Amaliy mashg’ulot № 10 Mavzu: Noallel genlar o’zaro ta’sirining epistatik tipiga doir masalalar yechish. (2 soat) Ishdan maqsad: Genlarning epistaz ta’siriga doir masalalar yechishni o’rganish.
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid tablitsalar, kompyuter texnologiyasida slaydlar namoyishi, tarqatma materiallar.
Ishning mazmuni: Epistaz tashqi ko’rinishidan dominantlikka o’xshaydi. Lekin dominantlik noallel genlar orasida ro’y beradi. Noallel genlar ustidan dominantlik qiluvchi genlar supressor yoki ingibitor- epistatik gen deyiladi. Ular yo dominant, yoki retsessiv bo’ladilar. Supressor genlarning dominant allellari I yoki Su simvollari bilan, ularning retsessiv allellari esa i yoki su bilan belgilanadi. Ular ta’siridagi genlarga gipostatik genlar deyiladi. Epistazning ikki tipi - dominant va retsessiv epistazlar farqlantiriladi.
Epistatik genlar retsessiv gomozigota xolatda ham bo’ladi. Dominant epistazning F2 bo’g’inida 13: 3, 12 : 3: 1, 9 : 3: 4 sxemada ajralish ro’y beradi. Epistazga oid masalalarni yechish uchun talabalar mazmunini; epistazdagi noallel genlarning o’zaro ta’sirini, ularning komplementar tipdan farqini dominant, retsessiv epistazning F2 dagi ajralashini; gametalar olish printsipi va genotipga qarab fenotipni aniklashni bilishi kerak.
1-masala*. Tovuq fermasida oq tovuqlar oq xo’rozlar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan jo’jalarning hammasi oq patli bo’lgan F1 da olingan tovuq va xo’rozlar chatishtirilganda F2 jo’jalarning 13/16 qismi oq patli va 3/16 qismi chipor patli bo’lgan. F1 da olingan tovuqlar birinchi marta chatishtirish uchun olingan oq patli xo’rozlar bilan chatishtirilganda esa, keyingi avlodda olingan jo’jalarning 3/4 qismi oq patli va 1/4 qismi chipor patli bo’lgan. Olingan natijalarga qarab, o’rganilayotgan belgining irsiylanishini tushuntirib bering va barcha tovuq va xo’rozlarning genotipini aniqlang.
Masalaning yechilishi: Oq tovuqlar bilan oq xo’rozlar chatishtirilganda, F1 da faqat oq patli jo’jalarning olinishi chatishtirish uchun olingan tovuq va xo’rozlarning gomozigotaliligidan dalolat beradi. F2 da esa 13:3 nisbatda oq patli va chipor patli jo’jalarning olinishi F1 tovuq va xo’rozlarning digeterozigotaliligidan dalolat beradi. Bunday digeterozigotalilikni esa IIBB x iibb yoki Iibb x iiBB chatishtirishdan olish mumkin. Lekin ikkinchi chatishtirish orqali belgining irsiylanishini tushuntirib bo’lmaydi, chunki bu yerda 13:3 nisbatda ajralib ketish imkoniyati yo’q. Shuning uchun chatishtirishga dastlab olingan tovuq va xo’rozlarning genotipini IIBB va iibb deb olish mumkin. Bunday holda tovuqlarda pat rangining irsiylanishini quyidagicha izohlash mumkin:
Belgi Gen
- I
chipor B
oq iibb
I > B
oq patli oq patli
P ♀ IIBB X ♂ iibb
G IB ib
F1 IiBb - oq patli
F1 da olingan jo’jalar voyaga yetgach ularning ichidagi tovuqlari o’zlarining ichidan chiqqan xo’rozlar bilan chatishtirilsa, F2 da pat rangi bo’yicha quyidagicha ajralish ro’y beradi:
oq patli oq patli
P ♀ IiBb X ♂ IiBb
g IB, Ib, iB, ib IB, Ib, iB, ib
F2 IIBB q 1
IIBb q 2
IiBB q 2
IiBb q 4 13/16 oq patli
IIbb q 1
Iibb q 2
iibb q 1
iiBB q 1
iiBb q 2 3/16 chipor patli
Bu yerda tovuq va xo’rozlarda pat rangining oq bo’lishi genotipda epistatik xususiyatga ega bo’lgan dominant I -ingibitoriga yoki genotipning iibb bo’lishiga bog’liq. Pat rangining chipor bo’lishi esa genotipning iiBB yoki iiBb bo’lishiga bog’liq.
F1 da olingan tovuqlar chatishtirish uchun dastlab olingan oq xo’rozlar bilan chatishtirilganda quyidagi natijalarni olish mumkin:
oq patli oq patli
P ♀ IiBb X ♂ iibb
g IB, Ib, iB, ib ib
FB IiBb - oq patli
Iibb - oq patli
iiBb - chipor patli
iibb - oq patli
Olingan parrandalarning 3/4 qismi oq patli, 1/4 qismi esa chipor patli bo’ladi.
Agar F1 dagi tovuqlar har ikki gen bo’yicha dominant gomozigotali oq patli xo’rozlar bilan chatishtirilsa, u holda:
oq patli oq patli
P ♀ IiBb X ♂ IIBB
g IB, Ib, iB, ib IB
FB IIBB - oq patli
IIBb - oq patli
IiBB - oq patli
IiBb - oq patli
Hamma parrandalar oq patli bo’ladi.