Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021


Xromosoma idiogrammasi (ISCN)



Yüklə 380,02 Kb.
səhifə76/95
tarix30.09.2023
ölçüsü380,02 Kb.
#150733
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   95
Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021-hozir.org

Xromosoma idiogrammasi (ISCN) - bu xromosomaning o'lchamini va uning chiziqlarini ko'rsatuvchi sxematik diagramma. Chiziqlar kimyoviy eritma bilan bo'yalganida paydo bo'ladi va mikroskop ostida ko'rinadi. U har bir xromosomadagi genlarning joylashishini tasvirlash uchun ishlatiladi.
Idiogramma individual genlarning xromosomalar va xromosoma anomaliyalari bilan bog'liq patologiyalardagi o'rnini aniqlaydi. Genlarni ifodalash uchun uning sentromerasidan boshlanadigan ketma -ket raqamlash tizimi ishlatiladi.
Xromosomalarning sentromeraga nisbatan uzun va qisqa uchlari (ba'zan "elkalar" yoki "qo'llar" deb ataladi) bor. Qisqa qismi fransuscha Petite kichkina so’zidan olinib "P" harfi bilan belgilanadi. Uzun uchi inglizcha Queue-navbat, soch o’rami so’zidan olinib "Q" harfi bilan belgilanadi.
Eslatmalar va sharhlar qulay bo'lishi uchun har doim kichik qismi tepada, katta qismi pastda ko'rsatiladi. Xromosomaning har bir uchi qismlarga bo’linib raqamlanadi.
Uzun uchlarida ham qisqa uchlarida ham qismlarlar raqami sentromeradan telomeraga qarab kattalashib boradi masalan- p1, p2, p3. Shunday qilib, 1p22 1 -xromosomaning qisqa uchining 2-qismining 2-segmentini bildiradi.
Qismlar Romanovskiy-Giemza usuli yordamida bo'yalgan chiziqlar bilan belgilanadi, bunda xromosomaning ba'zi qismlari bo'yalgan (G-chiziqli), boshqalari esa bo'yalmagan (R-chiziqli) bo’ladi.
Ayol karyogrammasi
Amaliy mashg’ulot № 21
Mavzu: Odam uchun xos dominant yoki retsessiv tipda irsiylanadigan belgilarni farqlash
Ishdan maqsad: Odam uchun xos dominant yoki retsessiv tipda irsiylanadigan belgilarni farqlashni o’rganish.
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid tablitsalar, kompg’yuter texnologiyasida slaydlar namoyishi, tarqatma materiallar.
1-masala. Vilson kasalligi autosoma - retsessiv tipda nasldan naslga o’tadi. Er
xotinlardan biri ushbu kasallik bilan kasallangan bo’lib, ikkinchisi sog’lom va uni avlodida bunday kasallik umuman uchramagan. Ushbu oilada, shu kasallik bilan tug’ilishi ehtimoli bo’lgan farzandlarni aniqlang.

Yüklə 380,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin