Amaliy mashg’ulot № 19 Mavzu: Аlohida olingan oʼsimlik yoki hayvon populyatsiyalaridagi genlar va genotiplar chastotasini aniqlashga doir masalalar yechish. Ishdan maqsad: Populyatsiyalar genetikasiga doir masalalar yechishning o’ziga xos prinsiplarini o’rganish
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid tablitsalar, kompyuter texnologiyasida slaydlar namoyishi, tarqatma materiallar.
Ishning mazmuni: Populyatsiyalar genetikasi– umumiy genetikaning muhim bir yo’nalishi. Mahlumki, tur ichidagi eng kichik birlik populyatsiya hisoblanadi. Tabiatda bo’lib turadigan mutatsiyalar va ularning kombinatsiyalari populyatsiya genetik tarkibining o’zgarishini belgilaydi. Barcha tabiiy populyatsiyalar geterogen bo’lib, mutatsiyalar bilan to’yingan bo’ladi. Har qanday populyatsiyaning genetik geterogenligi tashqi omillarning tahzyiqi bo’lmagan vaqtda mahlum bir muvozanatda bo’ladi.
1-masala*. Makkajo’xori o’simligining ayrim navlarida alg’binos o’simliklar (aa) 0,0025 chastota bilan uchraydi. A va a allellarning hamda AA va Aa genotiplarning uchrash chastotalarini hisoblab chiqing.
Masalaning yechilishi: Bu masalada berilgan populyatsiyada aa genotipli (q2) individlarning chastotalarini bilgan holda, a genining (q) uchrash chastotasini aniqlash mumkin: aa = q2 = 0,0025; a = q =√ q2 =√0,0025 = 0,05
p + q = 1 formulasidan foydalanib, A genining (p) uchrash chastotasini to’amiz:
p = 1 – q = 1 – 0,05 = 0,95
AA genotipning chastotasi AA = p2 =0,952 = 0,9025
Aa genotipning chastotasi Aa =2 pq = 2 (0,95 x 0,05) = 0,095
populyatsiya 90,25% AA genotipli, 9,5% Aa genotipli va 0,25% aa genotipli o’simliklardan tashkil to’gan.
2-masala*. 84000 tup javdar o’simligining 210 tupi aa genotipli alg’binos o’simliklardan tashkil to’gan bo’lsa, A va a allellar hamda geterozigotali o’simliklarning chastotalarini aniqlang.
Masalaning yechilishi: Masala shartiga ko’ra, retsessiv gomozigotali individlarning genotipi aa (q2) mahlum. Bu yerda a allelining (q) chastotasini to’amiz. aa genotipining uchrash chastotasini aa (q2) birliklar bilan ifodalaymiz. Buning uchun barcha o’simliklar sonini 1 ga teng deb olamiz, ya’ni 84000 = 1. U holda aa (q2) genotipning chastotasi: q2 = 210 : 84000 = 0,0025; a allelining chastotasi
q =√q2 =√0,0025 =0,05
p + q =1 formulasidan foydalanib,
A allelining (p) chastotasini aniqlaymiz: p=1– q=1 – 0,05 = 0,95
Geterozigotali o’simliklarning uchrash chastotasi Aa =2 pq = 2 (0,95 x 0,05)= 0,095.
3-masala. Makkajo’xori o’simliklari populyatsiyalarida alg’binos o’simliklar (aa) 0,0035 chastota bilan uchraydi. A va a allellarining hamda AA, Aa genotiplarining uchrash chastotalarini hisoblab chiqing.
4-masala. 64000 tup javdar o’simligining 110 tupi retsessiv gomozigotali (aa) holatida bo’lgan alg’binos o’simliklardan iborat bo’lsa, A va a allellari hamda alg’binizm belgisini saqlovchi geterozigotali o’simliklarning uchrash chastotasi qanday bo’ladi?
5-masala. No’xat o’simligining 4 ta qizil gulli, lekin genotip bo’yicha geterozigotali (Aa) va 1 ta qizil gulli, lekin gomozigotali (AA) o’simliklarini bir necha avlod davomida ekib o’rganilgan. No’xat o’simligining o’z-o’zidan changlanib ko’payishini bilgan holda F4 da rivojlanadigan genotip va fenotiplarning nisbatini aniqlang.
6-masala. Populyatsiya 80% AA genotipli va 20% aa genotipli individlardan tashkil to’gan. populyatsiyada muvozanat tiklangandan keyingi AA, Aa, aa genotipli individlarning uchrash chastotalarini aniqlang.
7-masala. populyatsiya 60% BB genotipli va 40% bb genotipli individlardan iborat. Xardi-Vaynberg qonuniga muvofiq, populyatsiyada muvozanat tiklangandan keyingi BB, Bb, bb genotiplarning uchrash chastotalarini aniqlang.