Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021



Yüklə 380,02 Kb.
səhifə78/95
tarix30.09.2023
ölçüsü380,02 Kb.
#150733
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   95
Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021-hozir.org

9-masala. Agammaglobulinemiyaning limfatik to’qima bo’lmasligiga sababchi
bo’ladigan turlaridan biri autosoma retsessiv belgi sifatida irsiylanadi. Ushbu belgi bo’yicha sog’lom bo’lgan ota-onadan, agammaglobulinemiyani ushbu
shakli bilan kasallangan farzand to’g’ildi. Ushbu oilada yana qanday fenotip
va genotipga ega bo’lgan organizmlarning tug’ilishi mumkinligini aniqlang.
10-masala. Galaktozemiya kasalligi autosoma-retsessiv tipda nasdan naslga o’tadi. Hozirgi zamon tibbiyoti erishgan yutuqlari tufayli bu kasallikning oldi olinishiga erishilmoqda. Er-xotindan biri galaktozemiya kasalligi bo’yicha gomozigotali bo’lib, kasallik bu odamda parhez yordamida oldi olingan, ikk-
inchisi esa galaktozemiya bo’yicha geterozigotali. SHu oilada galaktozemiya
kasalligi bilan tug’ilish ehtimoli bo’lgan bolalarni aniqlang.
11-masala. Talassemiya autosoma orqali irsiylanadigan to’liq bo’lmagan dominant belgi. Ushbu belgi bo’yicha gomozigota organizmlarning 90 - 95 % i o’lim
bilan tugaydi. Geterozigota bo’lgan organizmlarda kasallik nisbatan yengil
shaklda o’tadi. Bir oilada tug’ilgan 3 ta farzanddan biri Talassemiya kasalligi bilan nobud bo’ldi, ikkinchisi yengil shakli bilan kasallandi, uchinchisi esa sog’lom edi. Ushbu ma’lumotlar asosida tug’ilgan farzandlar va ota - onasining genotipini aniqlang.
12-masala. Yaqindan ko’radigan(dominant belgi), chapaqay(retsessiv belgi) erkak, ushbu ikki belgi bo’yicha normal bo’lgan ayolga uylangan. Er-xotinning ikkalovini ham aka-ukalari, opa-singilari orasida fenilketonuriya kasalligi bilan kasal bo’lganlari borligi ma’lum. Ulaming o’zi esa fenilketonuriya kasaligi bo’yicha sog’lom. Ularning oilasida birinchi tug’ilgan farzandi uchchala belgi bo’yicha normal bo’lgan. Ikkinchi farzandi esa yaqindan ko’radigan chapaqay, uchinchisi esa fenilketonuriya bilan kasallangan bo’lgan. Ota-onasini va hamma farzandlarini genotipini aniqlang. Ushbu oilada hamma belgisi bo’yicha sog’lom farzand tug’ilishi ehtimolini aniqlang.

Yüklə 380,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin