Amaliy mashg’ulot № 9 Mavzu: Noallel genlar o’zaro ta’sirining komplementar tipiga doir masalalar yechish (2 soat)
Ishdan maqsad: Genlarning komplementar ta’siriga doir masalalar yechishni o’rganish.
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid tablitsalar, kompyuter texnologiyasida slaydlar namoyishi, tarqatma materiallar.
Ishning mazmuni: Genlar o’zaro ta’sirining komplementar tipida bir belgi ikkita genning o’zaro ta’siri tufayli hosil bo’ladi. Lekin belgiga ta’sir etuvchi genlar teng qimmatga ega bo’lmay ulardan biri asosiy, ikkinchisi to’ldiruvchi vazifasini bajaradi. Komplementar holda nasldan-naslga o’tish Z xil bo’laadi.
1. Yangi belgi hosil bo’lishida ishtirok etadigan har ikki noallel gen mustaqil ravishda u yoki bu belgiga ta’sir etadi,
chunonchi RRrr geplar tovuqlarda gulsimon, rrRR genlar no’xatsimon toj hosil qiladi.
2. Yangi belgi hosil bo’lishida ishtirok etadigan ikki xil noallel genning biri mustaqil ravishda belgini vujudga keltiradi. Ikkinchi noallel gen esa bunday xususiyatta ega bo’lmaydi. CHunonchi, sichkonlarda AAbb genlar junning qora rangini, aaVV genlar esa xuddi aabb genlar kabi junning oq rangini hosil qiladi. V gen faqat A bilan genotipda bulgan taqdirdagina o’z ta’sirini fenotipda namoyon etadi, ya’ni pigment junda zonar holatda namoyon bo’ladi.
3. Komplementar holda nasldan-naslga o’tishning bu xilida noallel genlar alohida-alohida ravishda belgiga mustaqil ta’sir qila olmaydi. CHunonchi, XX asr boshida Betson va Pennetlar ipaksimon patli oq tovuqlarni dorxin zotli tovuqlar bilan chatishtirishgan, duragay tovuqlar hammasining pati rangli 6o’lishi, keyinchalik F1 da 9 : 7 nisbatda ajralish ro’y bergan. Ularning 9\16 qismi rangli patli, 7\16 qismi oq patli bo’lgan.
CHatishtirishda ishtirok etayotgan organizmlar fenotip jihatdan o’xshashligi yoki farq qilishi mumkin. Dominant va retsessiv genlarning o’zaro ta’siriga karab komplementar holda nasldan naslga o’tishining ikkinchi bo’g’ini xilma-xillik 9 : 3: 3: 1; 9 : 7; 9: 3 : 4; 9 : 6: 1 nisbatda ajralish ro’y beradi.
Komplementar holda nasldan-naslga o’tish bo’yicha masala yechish uchun studentlar: mazkur terminning tub mazmunini; noallel genlar orasidagi o’zaro ta’sir xilini; noallel genlarning o’zaro ta’sirida hosil bo’lishi genotipga karab fenotipni; komplementar holda nasldan-naslga o’tishning diduragay nasldan o’tishdan keskin farqini anik bilishlari kerak.
1-masala*. Yong’oqsimon tojli tovuqlar bargsimon tojli xo’rozlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan jo’jalarning 1/4 qismi yong’oqsimon tojli, 1/4 qismi gulsimon tojli, 1/4 qismi no’xatsimon tojli va 1/4 qismi bargsimon tojli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan tovuq va xo’rozlarning hamda jo’jalarning genotipini aniqlang.
Digeterozigotali yong’oqsimon tojli tovuq va xo’rozlar chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan jo’jalar toj shakli bo’yicha qanday fenotiplarga ega bo’ladi?