13-masala. Kataraktaning bir necha xil irsiy shakllari bor. Ko’pchiligi autosoma-dominant tipda, ayrimlari autosoma-retsessiv tipda irsiylanadi. Ular bir-biri bilan birikmagan holda irsiylanadi. Bir oilada qo’ng’ir ko’zli er-xotinni ikkalasi, kataraktaning autosoma-dominant turi bo’yicha ham, autosoma-retsessivturi bo’yicha ham, ko’zining rangi bo’yicha ham geterozigotali. Ushbu oilada qanday farzandlartug’ilishi mumkinligini aniqlang.
14-masala. Qoshni sertuk bo’lishi, siyrak boiishiga, yuqori qovog’ini osilgani,
normada bo’lishiga, burnini katta boiishi, kichik bo’lishiga nisbatan domi-
nantlik qiladi. Uchchala belgini yuzaga chiqaruvchi genlar har xil juft xromo-
somalarda joylashgan. Qoshi siyrak, yuqori qovog’i osilgan, burni katta erkak
bilan, qoshi sertuk, yuqori qovog’i normada, burni kichik bo’lgan ayol niko
hidan qoshi siyrak, yuqori qovog’i normada, burni kichik bo’lgan qiz tug’ildi.
Berilgan qamma organizmlarning genotipini aniqlang.
15-masala. Yanoqlarida chuqurchasi bor bo’lgan, ko’k ko’zli, qoni normal ivi-
ydigan ayol, yanoqlarida chuqurchasi yo’q, qo’ngir ko’zli, qoni normal ivi-
ydigan erkakka turmushga chiqdi. Ularning oilasida yanoqlarida chuqurchasi
bor, ko’k ko’zli, gemofilik o’g’il bola tug’ildi. Ushbu oilada yana qanday far-
zandlar tug’ilishi mumkinligini aniqlang. Yanoqlarda chuqurchani bo’lishi,
qo’ng’ir ko’z - dominant belgilar bo’lib, autosoma orqali irsiylanadi. Gemo-
filiya retsessiv belgi bo’lib, jinsiy X-xromosoma orqali nasldan naslga o’tadi.
16-masala. Gipertrixoz belgisi jinsiy U-xromosoma orqali nasldan naslga o’tadi.
Polidaktiliya belgisi esa dominant belgi bo’lib, autosoma orqali o’tadi. Ota-
sida gipertrixoz, onasida esa polidaktiliya belgisi bo’lgan oilada, ikkala belgi bo’yicha sog’lom qiz tug’ildi. Ushbu oilada yana qanday fenotip va genotipga ega bo’lgan farzandlar tug’ilishi mumkinligini aniqlang.
17-masala. Gipofosfatomik raxit X-xromosomada joylashgan dominant gen ta’sirida yuzaga chiqadi. Gipofosfatomik raxit bilan kasallangan II- qon gurahiga ega bo’lgan ayol bilan, ushbu raxit formasi bo’yicha sog’lom III-qon gurahiga
ega erkak nihoxidan I-qon guruhiga ega, sog’lom bo’lgan qiz tug’ildi. Ushbu
oilada yana qanday genotipga ega bo’lgan farzandlar tug’ilishi mumkinligini
aniqlang.