Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021


-masala. Agar aa gomozigotali individlar populyatsiyaning 2 foizini tashkil qilsa, u holda AA, Aa genotiplarning chastotalarini aniqlang. 9-masala



Yüklə 380,02 Kb.
səhifə74/95
tarix30.09.2023
ölçüsü380,02 Kb.
#150733
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   95
Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021-hozir.org

8-masala. Agar aa gomozigotali individlar populyatsiyaning 2 foizini tashkil qilsa, u holda AA, Aa genotiplarning chastotalarini aniqlang.
9-masala. Tulkining bir populyatsiyasida 84 % tu lkilar malla rangli, 16 % oq rangli junga ega ekanligi ma’lum bo’ldi. Malla rang oq rangga nisbatan dominantlik qiladi. Populyatsiyadagi gomozigota va geterozigota organizmlarning chastotasini aniqlang.
10-masala. Dengiz cho’chqalarini populyatsiyasida xurpaygan junga ega bo’lgan (retsessiv belgi)lari 36 % ni, silliq junga ega bo’lganlari 64 % ni tashkil etadi. Ushbu populyatsiyadagi dominant (A) va retsessiv (a) genlarning chastotasini aniqlang. P va q chastotalarini % da ifodalang.


Amaliy mashg’ulot № 20
Mavzu: Odam kariotipidagi xromosomalar va genom strukturaga ko’ra ularni guruhlarga ajratish
Ishdan maqsad: Odam kariotipidagi xromosomalar va genom strukturaga ko’ra ularni guruhlarga ajratishni o’rganish.
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid tablitsalar, kompg’yuter texnologiyasida slaydlar namoyishi, tarqatma materiallar.
Ishning mazmuni: "Karyotip" atamasini 1924 yilda rus sitologi G.A. Levitskiy fanga kiritgan. Karyotip – turning yuzi hisoblsnsdi. Xromosomalar soni har bir turning o’ziga xosdir. Turli organizmlardagi xromosomalarning o'lchamlari juda xilma -xildir. Ularning uzunligi 0,2 dan 50 mikrongacha bo'lishi mumkin
Odam xromosomalarini o'rganish XIX asrning 80-yillaridan boshlangan. Dastlab Arnolod, so'ng Flemming mikroskop ostida odam tana hujayralarida mitoz bo'linishini kuzatdilar. Ular keltirgan ma’lumotlariga binoan odam tana hujayralarida 46, 47, 48, 49 tadan xromosomalar uchrashi mumkin. Biroq, 1923 yilga kelib, Poynter, so'ng boshqa olimlar odam somatik hujayralarida 48 xromosoma mavjud, degan-xulosaga keldilar. Bu xulosa fanda 1955 yilga qadar saqlanib qoldi. 1955 yili shved olimlari Tiyo va Levan xromosoma miqdori va tuzilishini o'rganish usulini takomillashtirish tufayli odam tana hujayrasida 46 ta xromosoma borligini uzil-kesil isbotlandi. Shved olimlarining bu xulosasi boshqa olimlar tadqiqotlarida ham o'z tasdig'ini topdi. Odam xromosomalarining tashqi, ichki tuzilishini o'rganishda XX asrning 60-75 yillarida AQSh, Angliya va Fransiyada bo'lib o'tgan sitogenetik konferensiyalar muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Xromosomalarning tashqi tuzilishi. Boshqa eukariot organizmlar singari odam xromosomalari uch turda bo'ladi.
1. Metotsentrik turda; sentromera xromosomaning markazida joylashganligi uchun uning o'ng va chap bo'laklari teng bo'ladi.
2. Submetatsentrik turda; sentrom era markazidan birmuncha chetda joylashgan bo'ladi. Shu sababli xromosomaning bir bo'lagi ikkinchi bo'lagiga nisbatan birmuncha uzunroq bo'ladi.
3. Akrotsentrik turda; sentrom era xromosoma markazidan ancha uzoq, hatto chetidan o'rin oladi. Sentromerning olgan joyi xromosomaning birlamchi belbog'i deb nomlanadi. Ikkilamchi belbog'li xromosomalar ham uchraydi. Ikkilamchi belbog' bilan ajralgan joy yo'ldosh yoki satellit deb ataladi.
Uzunligiga qarab odam xromosomalari yetti A,V,S,D,E,F,Y guruhga ajraladi. Xromosomaning hajmi va tsentromeraning joylashishiga qarab klassifikatsiyalanadi.
A guruhiga kiruvchi xromosomalar uzunligi 11-8,3 mk.
V guruhniki o’rtacha 7,7 mk,
S guruhniki 7,2-5,7 mk,
D guruhniki o’rtacha 4,2 mk,
E guruhniki 3,6-3,2 mk,
F guruhniki o’rtacha 2,9 mk
Yguruhniki o’rtacha 2,3 mkga teng.
Binobarin, odamning eng yirik xromosomalari uzunligi eng maydalariga nisbatan 4 marotaba ziyoddir.

Yüklə 380,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin