Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021



Yüklə 380,02 Kb.
səhifə71/95
tarix30.09.2023
ölçüsü380,02 Kb.
#150733
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95
Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021-hozir.org

Masalaning yechilishi:
Xardi-Vaynberg formulasiga muvofiq, ko’k ko’zli aa genotipning uchrash chastotasi aa = q2 =0,49 ga teng. U holda a allelining uchrash chastotasi q=√q2=√0,49=0,7 ga teng bo’ladi. Allellarning yig’indisi 1 ga tengligini bilgan holda A allelining chastotasi - p aniqlanadi: p=1–q=1–0,7=0,3
Dominant gomozigotali AA genotipning uchrash chastotasi AA=p2 =0,32 =0,09 yoki 9% ga teng.
Geterozigotali Aa genotipning uchrash chastotasi Aa=2pq=2(0,3 x 0,7)=0,42 yoki 42% ga teng.
4-masala. Quyidagi populyatsiyalarda A alleli (p) va a alleli (q) ning uchrash chastotalarini aniqlang:
a) AA = 48%, Aa =38%, aa = 14%;
a) AA = 54%, Aa = 36%, aa = 10%;
a) AA =46%, Aa =42%, aa =12%.
5-masala. Ikkita populyatsiya quyidagi genotipik chastotalarga ega:
birinchisi - 0,24 AA, 0,32 Aa va 0,44 aa
ikkinchisi - 0,33 AA, 0,14 Aa va 0,53 aa.
panmiksiya holatida keyingi avloddagi genotiplarning nisbati qanday bo’ladi?
6-masala. Quyidagi chastotalarga ega bo’lgan individlar guruhi mavjud:
1) 60% AA va 40% aa;
2) 50% AA, 30% Aa va 20% aa;
3) 30% AA, 40% Aa va 30% aa.
panmiksiya holatida AA, Aa va aa genotiplarning ikkinchi avloddagi chastotasini aniqlang.
7-masala. Ayrim aholi populyatsiyalarida alg’binoslar (aa) 0,00005 chastota bilan uchraydi. A va a allelarining hamda AA va Aa genotiplarning populyatsiyadagi chastotasini aniqlang.
8-masala. Yevropa populyatsiyalarida albinizm 7x10-10 miqdorda uchraydi. populyatsiyada alg’binizmni tashuvchi 1 ta odam barcha odamlar sonining qanchasiga to’g’ri kelishini aniqlang.
9-masala. Retsessiv gen orqali belgilanadigan fruktozuriya aholi o’rtasida 7x10-5 chastotada uchraydi. Dominant va retsessiv allellarning hamda har xil genotiplarning populyatsiyadagi chastotalarini aniqlang.
10-masala. populyatsiyada kasallik 400 kishidan 1 taga to’g’ri keladi. Kasallik tashuvchining hissasini va populyatsiyadagi genotiplarning chastotalarini aniqlang.

Yüklə 380,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin