Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021



Yüklə 380,02 Kb.
səhifə32/95
tarix30.09.2023
ölçüsü380,02 Kb.
#150733
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95
Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021-hozir.org

Amaliy mashg’ulot № 8
Mavzu: Allel genlarning o’zaro ta’sir xillariga ko’ra belgilarning irsiylanishini tahlil etish
Kodominantlik holatda belgilarning irsiylanishi.
Kodominantlik irsiylanishda odatdagi dominant-retsessiv tarzidagi o’zaro ta’sir kuzatilmaydi. Genotipdagi har xil ikki allel o’zaro faoliyat ko’rsatib, o’ziga xos belgining irsiylanishini ta’minlaydi. Kodominantlikka misol qilib ABO tizimiga kiruvchi odamlarda qon gruppasining irsiylanishini ko’rsatish mumkin. Odamlarda to’rt xil qon gruppalari mavjud: O (I), A (II), B (III), AB (IV). Qon gruppalari I genining uch tipdagi allellari - IA, IB, IO tomonidan boshqariladi. I qon gruppasiga ega odamlarning genotipi - OO; II qon gruppasiga ega odamlarning genotipi - AA yoki AO; III qon gruppasiga ega odamlarning genotipi - BB yoki BO. Dominant A va B allellariga ega bo’lgan odamlarda A va B allellari o’zaro birgalikda IV (AB) qon gruppasini belgilaydi.
1-masala. Tug’ruqxonada ikkita chaqaloqni almashtirib qo’yishdi. Ulardan birining ota-onasi birinchi va ikkinchi qon gruppasiga, ikkinchisiniki esa ikkinchi va to’rtinchi qon gruppasiga ega bo’lgan. Bolalarning qon gruppasi tekshirilganda, ulardan birining qon gruppasi birinchi va ikkinchisiniki esa ikkinchi ekanligi aniqlandi. Bolalarning qaysi ota-onaga tegishli ekanligini aniqlang. Bolalarning qon gruppasini aniqlamasdan ham ularning ota-onasini to’g’ri belgilash mumkinmi?
2-masala. Onasi ikkinchi gruppa va otasi birinchi gruppa qonga ega bo’lgan bolalarning qon gruppalari qanday bo’ladi? Onasi birinchi qon gruppasiga va otasi ikkinchi qon gruppasiga ega bo’lgan oiladagi bolalar faqat onasining qon gruppasiga ega bo’lishi mumkinmi? Qay vaqtda faqat otasining qon gruppasiga ega bo’ladi?
3-masala. Oilada to’rtta farzand tug’ilgan bo’lib, ulardan ikkitasi birinchi qon gruppasiga, bittasi uchinchi qon gruppasiga va bittasi to’rtinchi qon gruppasiga ega bo’lgan. Ota-onaning qon gruppasi qanday? SHu oilada ikkinchi qon gruppasiga ega bo’lgan bolalarning tug’ilish ehtimoli qanday?
4-masala. Ota-ona uchinchi qon gruppasiga ega bo’lgan. Oilada bitta bola tug’ilgan bo’lib, uning qon gruppasi birinchi bo’lgan. Ota-ona o’z qon gruppalarini bilganlari holda bolaning o’zlariniki ekanligiga shubha qilishgan. Ular haqlimi?
5-masala. II qon guruhli gomozigota ayol III qon guruhli gomozigota erkakka turmushga chiqsa, bu nikohdan qaysi qon guruhiga ega bo’lgan bolalar tug’iladi?
6-masala. II qon guruhli, ko’k ko’z, polidaktiliya bilan kasallangan ona va III guruhli, ko’k ko’z, besh barmoqli otadan I qon guruhli, ko’k ko’z, 5 barmoqli farzand tug’ildi (qo’y ko’zlik ko’k ko’zlik ustidan dominantlik qiladi). Ota-ona genotipini aniqlang.

Yüklə 380,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin