Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021



Yüklə 380,02 Kb.
səhifə25/95
tarix30.09.2023
ölçüsü380,02 Kb.
#150733
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95
Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021-hozir.org

22-masala. Ikkita g’o’za o’simligi o’zaro chatishtirilib, keyingi avlodda 26 ta antotsian rangli va qo’ng’ir tolali; 25 ta oraliq rangli va qo’ng’ir tolali; 21 ta antotsian rangli va novvot rang tolali; 28 ta oraliq rangli va novvot rang tolali duragaylar olindi. Ota-ona sifatida olingan g’o’za o’simliklarining genotipini aniqlang.
23-masala. Ikki xil g’o’za o’simliklari o’zaro chatishtirilib, keyingi avlodda quyidagi fenotip ko’rinishidagi duragaylar olindi: 1/8 qism antotsian rangli, qo’ng’ir tolali; 1/4 qism antotsian rangli va novvot rang tolali; 1/8 qism antotsian rangli va oq tolali; 1/8 qism oraliq rangli va qo’ng’ir tolali; 1/4 qism oraliq rangli va novvot rang tolali; 1/8 qism oraliq rangli va oq tolali. Boshlang’ich ota-ona sifatida olingan g’o’za o’simliklarining genotipini aniqlang.
24-masala. Ikkita g’o’za o’simligi o’zaro chatishtirilib, keyingi avlodda 1/4 qism antotsian rangli va qo’ng’ir tolali; 1/2 qism oraliq rangli va qo’ng’ir tolali va 1/4 qism yashil rangli va qo’ng’ir tolali duragaylar olingan. Ota-ona o’simliklarining genotipini aniqlang.


Amaliy mashg’ulot № 6
Mavzu: Poliduragay chatishtirishga doir masalalar yechish va ularni tahlil qilish (2 soat)
Ishdan maqsad: Poliduragay chatishtirish bo’yicha masala yechishni o’rganish.
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid tablitsalar, kompyuter texnologiyasida slaydlar namoyishi, tarqatma materiallar.
Poliduragaylarda belgilarning nasldan naslga o’tishi bo’yicha mashqlar bajarish va masala yechish uchun studentlar fenotipik radikal, diduragay, poliduragay, fenotipik sinflarni; Mendelning belgilarning bir-biridan mustaqil ravishda nasldan-naslga o’tishiga doir uchinchi qonuni uning tsitologik asoslari mazmuni ni; diduragay va poliduragay, genotip fenotipni va Pennet kataklariga joylash printsipini o’zlashtirgan bo’lishi kerak.
Masalani yechishda tubandagi izchillikka rioya qilish tavsiya etiladi; masala shartini, ya’ni qaysi belgi dominant, qaysi belgi retsessiv ekanligini bilish; qay belgi qanday gen bilan ifodalanishini bilish; chatishtirishda ishtirok etayotgan ota-onaning fenotipi va ganotipini, chatishtirish belgisini yozish; F2 duragaylar fenotipi va genotipini Pennet kataklariga joylash; duragaylar fenotipi va genotipi bo’yicha ajralishini aniqlash.
1-masala*. Quyida keltirilgan genotiplar qanday tipdagi gametalarni hosil qiladi?
1) CCDDKK; 2) CCDdkk; 3) CcDdKK; 4) CcDdKk; 5) CcDdKkLl
Masalaning yechilishi:
1) CCDDKK = CDK (gomozigotali bo’lgani uchun faqat bir tipdagi gametalarni hosil qiladi).
2) CCDdkk = CDk, Cdk (monogeterozigotali bo’lgani uchun ikki tipdagi gametalarni hosil qiladi).
3) CcDdKK = CDK, CdK, cDK, cdK ( digeterozigotali bo’lgani uchun to’rt tipdagi gametalarni hosil qiladi).
4) CcDdKk = CDK, CDk, CdK, cDK, Cdk, cDk, cdK, cdk ( trigeterozigotali bo’lgani uchun sakkiz tipdagi gametalarni hosil qiladi).
5) CcDdKkLl = tetrageterozigotali bo’lgani uchun o’n olti tipdagi gametalarni hosil qiladi. Gameta hosil bo’lishining uch xil yo’lini ko’rib o’tamiz:
a) CcDdKkLl = CDKL, CDKl, CDkL, CdKL, cDKL, CDkl, CdKl, CdkL, cDKl, cDkL, cdKL, Cdkl, cDkl, cdKl, cdkL, cdkl.
b) CDKL CdKL cDKL cdKL
CDKl CdKl cDKl cdKl
CDkL CdkL cDkL cdkL
CDkl Cdkl cDkl cdkl
v) C c

D d D d



K k K k K k K k
L l L l L l L l L l L l L l L l


Yüklə 380,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin