Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021



Yüklə 380,02 Kb.
səhifə45/95
tarix30.09.2023
ölçüsü380,02 Kb.
#150733
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95
Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021-hozir.org

1-masala. Bug’doy o’simligida donning rangli bo’lishi ikki juft allel bo’lmagan dominant genlarga bog’liq. Donning to’q qizil rangi A1A1A2A2 genotipga, qizil bo’lishi A1A1A2a2 va A1a1A2A2 genotiplarga, och qizil bo’lishi A1A1a2a2, a1a1A2A2, A1a1A2a2 genotiplarga, juda och qizil bo’lishi A1a1a2a2, a1a1A2a2 genotiplarga va oq bo’lishi a1a1a2a2 genotipga bog’liq. Quyidagi genotipga ega bo’lgan bug’doy o’simliklarini chatishtirilganda keyingi avlodda olinadigan o’simliklarning genotipini va fenotipini hamda ularning nisbatini aniqlang:
1) A1a1A2A2 x a1a1a2a2; 2) A1a1a2a2 x a1a1A2a2; 3) A1a1A2a2 x A1a1A2a2.
Masalaning yechilishi:
1) P ♀ A1a1A2A2 X ♂ a1a1a2a2
g A1A2, a1A2 a1a2
F1 A1a1A2a2 , a1a1A2a2
1 och qizil 1 juda och qizil
2) P ♀ A1a1a2a2 X ♂ a1a1A2a2
g A1a2, a1a2 a1A2, a1a2
F1 A1a1A2a2 , A1a1a2a2 , a1a1A2a2 , a1a1a2a2
1 och qizil 2 juda och qizil 1 oq
3) P ♀ A1a1A2a2 X ♂ A1a1A2a2

g A1A2, A1a2, a1A2, a1a2 A1A2, A1a2, a1A2, a1a2


F1 1. A1A1A2A2 q 1 to’q qizil 1 to’q qizil
2. A1A1A2a2 q 2 qizil
3. A1a1A2A2 q 2 qizil 4 qizil
4. A1a1A2A2 q 4 och qizil
5. A1A1a2a2 q 1 och qizil 6 och qizil
6. a1a1A2A2 q 1 och qizil
7. A1a1a2a2 q 2 juda och qizil 4 juda och qizil
8. a1a1A2a2 q 2 juda och qizil
9. a1a1a2a2 q 1 oq 1 oq


2-masala. Och qizil donli bug’doy o’simliklari xuddi shunday och qizil donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning doni ham och qizil bo’lgan. Lekin birinchi avlod o’simliklaridan urug’ yig’ib olinib, ikkinchi avlod o’simliklari olinganda don rangi bo’yicha ajralish ketgan. F2 o’simliklarining 1/16 qismi to’q qizil donli, 4/16 qismi qizil donli, 6/16 qismi och qizil donli, 4/16 qismi juda och qizil donli va 1/16 qismi oq donli bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan o’simliklarning genotipini aniqlang hamda nima uchun F2 da 1:4:6:4:1 nisbatda ajralish ketganligini tushuntirib bering.
3-masala. Tajribalardan birida och qizil donli bug’doy o’simliklari chatishtirilganda keyingi avlodda olingan o’simliklarning hammasi och qizil donli bo’lgan. Chatishtirishdan olingan o’simliklar o’z-o’ziga chatishtirilib, ikkinchi avlod olinganda esa o’simliklarni don rangi bo’yicha kuyidagi fenotipik sinflarga ajratish mumkin bo’lgan: to’q qizil, qizil, och qizil, juda och qizil va oq donli o’simliklar. Bu fenotipik sinflarga kiruvchi o’simliklarning nisbati 1:4:6:4:1 ga teng bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.
4-masala. Och qizil donli bug’doy o’simliklari oq donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 25% i och qizil donli, 50% i juda och qizil donli va 25% i oq donli bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.
5-masala. Qizil boshoqli bug’doy o’simliklari oq boshoqli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da boshoq rangi bo’yicha xilma-xillik ketgan. Bunda F1 da olingan o’simliklarning 42 tasi qizil va 15 tasi oq boshoqli bo’lgan. Boshqa bir qizil boshoqli o’simliklar yana o’sha oq boshoqli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 o’simliklari yana xilma-xillik bergan. Bunda F1 o’simliklarining 54 tasi qizil va 18 tasi oq boshoqli bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan qizil boshoqli o’simliklar o’zaro chatishtirilganda, F1 o’simliklarining 82 tasi qizil va 5 tasi oq boshoqli bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan barcha o’simliklarning genotipini va o’rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini aniqlang.
6-masala. Oshqovoq mevasining og`irligi uch juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 3 juft dominat gendan iborat bo`lsa 3kg, agar 3 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,5kg bo`lsa, A1A1a2a2a3a3 va A1A1A2A2A3A3 genli qovoq chatishtirilganda hosil bo`ladigan qovoq mevasi og`irligini aniqlang.
7-masala. Jag’-jag’ o’simligida mevasining shakli uchburchaksimon va tuxumsimon bo’ladi. Uchburchaksimon mevali o’simliklar tuxumsimon mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning hammasi uchburchaksimon mevali bo’lgan. F2 da esa olingan o’simliklarning 15/16 qismi uchburchaksimon mevali va 1/16 qismi tuxumsimon mevali bo’lgan. O’rganilayotgan belgining irsiylanishini tushuntirib bering. F1 da olingan o’simliklarni tuxumsimon mevali o’simliklar bilan qayta chatishtirilsa, keyingi avlodda qanday mevali o’simliklar olish mumkin?
8-masala. Ikkita uchburchaksimon mevali jag’-jag’ o’smliklari o’zaro chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 3/4 qismi uchburchaksimon mevali va 1/4 qismi tuxumsimon mevali bo’lgan. Shu o’simliklardan biri boshqa bir uchburchaksimon mevali o’simlik bilan chatishtirilganda esa, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 7/8 qismi uchburchaksimon mevali va 1/8 qismi tuxumsimon mevali bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan barcha o’simliklarning genotipini aniqlang.
9-masala. Mevasi uchburchaksimon shaklga ega bo’lgan jag’-jag’ o’simliklari chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 15 qismi uchburchaksimon mevali va 1 qismi tuxumsimon mevali bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan uchburchaksimon mevali o’simliklar tuxumsimon mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda esa, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 3/4 qismi uchburchaksimon mevali va 1/4 qismi tuxumsimon mevali bo’lgan. O’rganilayotgan belgi bo’yicha barcha o’simliklarning genotipini aniqlang hamda irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering.
10-masala. Bug’doy o’simligining bahorgi va kuzgi navlari ma’lum. O’simliklarning kuzgi yoki bahorgi bo’lishi ularning genotipiga bog’liq. Bug’doyning bahorgi bo’lishi ikki juft allel bo’lmagan dominant genlarning polimer ta’siriga bog’liq, kuzgi bo’lishi esa shu genlarning retsessiv allellari yig’indisiga bog’liq. Gomozigotali bahorgi bug’doy o’simliklari kuzgi bug’doy o’simliklari bilan chatishtirilsa, F1 va F2 da olinadigan o’simliklarning genotipi va fenotipi qanday bo’ladi? Ularning nisbati-chi?
11-masala. O’simliklar bo’yining baland yoki past bo’lishi bir necha dominant genlarning polimer ta’siriga bog’liq. Masalan, jo’xori o’simligida o’simlik bo’yining 120 sm atrofida bo’lishi A1A1A2A2 genotipga va 40 sm atrofida bo’lishi a1a1a2a2 genotipga bog’liq. Agar o’simlikning bo’yi genotipdagi dominant genlarning soniga bog’liq bo’lsa, quyidagi genotipli o’simliklarning bo’yi taxminan necha santimetr bo’ladi?
1) A1A1A2a2; 2) A1a1A2a2; 3) A1A1a2a2; 4) A1a1a2a2
12-masala. Uch juft polimer genlar bo’yicha retsessiv gomozigotali o’simliklar 32 sm, shu genlarning dominant gomozigota holatida esa 50 sm bo’yga ega bo’lishadi. Agar retsessiv gomozigotali o’simliklar dominant gomozigotali o’simliklar bilan chatishtirilganda 192 ta o’simlik olingan bo’lsa, ularning qancha qismi 44 sm bo’yga ega bo’lishadi?
13-masala. Faraz qilaylik, suli o’simligida don massasi uch juft allel bo’lmagan genlarga (A1, A2 va A3) bog’liq. Uning bitta gomozigotali navi 4 g, ikkinchisi esa 10 g don bersa, ularni chatishtirilganda olingan F1 va F2 o’simliklarida don massasi qanchadan bo’ladi?
14-masala. Makkajo’xori o’simligida poyaning uzunligi to’rt juft polimer gen orqali belgilanadi. Shu genlarning genotipda retsessiv holatda bo’lishi poya uzunligining 40 sm bo’lishini, ularning dominant gomozigota holatda bo’lishi esa 320 sm bo’lishini ta’minlaydi. Quyidagi genotipga ega jo’xori o’simliklari chatishtirilsa, ota-ona o’simliklarning hamda F1 va F2 da olingan o’simliklar bo’yining o’rtacha uzunligini aniqlang: A1A1A2A2A3A3a4a4 x a1a1a2a2a3a3A4A4.
15-masala. Odamlarda terining qora rangi uch juft dominant noallel genlar tomonidan, oq rangi esa uch juft retsessiv allellar tomonidan boshqariladi. Bu polimer genlar kumulyativ effektga ega. Agar qora rangli afrikalik negr yevropalik qizga uylansa, ularning oilasida tug’iladigan bolalar – mulatlarning teri rangi jigarrang bo’ladi.
16-masala. Odatda bo’yning uzunligi kumulyativ polimer genlarning o’zaro ta’siri tufayli nasldan-naslga o’tadi. Agar muhitning ta’siri e’tiborga olinmasa, u holda bunday genlarni A1 A1 A2 A2 A3 A3 va a1 a1 a2 a2 a3 a3 bilan ifodalash mumkin. Agar odamning biror populyatsiyasida barcha genlar dominant bo’lsa, bo’y 180 sm, barcha genlar retsessiv bo’lgan takdirda 6o’y 150 sm ga teng bo’ladi; Past bo’yli ayol o’rtacha bo’yli erkakka turmushga chiqqan va 4 ta farzand ko’rgan. Ularning bo’ylari 165 sm, 160 sm, 155 sm, 150 sm. Ayol va erkakning genotipini va bo’yining uzunligini aniqlang.

Yüklə 380,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin