1-masala. Yalang’och urug’li (GS) g’o’za o’simligi boshqa bir yalang’och urug’li (GS) o’simlik bilan chatishtirilib F1 da yalang’och urug’li (GS) duragaylar olindi. F1 duragaylarini o’zidan changlantirib, F2 da 49:15 nisbatda yalang’och urug’li (GS) va mikropilyar tuklanishli (MS) duragaylar olindi. Ota-ona sifatida olingan g’o’za o’simliklarining genotipini aniqlang.
2-masala. Yalang’och urug’li (GS) g’o’za o’simligi OS tip tuklanishli g’o’za bilan chatishtirilib, F1 da yalang’och urug’li duragaylar olindi. F2 da esa 3:1 nisbatda yalang’och urug’li (GS) va OS tip tuklanishli duragaylar olindi. Ota-ona o’simliklarning genotipini aniqlang.
3-masala. O’rtacha mikropilyar tuklanishli (m-MS) g’o’za ikkinchi bir o’rtacha mikropilyar tuklanishli (m-MS) g’o’za bilan chatishtirilib, F1 da o’rtacha mikropilyar tuklanishli duragaylar olindi. F2 da esa 15:1 nisbatda mikropilyar tuklanishli (MS) va yalang’och urug’li (GS) duragaylar olindi. Ota-ona sifatida olingan g’o’zalarning genotipini aniqlang.
4-masala. Ikkita har-xil juda kichik mikropilyar tuklanishli (nz-MS) g’o’za o’simliklari o’zaro chatishtirilib, keyingi avlodda 1:2:1 nisbatda yalang’och urug’li (GS) : juda kichik mikropilyar tuklanishli (nz-MS) : OS tip tuklanishli duragaylar olindi. Boshlang’ich g’o’zalarning genotipini aniqlang.
Amaliy mashg’ulot № 13 Mavzu: Xromosomalarning molekulyar tuzilishini va autosoma, jinsiy xromosomalarni farqlashni o’rganish
Ishdan maqsad: Xromosomalarning molekulyar tuzilishini va autosoma, jinsiy xromosomalarni farqlashni o’rganish
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid tablitsalar, kompьyuter texnologiyasida slaydlar namoyishi, tarqatma materiallar.
Ishning mazmuni: TSitologiyaning genetika fani rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan kashfiyotlari asosan quyidagilardan iborat:
O’simlik va hayvon organizmlarining har qaysi turi ma’lum va turg’un sondagi, har xil shakl va katta-kichiklikdagi (ko’lamdagi) xromosomalar to’plami (kariotip)ga ega. Ularning tana hujayralarida jinsiy hujayralardagiga nisbatan xromosomalar soni ikki hissa ko’p bo’ladi. Tana hujayralaridagi xromosomalar soni diploid deb atalib «2n» bilan belgilanadi. Jinsiy hujayralardagi xromosomalar soni gaploid deb atalib«n» bilan ifodalanadi u nazariyaga binoan genlar muayyan sonda, muayyan tartibda qator tizilgan holda xromosomalarda joylashgan. Bitta xromo-somada joylashgan genlar kelgusi avlodlarga odatda birikkan holda irsiylanadilar. Bu haqda mukammal ma’lumot keyingi boblarda berilgan.
Xromosomalar shakli va katta-kichikligi hujayra bo’linishining metafaza davrida o’rganiladi. CHunki bu davrda xromosomalar qisqarib, yo’g’onlashib to’liq shakllanib hujayraning ekvator tekisligida yaxshi ko’rinadigan holatda joylashgan bo’ladilar. Har bir xromosomaning shakli, asosan unda tsentromera (birlamchi belbog’)ning qaysi qismda joylashganligiga bog’liq. TSentromeralarning joylashishiga qarab xromosomalarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1. Metatsentrik xromosomalar. Ularda tsentromera xromosomaning o’rtasida joylashib uni ikki o’zaro teng qismga bo’ladi. Har bir qism xromosoma yelkasi deb yuritiladi. Agar xromosoma uzun bo’lsa, tsentromera uni teng ikkiga bo’ladi va u lotincha V harfiga o’xshash shaklga ega bo’ladi. 2. Submetatsentrik xromosomalar. Ularda tsentromera xromo-soma tanasining bir uchiga yaqinroq joylashib, ularni noteng yelkali va bir tomon yelkasi juda qisqa qismlarga bo’ladi.
3. Akrotsentrik xromosomalar. Bu xromosomalar tayoqchasimon shaklda bo’lib, tsentromera ular tanasining bir uchida joylashgan bo’ladi. Ularda ikkinchi yelka juda ham kichik nuqtasimon shaklda bo’ladi.
4. Telotsentrik xromosomalar. Ularda tsentromera xromo-somaning uchida joylashgan bo’ladi.
5. Ikkilamchi belbog’ga ega bo’lgan akrotsentrik xromosomalar
6. Yo’ldoshli akrotsentrik xromosomalar. Bu tipdagi xromosomalarda ikkilamchi belbog’ uzun bo’lib xromosomaning kichik nuqtasimon bo’lagini ajratib qo’yadi. Bu qismni xromosomaning yo’ldoshi deb ataladi va u ingichka ipsimon qism orqali xromosomaning tanasiga ulangan bo’ladi.
Jinsiy xromosomada joylashgan genlar jins bilan birikkan holda irsiylanadi. Autosomalarda joylashgan genlar esa jinsga bog’liq bo’lmagan holda, nasldan-naslga beriladi. Bunday holatlarda, belgilarning jins bilan birikkan yoki birikmagan holda irsiylanishi, ularning rivojlanishini ta’min etuvchi genlar joylashgan xromosomalarning meyoz va gametalar hosil bo’lish, urug’lanish va zigota hosil bo’lish jarayonidagi faoliyatiga bog’liq. Jins bilan birikkan holda irsiylanadigan aksariyat belgilarning genlariX-xromosomada joylashgan.
Gomogameta jinsli (drozofila va odam) urg’ochi organizmda ikkita XX (bir juft gomologik) xromosomalari bo’lganligi sababli ularda joylashgan belgilarning genlari bir juft allel holatida bo’ladi. SHuning uchun ham ularda jins bilan birikkan genlar dominant (AA), retsessiv(aa) gomozigotali hamda geterozigotali (Aa) holatlarda bo’lishi mumkin. Geterogametali(XY) erkaklari faqat bittaX -xromosomaga ega bo’lib unda joylashgan belgi genlari, gemizigotali(faqat A yoki faqat a) holatda bo’ladilar. SHuning uchun ularda genning retsessiv alleli(a) ham faoliyat ko’rsatib retsessiv belgining ro’yobga chiqishini ta’min eta oladi. CHunki X-xromosomadagi aksariyat genlarning allellari bo’lmaydi. U-xromosomada juda kam belgilarning genlari joylashgan.