Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021


Erkinlik darajasi har xil bo’lgan holatlarda χ



Yüklə 380,02 Kb.
səhifə31/95
tarix30.09.2023
ölçüsü380,02 Kb.
#150733
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   95
Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021-hozir.org

Erkinlik darajasi har xil bo’lgan holatlarda χ2 ning qiymatini ko’rsatuvchi Fisher jadvali


Erkinlik
darajasi-
ning soni
(n1)


Ehtimollik (R)

0,99

0,95

0,80

0,50

0,20

0,05

0,01

1

0,000157


0,0393

0,0642

0,455

1,642

3,841

6,635

2

0,101

0,103

0,446

1,386

3,219

5,991

9,210

3

0,115

0,352

1,005

2,366

4,642

7,815

11,341

4

0,297

0,711

1,649

3,357

5,989

9,488

13,277

5

0,554

1,145

2,343

4,351

7,289

11,070

15,086

6

0,872

1,635

3,070

5,348

8,558

12,592

16,812

7

1,239

2,167

3,822

6,346

9,803

14,067

18,475

8

1,646

2,733

4,594

7,344

11,030

15,507

20,090

9

2,088

3,325

5,380

8,343

12,242

16,919

21,666

10

2,558

3,940

6,179

9,342

13,442

18,307

23,209



1-masala*. G’o’za o’simligida tolaning qo’ng’ir rangda bo’lishi oq rangi ustidan to’liqsiz dominantlik qiladi. Qo’ng’ir tolali g’o’za o’simliklari oq tolali o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning hammasi novvot rang tolali bo’lgan. F1 o’simliklari o’zaro chatishtirilib, ikkinchi avlodda (F2) 246 ta qo’ng’ir tolali, 468 ta novvot rang tolali va 232 ta oq tolali o’simliklar olingan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini, χ2 ( xi-kvadrat) ni aniqlang.
Masaslaning yechilishi:
Belgi Gen
Qo’ng’ir tola FrBr
Oq tola Frbr
Novvot rang tola FrBr Frbr
F2 da 1 : 2 : 1 nisbatda fenotip bo’yicha ajralish ketishi o’rganilayotgan belgining monofaktoral belgi ekanligidan, shuningdek, to’liqsiz dominantlik qilishidan darak beradi. SHularga asoslangan holda boshlang’ich g’o’za o’simliklarining genotipini belgilaymiz:
qo’ng’ir tolali oq tolali
P ♀ FrBr FrBr X ♂ Frbr Frbr
g FrBr Frbr
F1 FrBr Frbr - novvot rang tolali
novvot rang tolali novvot rang tolali
P ♀ FrBr Frbr X ♂ FrBr Frbr
g FrBr, Frbr FrBr, Frbr
F2 FrBr FrBr - 1 qo’ng’ir tolali
FrBr Frbr - 2 novvot rang tolali
Frbr Frbr - 1 oq tolali
Masalaning ikkinchi shartiga ko’ra, olingan amaliy sonlarning nazariy kutilgan sonlarga qanchalik mos kelishini aniqlash uchun x2 usulidan foydalanamiz. Buning uchun avvalo olingan amaliy sonlar asosida ajralish ketishda hosil bo’ladigan fenotipik sinflar bo’yicha jadval tuzamiz. So’ngra material hajmini tashkil etuvchi barcha sinflar sonlari ko’rsatkichining yig’indisidan ajralishning ehtimollik formulasiga muvofiq (1 : 2 : 1) har bir sinfning nazariy jihatdan kutilgan soni (q) hisoblab chiqiladi. So’ngra har bir sinf uchun olingan amaliy sonlarning nazariy kutilayotgan sonlardan farqi (d) topiladi. Har bir sinfning farqini ko’rsatuvchi sonlar kvadratga ko’tarilib, har bir sinf uchun nazariy kutilayotgan songa bo’linadi - d2/q.
Har bir bo’linmada olingan qiymatlar yig’indisi topilib, x2 qiymati aniqlanadi.Buni quyidagi jadval ko’rinishida ifodalash mumkin:

Material


Material hajmi


946 ta o’simlik


qo’ng’ir


rang

novvot rang


oq
rang


Faktik olingan son


246

468

232

Nazariy kutilgan son (q) 1 : 2 : 1 nisbatda

236,5

473

236,5

Farq (d)

+ 9,5

- 5

- 4,5

d2

90,25

25

20,25

d2 / q

0,3816

0,0528

0,0856

x2 = Σ d2 / q

0,5200



Endi aniqlangan x2 ning qiymati ehtimollik nuqtai nazaridan baholanadi. Buning uchun maxsus Fisher jadvalidan foydalaniladi. Bunda x2 ning qiymati bo’yicha olingan amaliy sonning nazariy kutilgan songa mosligining ehtimolligini (P) aniqlash uchun avvalo erkinlik darajasi topiladi. Erkinlik darajasi n-1 ga teng. Bizning misolimizda bu son 2 ga (3 - 1) teng. x2 ning qiymatiga yaqin sonni Fisher jadvalining 2-qatoridan topiladi. Jadval ko’rsatkichiga ko’ra, P ning qiymati 0,80-0,50 orasida yotadi. Bu olingan amaliy sonlarning monoduragay chatishtirishda F2 da kutilgan nazariy sonlarga mos ekanligini ko’rsatadi.

2-masala*. Gultojibarglari to’q sariq rangli g’o’za o’simliklari gultojibarglari och sariq rangda bo’lgan o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklar gultojibargi to’q sariq rangda bo’ladi. SHunday duragay o’simliklar chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 403 tasi to’q sariq gultojibargli, 129 tasi esa och sariq gultojibargli bo’lgan. Ota-ona o’simliklarning genotipini va F2 dagi
ajralishning x2 qiymatini aniqlang.
Masalaning yechilishi:
Masala shartiga ko’ra, F1 da faqat to’q sariq gultojibargli o’simliklarning rivojlanishi Mendelning birinchi qonuniga ko’ra chatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotip bo’yicha gomozigotali bo’lganidan dalolat beradi. To’q sariq gultojibargli o’simliklarning genotipi Y1Y1 va och sariq gultojibargli o’simliklarning genotipi-y1y1, F1 o’simliklariniki esa-Y1y1 bo’ladi. F2 da olingan to’q sariq gultojibargli va och sariq gultojibargli duragay o’simliklarning nisbati 3 : 1 ga yaqin bo’lgani uchun o’rganilayotgan belgi bo’yicha ikkinchi avlod o’simliklarining to’q sariq gultojibargli o’simliklari Y1Y1 yoki Y1y1 genotipga, och sariq gultojibargli o’simliklari y1y1 genotipga ega bo’ladi. SHu xulosalarga asoslanib, o’rganilayotgan belgining irsiylanishini quyidagicha ifodalash mumkin:
to’q sariq gulli och sariq gulli
P ♀ Y1Y1 X ♂ y1y1
g Y1 y1
F1 Y1y1 - to’q sariq gulli
to’q sariq gulli to’q sariq gulli
P ♀ Y1y1 X ♂ Y1y1
g Y1, y1 Y1 , y1
F2 Y1Y1 - to’q sariq gulli
Y1y1 - to’q sariq gulli
Y1y1 - to’q sariq gulli
y1y1 - och sariq gulli
Endi x2 ning qiymatini aniqlaymiz.

Material


Material hajmi


532 ta o’simlik


to’q sariq


och sariq


Faktik olingan son


403

129

Nazariy kutilgan son (q)


3 : 1 nisbatda

399

133

Farq (d)


+ 4

- 4

d2


16

16

d2 / q


0,0401

0,1203

x2d2


q

0,1604

P = 0,80 - 0,50.


3-masala*. Gultojibarglari to’q sariq, changlari och sariq bo’lgan g’o’za o’simliklari gultojibarglari och sariq va changlari to’q sariq bo’lgan o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning gultojibargi to’q sariq va changlari ham to’q sariq bo’lgan. F2 da olingan o’simliklarning 329 tasida gultojibarglari to’q sariq, changlari ham to’q sariq; 86 tasida gultojibarglari to’q sariq, changlari och sariq; 97 tasida gultojibarglari och sariq, changlari to’q sariq; 36 tasida gultojibarglari va changlari och sariq bo’lgan. Ajralishning xarakterini va χ2 ni aniqlang.
Masalaning yechilishi:
Belgi Gen
Gultojibarglari to’q sariq Y1
Gultojibarglari och sariq y1
Changlari to’q sariq P1
Changlari och sariq p1
Olingan birinchi avlod duragaylarining bir xilligi, chatishtirish uchun olingan ota-ona o’simliklarining gomozigotaliligidan darak beradi.
gultojibarglari gultojibarglari
to’q sariq, changlari och sariq, changlari
och sariq to’q sariq
P ♀ Y1Y1p1p1 X ♂ y1y1P1P1
G Y1p1 y1P1
F1 Y1y1P1p1 - gultojibarglari to’q sariq, changlari to’q sariq
gultojibarglari gultojibarglari
to’q sariq, changlari to’q sariq, changlari
to’q sariq to’q sariq
P ♀ Y1y1P1p1 X ♂ Y1y1P1p1
g Y1P1 , Y1p1, y1P1, y1p1 Y1P1 , Y1p1, y1P1, y1p1

F2 1. Y1Y1P1P1 q 1


2. Y1Y1P1p1 q 2 9 Y1ˍP1ˍ - gultojibarg to’q sariq, chang to’q sariq
3. Y1y1P1P1 q 2
4. Y1y1P1p1 q 4
5. Y1Y1p1p1 q 1 3 Y1ˍpp - gultojibarg to’q sariq, chang och sariq
6. Y1y1p1p1 q 2
7. y1y1P1P1 q 1 3 y1y1P1ˍ - gultojibarg och sariq, chang to’q sariq
8. y1y1P1p1 q 2
9. y1y1p1p1 q 1 1 y1y1p1p1 - gultojibarg och sariq, chang och sariq
F2 da to’rtta fenotipik sinflar kuzatilib, ularning nisbati 9 : 3 : 3 : 1.
Endi χ2 ning qiymatini aniqlaymiz.

Material


Material hajmi


548 ta o’simlik


to’q sariq gultojibarg, to’q sariq chang


och sariq gultojibarg, to’q sariq chang


to’q sariq gultojibarg, och sariq chang


och sariq gultojibarg, och sariq chang


Faktik olingan son


329

97

86

36

Nazariy kutilgan son (q)


9 : 3 : 3 : 1 nisbatda

308,5

102,75

102,75

34,25

Farq (d)


+ 20,75



- 5,75

- 16,75

+ 1,75

d2

430,5625


33,0625

280,5625

3,0625



d2 / q


1,3967

0,3217

2,7305

0,0894

d2


χ2 = Σ ─
q

4,5383



P = 0,50 - 0,20
P ning qiymati olingan faktik sonlarning nazariy kutilgan sonlarga mos kelishini ko’rsatadi.


4-masala. Doni oq rangda bo’lgan ikkita loviya o’simligi chatishtirilganda 58 ta qora 180 ta oq donli o’simlik olingan. Tajribada olingan natija nazariy jihatdan kutilgan natijaga qay darajada mosligini statistik yo’l bilan aniqlang.
5-masala. Loviyaning qora donli formallari oq donli formallari bilan chatishtirilishi natijasida Fb bo’g’inda 176 ta qora, 198 ta oq donli o’simliklar rivojlandi. Ularniig x2 ni aniqlang.
6-masala. Norkalarning jigarrang junli formallari kulrang junli formallari bilan chatishtirilishi natijasida 47 ta jigarrang junli va 14 ta kulrang junli formallar hosil bo’ladi. Tajriba yakunlari kutilgan natijaga qay darajada mosligini statistik usulda aniqlang.
7-masala. Drozofila meva pashshasiniag kulrang tanali erkak va urg’ochi formallari chatishtirilgan edi. Nasldagi 1584 ta drozofiladan 1199 tasi kulrang, 385 ta qora rangli ekanligi ma’lum bo’ldi. Tajribada olingan natijaga nazariy jihatdan kutilgan natija qay darajada mos kelishini statistik usulda aniqlang.
8-masala. Tarvuzning yumaloq yashil mevali formasi, uzunchoq chipor mevali formasi bilan chatishtirilgan. F1 da 57 ta yumaloq yashil, 51 ta yumaloq chipor, 49 ta uzunchoq yashil, 53 ta uzunchoq chipor mevali tarvuz olingan. Ularning x2 ni aniqlang.
9-masala. Yertutning «mo’ylovchasi» bor qizil mevali xili bilan oq mevali «mo’ylovchasiz» xili chatishtirilgan va Fb da 11 ta «mo’ylovchasi» bor pushti, 16 ta «mo’ylovchasi» bor oq 13 ta «mo’ylovchasi» yo’q oq va 18 ta «mo’ylovchasi» yo’q pushti mevali formallar hosil bo’ladi. Statistik usulda olingan natijaga kutilgan natijaga qay darajada mos kelishini isbotlang.
10-masala. No’xatning sariq tekis donli ikkita formasi chatishtirilgan. Keyingi naslda 264 ta sariq tekis, 61 ta sariq burishgan, 78 ta yashil tekis, 29 ta yashil burishgan formallar olingan. Ularning natijasi kutilgan nisbatga qay darajada mos kelishini x2sulda aniqlang.



Yüklə 380,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin