2-masala. Axondroplaziya autosoma-dominant tipda irsiylanadi. Axondroplaziyaka salligi bilan kasallangan er-xotinning oilasida, normal bola tug’ildi. Keyingi farzandni ham normal boiib, tug’ilishi ehtimolini aniqlang.
3-masala. Odamlarda kichik jag’ tishlarini bo’lmasligi autosoma-dominant belgi sifatida nasldan naslga o’tadi. Tahlil qilinayotgan belgi bo’yicha geterozigotali oilada, ushbu anomaliya bo’yicha tug’ilishi ehtimoli bo’lgan farzandlarni aniqlang?
4-masala. Afibrinogenemiya autosoma-retsessiv belgi sifatida nasldan naslga
o’tadi. Ota-onasi ushbu belgi bo’yicha sog’lom bo’lgan oilada afibrinogenemiya belgilari bo’lgan farzand tug’ildi. Ikkinchi farzandni shu kasallik bilan
tug’ilishi ehtimoli qanday?
5-masala. Sindaktiliya autosoma-dominant belgi sifatida nasldan naslga o’tadi.
Ota-onalardan birini barmoqlarining tuzilishi normal, ikkinchisi esa shu belgi bo’yicha geterozigotali bo’lgan oilada, kasal farzandlar tug’ilishi ehtimolini aniqlang.
6-masala. Sindaktiliya odamlarda autosoma dominant tipda nasldan naslga
o’tadigan belgi. Ota - onalardan biri ushbu belgi bo’yicha geterozigotali
bo’lib, ikkinchisi sog’lom bo’lsa, ularning oilasida ushbu belgiga ega bo’lgan
farzand to’g’ilishi ehtimolini belgilang
7-masala. Albinizm odamlarda autosoma retsessiv belgi sifatida nasldan naslga
o’tadi. Er-xotinlardan biri albinos, ikkinchisi esa normal bo’lgan oilada, har xil tuxumdan rivojlangan egizaklar tug’ilib, ulardan biri albinos, ikkinchisi esa tahlil qilinayotgan belgi bo’yicha normal edi. Ushbu oilada yana albinos bo’lgan bola tug’ilishi e’htimolini aniqlang.
8-masala. Odamlarda, pastki kurak tishlarning qo’shilgan holda bo’lishi, sut tishlari bilan ko’zatilib, keyinchalik doimiy tishlar chiqqanda, ular qo’shilmagan holatda bo’ladi. Ushbu belgi irsiy bo’lib, autosoma orqali dominant belgisi fatida nasldan naslga o’tadi. Bir oilada, ularni birinchi farzandi ushbu belgi bilan tug’ilganini bilib qolishdi. Ota-onalari qaysi birlarida ushbu belgi bo’lganini eslay olmadilar. Ularning oilasida shu belgiga ega bo’lgan bolalar yana tug’ilishi mumkinmi ?