Xromosomalarning sitologik xaritalarini tuzish. Buning uchun dastavval biologik ob’ekt– tadqiq qilinadigan organizm turi kariotipining mukammal tavsifi tuziladi. Gaploid holatdagi xromosomalar o’lchami, shakli tasvirlanadi. Bundan tashqari xromosomalarni maxsus differensial bo’yoqlar bilan bo’yab, ularning ichki tuzilishida namoyon bo’ladigan ko’ndalang turli qora chiziq shaklidagi qurilmalar aniqlanib tasvirlanadi. SHuni alohida tahkidlash zarurki, bunday ichki tuzilish belgilari har xil nogomologik xromosomalarda har xil va faqat o’ziga xos ekanligi aniqlanadi. Yuqorida bayon etilgan belgilar bo’yicha gaploid sondagi har qaysi xromosoma uchun mukammal tavsif tartib raqamlari qo’yiladi. Bundan keyin xromosomalar sitologik xaritasini tuzishning ikkinchi va asosiy bosqichi boshlanadi. Bu bosqichda amalga oshiriladigan ishlar xromosomaning genetik xaritasini tuzish bilan bog’liq holda murakkab sitologik metodlarni qo’llash orqali olib boriladi. Masalan, drozofilada sitologik xarita tuzish uchun quyidagi metodlardan foydalaniladi.
Translokasiyadan foydalangan holda sitologik xarita tuzish.
Gigant xromosomalar yordamida sitologik xaritalarni tuzish.
Drozofila xromosomalarining (I,II,III,) sitologik (S) va genetik (G) xaritalarining nisbiy kattaliklarini oʼzaro taqqoslash.
Raqamlar genlar orasidagi masofaning morganidlar bilan ifodalanishi. Genlarning belgilanishini
Drozofila IV xromosomacining sitologik va genetik xaritalarini o‘zaro taqqoslash.
1-genlari ko‘rsatilgan genetik xarita; 2- so‘lak bezidan olingan gigant xromosomaning sitologik xaritasi.
(A–F–ketma-ket joylashgan qismlari); 3-gangliya hujayrasidan olingan metafaza Plastinkasi (so’lak bezining IV xromosomasi bilan metafaza plastinkasi kattaligi taqqoslangan,
masshtablari bir xil).
Translokatsiyadan foydalangan holda sitologik xarita tuzish. Translokatsiya deb nogomologik xromosomalarning oʼzaro ayrim qismlari bilan almashinish jarayoniga aytiladi. Har bir translokatsiya sodir boʼlgan nogomologik xromosomalardan ajralib chiqqan boʼlaklarining va qolgan boʼlaklarining uzunligi aniqlanadi. Buning uchun genetik metod - krossingover chastotasini aniqlash metodini qoʼllash mumkin, yoki sitologik yoʼl bilan nogomologik xromosomalarning oʼzaro almashgan qismini bevosita oʼlchash yoʼli bilan aniqlanishi mumkin. Bu jarayon genetik xaritasi tuzilgan xromosomalarda olib boriladi. Shuning uchun nishonli genlar holatiga qarab xromosomadagi genlar orasidagi masofa aniqlanadi. Ushbu metodni qoʼllab F. Dobjanskiy birinchi boʼlib drozofilada xromosomalar sitologik xaritasini yaratdi va uni xromoso- malarning genetik xaritasi bilan solishtirishga erishdi.
Xromosomalarning sitologik xaritalari genetik metod yordami bilan aniqlangan genlarning xromosomada joylanish ketma-ketligining toʼgʼriligini tasdiqladi. Genetik va sitologik xaritalar oʼrtasidagi mos kelmaslik genlar orasidagi masofaning katta - kichikligidagina kuzati- ladi, xromosomaning ayrim qismlarida esa bu masofa sitologik xaritalarda kichik, boshqalarda kattaroq boʼlgan. Bu xromosomaning har xil qismlarida sodir boʼladigan chalkashishlarning bir xilda boʼlmasligi bilan izohlanadi.