori, g'o'za, qalampirlarning kelib chiqish markazi Markaziy Amerika, arpaning kelib chiqish markazi Efiopiya, bug'doy, suli, sabzining kelib chiqish markazi Janubiy-G„arbiy Osiyo, kartoshka, pomidor, tamakilarning kelib chiqish markazi Janubiy Amerika ekanligi haqida ma'lumot berilganda o'quvchilar diqqatini jalb qila olamiz. Bunda o'quvchilarda axborot bilan ishlash kompetensiyalari yanada shakllanib boradi.Yuqoridagi fikrlardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, barcha fanlarning integrativ bog'liqligini hamma davrlarda ta'minlagan holda fanlar taraqqiyoti yuksak daraja bo'lgan. Fanlarning uzaro bog'liqlikda rivojlanishi esa o„quvchi yoshlarning intellektual salohiyatini yanada oshirishga xizmat kiladi. Shu bilan birga integratsiyalashgan ta'lim o'quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Biologiya - tirik tabiat haqidagi fanlar majmuasi. Biologiya hayotning barcha koʻrinishlari: tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi va funksiyasini, tirik mavjudotlarning kelib chiqishi va tarqalishi, ularning bir-biri va yotirik tabiat bilan oʻzaro bogʻlanishini oʻrganadi. Biologiya fanlari sistemasi. Biologiya bir necha fanlardan tarkib topgan. Tadqiqot obʼyektiga binoan Biologiya botanika (oʻsimliklarni oʻrganadigan fan), zoologiya (hayvonlarni oʻrganadigan fan), odam aiatomiyasi va fiziologiyasi (odam organizmining tuzilishi va funksiyasini oʻrganadigan fan), mikrobiologiya (mikroorganizmlarni oʻrganadigan fan) va gidrobiologiya (suvda yashovchi organizmlar haqidagi fan)larga boʻlinadi. Bu fanlar oʻz navbatida birmuncha kichikroq tarmoklarga ajratiladi. Shu bilan birga Biologiya fanlarining birbiri bilan va boshqa fanlar bilan qoʻshilib ketishi tufayli bir qancha kompleks fanlar shakllangan (mas, sitogenetika, sitoembriologiya, ekologik genetika, ekologik fiziologiya). Biologiya fanlarini tadqiqot metodlariga binoan ham alohida fanlarga ajratish mumkin. Maye, organizmlarning tarqalishini biogeografiya, toʻqima va xujayralar tarkibini biokimyo, fizik jarayonlar va metodlarni biofizika oʻrganadi. Oʻz navbatida bu fanlarni ham tekshirish obʼyektlariga binoan alohida fanlarga ajratish mumkin (mas, oʻsimliklar biokimyosi, hayvonlar biokimyosi). Biokimyoviy va biofizik metodlar koʻpincha oʻzaro qoʻshilib yoki boshqa fanlar bilan birgalikda yangi fanlarni hosil qiladi (mas, radiatsiyey biokimyo, radiobiologiya). Biologik tadqiqotlardan oliigan natijalarni taxlil qilish va umumlashtirishda biometriya, yaʼni biologik mat. katta ahamiyatga ega. Tirik organizmlar tuzilishini oʻrganish darajasiga binoan ham bir qancha fanlar shakllangan (mas, molekulyar biologiya, gistologiya, anatomiya, ekologiya va boshqalar). Biologiyaning bevosita amaliyot bilan bogʻlangan masalalarini parazitologiya, gelmintologiya, immunologiya, bionika, kosmik biologiya kabi fanlar oʻrganadi. Biologik ta’lim maktab o’quvchilarning umumiy tabiatshunoslik ta’limining muhim qismidir. Biologiyani o’qitishda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish o’quvchilar tomonidan yetakchi g’oyaviy g’oyalarni o’zlashtirishga asoslanadi.
Biologiya fanining yetakchi g’oyalari-organik dunyo evolutsiyasi g’oyalari tirik tabiatni ko’p darajali tashkil etish, tuzilish va funksiyalarining o’zaro bog’liqligi, biologic tizimlarning tabiiy muhit bilan aloqasi, biologik tizimlarning yaxlitligi va o’zini o’zi boshqarish, nazariya va amaliyot o’rtasidagi bog’liqlik-biologiya bo’yicha maktab kursining mazmunini, tuzilishini, asosiy tushunchalarni rivojlantirish ketmaketligini belgilaydi. Shu bilan birga biologiya fanining birgalikda o’rganiladigan tarix, fizika,kimyo, geografiya fanlari o’quvchilarga moddiy dunyoning birligi va rivojlanishini ko’rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati :
1. " XXI asr pedagogikasining dolzarb vazifalari" Xalq taʼlimi,2007- yil
2. D.M.Raxmonova Qarshi davlat universiteti. Zamonaviy boshlang‘ich va pedagogik ta‘lim: nazariy va amaliy innovatsion ta‘lim tadqiqolar. Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi: Fanlararo izchillik va aloqadorlik o‘quvchi kognitiv jarayonlari taraqqiyotida muhim omil. 2020 yil, aprel.
3. Ilm-fan hayoti. -M.: Ilm, 1973
Yüklə 24,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin