Биология ва экология соҳасидаги инновациялар


BIoloGIYAnI o‘QITISHdA PedAGoGIK TeXnoloGIYAlAR



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/22
tarix13.05.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#112730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
22.Biologiya yonalishi 3 qism

22
BIoloGIYAnI o‘QITISHdA PedAGoGIK TeXnoloGIYAlAR
Raxmatova Sevara Maxmatqobilovna,
Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani 61-umumta’lim maktabi
Biologiya fani o‘qituvchisi, Tel: +998 99 449 57 36
Annotatsiya: ushbu maqolada o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va o‘qitish 
samaradorligini oshirish masalasi biologiyani o‘qitish metodikasi fanining asosiy muammolaridan 
biri ekanligi haqida so‘z yuritilib, muammolarni bartaraf etish uchun mulohaza yuritiladi. 
Biologiyani o‘qitishda maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatish va qulay ijtimoiy psixologik muhitni 
vujudga keltirishi o‘qituvchi tomonidan qo‘llanilgan pedagogik texnologiyalarga bog‘liq 
jarayonlar haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: – faoliyat, faol, texnologiya, fan, tip, pedagogika, psixologiya, mahorat, samara.
o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va o’qitish samaradorligini oshirish masalasi 
biologiyani o’qitish metodikasi fanining asosiy muammolaridan biri sanaladi. o’quvchilarning 
bilish faoliyatini faollashtirish deganda, o’quvchilarda yuqori darajadagi motiv, bilim va 
ko’nikmalarni o’zlashtirishga bo’lgan ongli ehtiyoj, natijaning yuqoriligi va ijtimoiy me’yorlarga 
mos xulqning paydo bo’lishi tushuniladi. mazkur tipdagi faollik har doim ham vujudga 
kelavermaydi, faqat o’qituvchining maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir ko’rsatishi va qulay 
pedagogik-psixologik muhitni tashkil etish mahorati tufayligina vujudga keladi.[1]
Biologiyani o’qitishda maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatish va qulay ijtimoiy psixologik muhitni 
vujudga keltirishi o’qituvchi tomonidan qo’llanilgan pedagogik texnologiyalarga bog’liq bo’ladi.
[2] didaktikada ishlab chiqilgan har qanday texnologiya o’quvchilarning bilish faoliyatini 
faollashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, lekin quyidagi texnologiyalarda 
mazkur masala asosiy g’oyani egallaydi:
1. didaktik o’yin texnologiyalari.
2. muammoli ta’lim texnologiyalari.
3. modulli ta’lim texnologiyalari.
4. hamkorlikda o’qitish texnologiyasi.
5. loyihalash texnologiyasi.[3]
o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga 
imkon beradigan texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan birgalikda, 
ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi, ijodiy faoliyatga yo’llovchi, 
kommunikativ, mantiqiy fikrlash, aqliy faoliyat usullarini shakllantirish, o‘z faoliyatini tahlil qilish, 
kasbga yo‘llash, mo‘ljalni to‘g‘ri olishga o’rgatish, hamkorlikni vujudga keltirish kabi funksiyalarni 
bajaradi.
biroq pedagogik texnologiyalarning funksiyalarini taqqoslaganda bu funksiyalar bir xil darajada 
o‘rin egallamasligi ma’lum bo’ldi. didaktik o’yinli texnologiyasida yyetakchi o’rinlami ta’lim 
beruvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi, kommunikativ funksiyalar egallab, qolgan funksiyalar 
ularga ilova bo’ladi.[4]
muammoli ta’lim texnologiyasida aqliy faoliyat usullarini shakllantirish, ijodiy faoliyatga 
yo’llash, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish funksiyalari yetakchi o’rinni egallaydi, qolgan 
funksiyalar ularga go‘yoki bo’ysunadi. shu asnoda boshqa texnologiyalarning ham didaktik 
funksiyalarini tahlil etish mumkin.
tahlilardan anglashiladiki, biologiya o’qituvchisi darsda o‘rganiladigan mavzuning ta’limiy, 
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari va pedagogik texnologiyalarning didaktik funksiyalarini 
hisobga olgan holda qaysi texnologiyadan foydalanishini ilmiy-metodik asosda tanlagandagina 
ko‘zlangan maqsadga va samaradorlikka erishadi.
foydalanilgan adabiyotlar
1. J.o. Tolipova, a.T. g’ofurov. Biologiya ta’limi texnologiyalari. — Т.: o’qituvchi, 2002.
2. J.o. Tolipova, a.T. g’ofurov. Biologiya o’qitish metodikasi. Pedagogika oliy o’quv yurtlari 
talabalari uchun darslik. — T.:, moliya-iqtisod, 2007.
3. J.o. Tolipova, a.T. g’ofurov. Biologiya o’qitish metodikasi. o‘quv-metodik qo‘llanma. — 
Т.: «Bilim» 2004.
4.azimov va boshqalar. Biologiya. metodik qo’llanma. — T.:, abu ali ibn 
sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti. 2002.


12

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin