Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021


Gigant xromosomalar yordamida sitologik xaritalarni tuzish



Yüklə 380,02 Kb.
səhifə67/95
tarix30.09.2023
ölçüsü380,02 Kb.
#150733
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   95
Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021-hozir.org

Gigant xromosomalar yordamida sitologik xaritalarni tuzish.
Politen xromosomalar genetik va sitogenetik xaritalarni tuzishda hamda xromosomalarda sodir boʼladigan translokatsiya kabi ular tuzilishidagi oʼzgarish katta ahamiyatga ega. Drozofilada bu metoddan foydalanish qator genlarning xromosomada joylashish tartibini aniqlash imkonini berdi. Genlar xromosomaning qaysi joyida joylashganligini T. Paynter metodi bilan aniqlanadi. Buning uchun u xromosomalarning turli kichik hajmdagi qayta qurilishlari-strukturaviy oʼzgarishlari (duplikatsiya, deletsiya, defishensi) dan foydalandi.
Xromosomalarning genetik va sitologik xaritalarini oʼzaro taqqoslash
Genetik va sitologik xaritalarni oʼzaro taqqoslash xromosoma uzunligi boʼyicha krossingover chastotalarining har xil ekanligini isbotladi. Bu narsa soʼlak bezining xromosomalarida koʼrsatib berildi. Drozofilaning hamma toʼrtta politen xromosomalarining genetik xaritasi muayyan uzunlikka ega. Bu uzunlik krossingover foizi bilan oʼlchanadi. Drozofilaning X-xromosomasi va uchta autosomalarining umumiy uzunligi 279 krossingover birligi (morganid) ni tashkil etadi. K.Bridjes drozofilaning hamma toʼrtta politen xromosomalarining har birining uzunligini mikron hisobida alohida oʼlchadi. Ularning umumiy uzunligi 1180 mk ga tengligini aniqladi. Politen xromosomalarning sitologik va genetik xaritasini solishtirish uchun Bridjes krossingover foizidan foydalandi. Buning uchun u xromosomalarning umumiy uzunligini koʼrsatuvchi son (1180 mk) ni genetik xaritalarning umumiy uzunligini koʼrsatuvchi son (279 krossingover yoki rekombinatsiya birligi) ga boʼldi va 4,2 sonini oldi. Demak, genetik xaritadagi har qaysi bitta krossingover foiziga sitologik xaritada 4,2 mk toʼgʼri keladi. Genetik xaritadagi genlar orasidagi aniqlangan masofani koʼrsatuvchi krossingover foiziga asoslanib xromosomaning har xil qismida sodir boʼluvchi xromosoma krossingoveri (chalkashishi) ning namoyon boʼlish chastotasini aniqlash mumkin.
Masalan, drozofilaning X-xromosomasida u va yes genlari oraligʼidagi masofa rekombinant foizi boʼyicha 5,5% ga teng. Ushbu genlar oraligʼidagi masofaning qancha mikron (mk) ekanligini bilish uchun bu ikki (4,2 mk va 5,5 mk) sonni koʼpaytirish va chiqqan son – 23 (mk) u va yes genlari orasidagi masofaning nazariy topilgan koʼrsatkichi hisoblanadi. Lekin bu ikki genning oraligʼini bevosita oʼlchaganda uning 30 mk ga teng ekanligi aniqlandi. Bu dalilga asosan X-xromosomaning shu qismida nazariy kutilgan - oʼrtacha normaga nisbatan krossingover kamroq namoyon boʼlar ekan degan xulosaga kelish mumkin.
Shunday qilib, xromosomaning turli joylarida krossingover har xil chastotada sodir boʼlganligi uchun xromosomaning genetik xaritasida genlar har xil zichlikda joylashgan boʼladi. Genlarning xromosoma genetik xaritasida joylashish zichligini xromosomalarda krossingover boʼlishi mumkin boʼlgan qismlari uning qaerida joylashganligini koʼrsatuvchi omil deb hisoblash mumkin.

Yüklə 380,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin