8
22
barglariga, tuproq va suv orqali esa ildiziga o’tadi. ifloslangan havo o’simliklarni zararlab, ularda
modda va energiya almashinuvini buzadi. Qishloq xo’jalik ekinlari va mevali daraxtlar ham kam
hosilli bo’lib qoladi. sanoat va transportdan chiqqan zararli gazlar fotosintez jarayoniga salbiy
ta’sir ko’rsatadi. Transpirasiyani 3 barobargacha qisqartiradi. Qayrag’och dalalarda 300-400
yil yashasa, shahar parklarida 120-220 yil, avtomobil yo’llari atrofida 40-50 yil yashar ekan.
atmosferaning ifloslanishi hayvonlarga ham ta’sir etib, ularning zaharlanishiga, ba’zan esa nobud
bo’lishiga sabab bo’lmoqda.
atmosfera ifloslanishining kamaytirish yo`llaridan biri toshko`mir va neft bilan ishlaydigan
sanoat korxonalarini gaz yoqilg`isiga o`tkazish. shuningdek avtomobil transportini gaz yoqilg`isiga
o`tkazish, elektromobillar tarmog`ini rivojlantirish ham bu ishga ijobiy yordam beradi.
atmosfera ifloslanishini kamaytirishning yana bir yo`li sanoat korxonalarida gaz va chang
tutqich vositalarini doimo soz
holda tutish, hamda ularning quvvatini oshirish chora-tadbirlarini
ko`rishdir. avtomobillar dvigatelidan chiqariladigan gazlarni parchalovchi katalizatorlar
ishlab chiqishni yo`lga qo`yish bu ishda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. hozirgi vaqtda
o`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan «o`zdevo» avtomobillari yoqilg`ini kam xarajat qilibgina
qolmay, balkim uni to`liq yondiradi va shu hisobdan ulardan chiqariladigan zararli gazlar keskin
kamaytirilgan. shunga o`xshash avtomobillardan dunyo miqyosida kengroq foydalanish shubhasiz
havo ifloslanishni birmuncha kamaytirar edi.
atmosfera ifloslanishini kamaytirishning yana bir muhim tadbiri sanoat korxonalarini to`g`ri
joylashtirish, ularni aholi punktlaridan uzoqlashtirish va ishlab chiqarishda chiqitsiz texnologiya
jarayonini tashkil qilishdir. hozirgi vaqtda biror sanoat korxonasi quriladigan bo`lsa, uni
loyihalashtirishdayoq atrof muhitni ifloslamaslik masalasi oldingi o`ringa suriladi. Bunda loyihaga
texnologik jarayonlar davomida havoga chiqindi chiqarishni kamaytirishdan tashqari, uning aholi
tig`iz joylashgan kvartallardan
uzoqda joylashtirish, shamol yo`nalishini hisobga olish va shu
singari ko`pgina talablar qo`yiladi.
aholi tig`iz yashaydigan joylarda yashil kvartallar tashkil qilish, turli nav daraxtlarni ko`proq
o`stirish ham havoni ifloslanishdan saqlashning muhim tadbiri hisoblanadi. yashil o`simliklarning
bu ishda ahamiyati serqirradir. Ular havodagi chang va gazlarni o`zida tutib qoladi, karbonat
angidridni yutib, kislorod ajratadi. o`simliklarning yana bir foydali xususiyati, ularning o`zidan
fitontsitlar ajratib chiqarib, havoni patogen zamburug`lar va bakteriyalardan tozalashdir. Bir gektar
archazor bir kunda 30 kg, ba’zi nina bargli daraxtlar, masalan, kedr qarag`ayi esa bundan ham
ko`proq fitontsit ajratib chiqaradi. daraxtlardan ajralgan fitontsitlar bakteriyalarni o`ldirgani uchun
ham o`rmonlar havosida bakteriyalar soni shahar havosidagidan 200-250 marta kam bo`ladi. yashil
o`simliklar shaharlarning mikroiqlimini mo`tadillashtirishda muhim rol o`ynaydi. daraxtlar issiq
paytlarda atmosferaga ko`p suv bug`lari chiqarib, havo namligini 20-30% oshiradi. Bu esa shahar
havosini asfalt, beton va g`ishtlar haroratidan qizib ketishdan saqlaydi. shaharlardagi daraxtlar
shuningdek tovush to`lqinlarini yutib, shovqini pasaytiradi. Bu esa, o`z navbatida, insonlar asabini
tinchlantirish hamda ularning mehnat qobiliyatini oshirishda muhim rol tutadi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki atmosfera
havosi inson hayoti, qolaversa
tabiatdagi muvozanat uchun katta ahamiyat kasb etadi. shu bois atmosfera havosini muhofaza
qilish chora-tadbirlaridan ustivori – bu ekologik ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishdir, chunki
atmosfera havosining ifloslanishi natijasida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni to’liq anglay olgan
inson to’g’ri va atroflicha xulosa chiqara oladi.
biz biologiya va kimyo darslarida o’quvchilar ongiga ekologik
tarbiyani singdirishimiz, tabiatni
asrash, yashil o’simliklarni ko’paytirish, atrof – muhitni ozoda tutish, kimyoviy chiqindilarni
kamaytirish yoki chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish yo’llarini va usullarini o’rgatib borishimiz
zarur. ana shundagina o’quvchilarda
ekologik ong, ekologik tarbiya shakllanadi.
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. yormatova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish. T-2008
2. www. Ziyonet.uz