16-masala. Sariq mevali qovoq o’simliklari oq mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning mevasi oq mevali bo’lgan. F2 da esa o’simliklarning 204 tasi oq mevali, 53 tasi sariq mevali va 17 tasi yashil mevali bo’lgan. O’rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering. Olingan natija qanday nisbatga to’g’ri keladi? Statistik metod yordamida amaliy olingan nisbatning nazariy jihatdan kutilgan nisbatga qanchalik to’g’ri kelish yoki kelmasligini aniqlang.
17-masala. Oq mevali qovoq o’simliklari yashil mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 50% i oq, 25% i sariq va 25% i yashil mevali bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.
18-masala. Ba’zi odamlarda qon guruhlarining o’ziga xos holatda nasldan-naslga o’tishi kuzatiladi (“Bombey fenomeni”).Bunday hollarda A va B larning yuzaga chiqichi retsessiv epistaz geni tomonidan bo’g’ilib qo’yiladi (h) va bunda I qon guruhi namoyon bo’ladi, shu genning dominant alleli (H) esa qon guruhlariga ta’sirsiz. II va III qon guruhli va H geni bo’yicha geterozigotali (genotiplari: IAI0Hh x IBI0Hh) ayol va erkak nikohidan I qon guruhli farzandlarning tug’ilish ehtimolini (%) aniqlang?
19-masala.Odamlarda I qon guruhi I0I0 II qon guruh gomozigota holatda IAIAgeterozigota holatda IAI0 , uchunchi qon guruhi gomozigota holatda IBIBgeterozigota holatida IBI0, to’rtinchi qon guruhi IAIB bilan ifodalanadi. Ammo retsessiv ingibitor genning qon guruhlariga ta’sir etib, uning retsessiv alleli gomozigota holatda barcha genotiplarda I qon guruhini namoyon qiladi va Bambey fenomenini keltirib chiqaradi. Dominant alleli qon guruhlariga ta’sir ko’rsatmaydi. Digeterozigota II va III qon guruhli ota-onalardan tug’ilgan farzandlar necha % ini II qon guruhli farzandlar tashkil etadi?