Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021



Yüklə 380,02 Kb.
səhifə68/95
tarix30.09.2023
ölçüsü380,02 Kb.
#150733
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   95
Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021-hozir.org

1-masala. Drozofila pashshasida to’rtta birikkan guruh mavjud. SHulardan II xromosomasida joylashgan genlar guruhini olsak, ular quyidagi belgilarni yuzaga chiqarishga javobgardir.
ap Vizillagichining rivojlanishiga;
al mo’ylovlarida tuklarning rivojlanishiga;
d oyoqlaridagi bo’g’imlarining soniga;
dp ko’krak yuzasining relefiga;
pys qanotida qo’shimcha tomirlarning rivojlanishiga;
sm qorin qismida tuklarning rivojlanishiga;
sp ko’krak qismining yon tomonidagi tuklarning soniga;
Quyida drozofila pashshasining II xromosomasida joylashgan genlar orasida sodir bo’ladigan krossingoverning % berilgan.
dp - 9% - cg; dp -13% - al;
dp – 18% - d; sp – 4% -al;
sp – 9% - d; sp - 30% - pys;
pys – 21% - d; pys – 3,4% - ap;
pys – 9,5% - sm; ap – 24,4% -d
Ushbu ko’rsatilgan ma’lumotlardan foydalangan holda xromosoma xaritasini tuzib chiqing, genlarning joylashgan lokusini aniqlang.
2-masala. Odamning jinsiy X-xromosomasining 2 ta uchastkasida joyiashgan genlar haqida quyidagi ma’lumotlar keltirildi.
Xromosomaning bir uchastkasida quyidagi genlar birikkan holda irsiylanadi:
qon zardobi geni (Xm).
Rang ajrata olmaslikning ikkita: deyteranopsiya (d) va protanopsiya (r),
gemofiliya (h) va glyukoza-6-fosfatdegid rogenaza yetishmasligi geni (G). Xromosomaning boshqa uchastkasida quyidagi genlar birikkan holda irsiylanadi:
qon guruhining yuzaga chiqaruvchi genlar (Xg),
ko’z albmizmi (a),
ixtioz (i) va angiokeratoma (ac).
X-xromosomaning birinchi uchastkasi uchun quyidagilar ma’lum:
Xm-geni d-geni bilan 7 %, G-geni bilan 11 % va p-geni bilan 16 % krossingoverli gametalarni beradi.
G-geni d-geni bilan 4 %, p-geni bilan 5 %, h-geni bilan 8 % krossingoverli gametalarni beradi.
h-geni d-geni bilan 12 % krossingoverli gametalarni beradi.
X-xromosomani II- uchastkasida Xg va as 28 %, Xg va i - 11 %, Xg va a - 18%, a va as -10%, I va a esa 7 % krossingoverli gametalarni hosil qiladi. X-xromosomani ikkala uchastkasining genetik xaritasini tuzib chiqing.
3-masala. Drozofila pashshasida to’rtta birikkan gurux mavjud. Shulardan jinsiy X-xromosomada quyidagi belgilarning yuzaga chiqishiga javobgar bo’lgan genlar joylashgan ekan.
b - tukchalarining uzunligini;
cb - qanotlarining shaklini;
cv- qanotlarida ko’ndlang tomirlarining rivojlanishini;
dy - qanotlarining rangini;
cc- ko’z katakchalarining o’lchamini;
hw-qanotlarida qo’shimcha tuklarining rivojlnishini;
oc - oddiy ko’zlarning rivojlanishini;
s- tanasining qanday rangda bo’lishini;
sn - tanasidan o’sib chiqqan tukchalarining shaklini
Ko’p sonly tajribalar o’tqazilishi natijasida drozofila pashshasi jinsiy X xromosomasida sodir bo’ladigan krossingover % quyidagicha ekanligi ma’lum bo’ldi: cv geni ec geni bilan 8,2% krossingover beradi.
Uni cv -8,2 % - ec ko’rinishida yozsak, qolgan ko’rsatkichlar quyidagicha:
cv - 13,7% - hw, cv - 2,3 % - cb,
cv - 7,3 % - sn, hw - 5,5% - ec,
hw - 16 % - cb, cb - 5 % - sn,
cb - 7,1 % - oc, sn - 2,1% - oc,
sn - 15,2% - dy, sn - 22,2% - s,
b - 2.3 % - s, b - 29,8% - dy,
b - 42,9 % - oc
Ushbu ko’rsatilgan ma’lumotlardan foydalangan holdajinsiy X - xromosoma xaritasini tuzib chiqing, genlarning joylashgan lokusini aniqlang.



Yüklə 380,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin