Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021



Yüklə 380,02 Kb.
səhifə70/95
tarix30.09.2023
ölçüsü380,02 Kb.
#150733
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   95
Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021-hozir.org

1-masala*. Agar aa gomozigotali individlar populyatsiyaning 1 foizini tashkil qilsa, u holda AA va Aa genotiplarga ega bo’lgan individlarning uchrash chastotalarini aniqlang.
Masalaning yechilishi:
Masala shartiga ko’ra, retsessiv gomozigotali aa genotipli individlar populyatsiyada 1 % yoki 0,01 holida uchraydi. SHunga ko’ra, a allelning chastotasi (q) to’iladi: a = q= √q2 =√0,01=0,1 yoki q =0,1. Bunday holda dominant A allelining uchrash chastotasi p=1–q=1–0,1=0,9 yoki p=0,9 bo’ladi. AA genotipli individlarning uchrash chastotasi esa 0,81 ga teng bo’ladi, ya’ni AA=p2 =0,92 =0,81. Aa genotipli individlarning chastotasini quyidagicha to’amiz:
Aa=2pq=q2(0,9 x 0,1) = 0,18
SHunday qilib, o’rganilayotgan populyatsiya 81% AA genotipli, 18% Aa genotipli va 1% aa genotipli individlardan tashkil to’gan.
2-masala*. Quyidagi populyatsiyalarda A alleli (p) va a alleli (q) ning uchrash chastotalarini aniqlang:
a) AA = 36%, Aa = 48%, aa = 16%;
b) AA = 64%, Aa = 32%, aa = 4%;
v) AA = 49%, Aa = 42%, aa = 9%.
Masalaning yechilishi:
a) mazkur populyatsiyada AA genotipli (p2) individlarning uchrash chastotasini bilgan holda, A allelining (p) uchrash chastotasini aniqlash mumkin: AA=p2 =36% yoki 0,36
A = p = √p2 = √0,36 = 0,6
a allelining (q) uchrash chastotasini 2 xil yo’l bilan to’ish mumkin:
1) p + q = 1 formulasidan foydalanib a allelning uchrash chastotasini to’ish, ya’ni q = 1 – p = 1 – 0,6 = 0,4;
2) aa = 16% 0,16 a = q = √q2= √0,16 = 0,4
Bu masalaning b va v punktlari ham xuddi shu tartibda yechiladi.
3-masala*. Odam populyatsiyasi 51% yoki 0,51 chastotada jigarrang ko’zli hamda 49% yoki 0,49 chastotada ko’k ko’zli individlardan tashkil to’gan. Mazkur populyatsiyada A va a allellari, AA, Aa genotiplarning uchrash chastotalarini aniqlang (jigarrang ko’z ko’k ko’z ustidan to’liq dominantlik qiladi).

Yüklə 380,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin