Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021


Har ikki belgi bo’yicha to’liqsiz dominantlik holatida belgilarning irsiylanishi



Yüklə 380,02 Kb.
səhifə24/95
tarix30.09.2023
ölçüsü380,02 Kb.
#150733
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   95
Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021-hozir.org

Har ikki belgi bo’yicha to’liqsiz dominantlik holatida belgilarning irsiylanishi
21-masala*. G’o’za o’simligida o’simlikning antotsian rangi (Rp) yashil rangi (rp) ustidan to’liqsiz, tolaning qo’ng’ir rangi (FrBr) oq rangi (Frbr) ustidan to’liqsiz dominantlik qiladi. Har ikki belgi bo’yicha dominant gomozigotali g’o’za o’simligi har ikki belgisi retsessiv gomozigotali boshqa bir g’o’za o’simligi bilan chatishtirilib, F1 da o’simlik rangi oraliq, tolasi novvot rangda bo’lgan duragay o’simliklar olindi. F1 duragaylarini o’z-o’zi bilan changlantirib F2 o’simliklari olindi. F2 duragaylarida kuzatiladigan genotipik va fenotipik sinflarni aniqlang. F1 duragaylari har ikki ota-ona o’simliklar bilan qayta chatishtirilsa nima bo’ladi?
Masalaning yechilishi:
Belgi Gen
O’simlikning antotsian rangi Rp
O’simlikning yashil rangi rp
Tolaning qo’ng’ir rangi FrBr
Tolaning oq rangi Frbr
antotsian rang, yashil rang,
qo’ng’ir tola oq tola
P ♀ Rp Rp FrBr FrBr X ♂ rp rp Frbr Frbr
g Rp FrBr rp Frbr
F1 Rp rp FrBr Frbr - oraliq rang, novvot rang tola
oraliq rang, oraliq rang,
novvot rang tola novvot rang tola
P ♀ Rp rp FrBr Frbr X ♂ Rp rp FrBr Frbr
g Rp FrBr, Rp Frbr, Rp FrBr, Rp Frbr,
rp FrBr, rp Frbr rp FrBr, rp Frbr
F2 1. Rp Rp FrBr FrBr - 1 antotsian, qo’ng’ir tola
2. Rp Rp FrBr Frbr - 2 antotsian, novvot rang tola
3. Rp Rp Frbr Frbr - 1 antotsian, oq tola
4. Rp rp FrBr FrBr - 2 oraliq rang, qo’ng’ir tola
5. Rp rp FrBr Frbr - 4 oraliq rang, novvot rang tola
6. Rp rp Frbr Frbr - 2 oraliq rang, oq tola
7. rp rp FrBr FrBr - 1 yashil, qo’ng’ir tola
8. rp rp FrBr Frbr - 2 yashil, novvot rang tola
9. rp rp Frbr Frbr - 1 yashil, oq tola
Har ikki belgi bo’yicha to’liqsiz dominantlik hodisasi kuzatilgan vaqtda F2 da:
9 ta fenotipik sinf hosil bo’ladi, ularning nisbati - 1:2:2:4:1:2:1:2:1
9 ta genotipik sinf hosil bo’ladi, ularning nisbati - 1:2:2:4:1:2:1:2:1
Fenotipik va genotipik sinflarning soni bir xil bo’lib, 9 ga teng bo’ladi. Agar F1 duragaylarini dominant gomozigotali ota-ona bilan qayta chatishtirilsa, u holda:
oraliq rang, antotsian rang,
novvot rang tola qo’ng’ir tola
P ♀ Rp rp FrBr Frbr X ♂ Rp Rp FrBr FrBr
g Rp FrBr, Rp Frbr, Rp FrBr
rp FrBr, rp Frbr
FB Rp Rp FrBr FrBr - antotsian, qo’ng’ir tola
Rp Rp FrBr Frbr - antotsian, novvot rang tola
Rp rp FrBr FrBr - oraliq rang, qo’ng’ir tola
Rp rp FrBr Frbr - oraliq rang, novvot rang tola
FB da to’rtta fenotipik sinflar hosil bo’ladi, ularning nisbati 1:1:1:1.
Agar F1 duragaylari retsessiv gomozigotali ota-ona bilan qayta chatishtirilsa:
oraliq rang, yashil rang,
novvot rang tola oq tola
P ♀ Rp rp FrBr Frbr X ♂ rp rp Frbr Frbr
g Rp FrBr, Rp Frbr, rp Frbr
rp FrBr, rp Frbr
FB Rp rp FrBr Frbr - oraliq rang, novvot rang tola
Rp rp Frbr Frbr - oraliq rang, oq tola
rp rp FrBr Frbr - yashil rang, novvot rang tola
rp rp Frbr Frbr - yashil rang, oq tola
Bunda ham FB da to’rtta fenotipik sinflar hosil bo’ladi, ularning nisbati 1:1:1:1.

Yüklə 380,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin