Biotexnologiya asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   139
Biotexnologiya asoslari

Bacterium Sch’tzenbachii 
va
 
Bacterium curvum 
qo’llaniladi. 
Ekish materialini laboratoriyalarda sirka kislotali bakteriyalarni suyuq oziqada kolbalarda
mikrobiologik tebratgichda, so’ngra 30 l. hajmli laboratoriya fermentyorlarida o’stirib olinadi. 
Sirka kislota olish uchun xom ashyo sifatida etil spirti, rektifikat yoki tozalangan yog’dan 
foydalaniladi. Sirka kislotali bakteriyalarning hayot faoliyati oziqa muhiti kislotaligig bog’liq 
bo’ladi. Ularning yaxshi rivojlanishi uchun mo’’tadil rN ko’rsatkichi 3,0-3,2 oralig’ida bo’ladi.
Oziqa muhitidagi sirka kislota va etil spirti miqdori ham mikroorganizmlar hayot faoliyatida 
muhim rol o’ynaydi va katta ta’sir ko’rsatadi. Kislotalarning mo’’tadil miqdori 10% deb hisoblansa
spirt miqdori 
Bacterium Sch’tzenbachii 
uchun 6-7% (ob.), 
Bacterium curvum
uchun esa 9-14% 
(ob.) ni tashkil etadi. 
Fermentasiya jarayoni esa beshta ketma ketlikda birikkan fermentatorlardan tashkil topgan 
batareyada amalga oshiriladi. 
Har bir uskuna aralashtirgich, barboter va burama (spiralsimon) issiqlik almashtiruvchilar 
bilan ta’minlangan. Birinchi fermentyorga, etil spirti va sirka kislotaning umumiy miqdori 6,4-6,7% 
ni tashkil etadigan oziqa muhiti va steril havo uzluksiz beriladi va ekish materiali solinadi. Bunda 
sirka kislotali bakteriyalarning juda tez rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Birinchi 
fermentyor qolgan barcha keyingi fermentyorlar uchun sirka kislotali bakteriyalar generatori 
hisoblanadi. SHuningdek, bunda sirka kislotasida etil spirtining oksidlanishi amalga oshadi. 
Kultural suyuqlik bir fermentyordan ikkinchi fermentyorga hosil qilingan havo bosimi 
hisobiga uzatiladi. Har bir fermentyor uksus kislotada etil spirti jadal oksidlanishi uchun sharoit 
yaratib beradi. Zarur bo’lgan spirt miqdori bilan ta’minlash uchun ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi 
uskunalarga 40% li etil spirti qo’shiladi. 
Harorat va aerasiya jadalligi bir fermentyordan ikkinchisiga o’tganda pasayib boradi: agarda 
birinchi fermentyorda harorat 28
0
S ga, aerasiya jadalligi esa 0,35-0,40 m
3
/(m
3
·min) ga teng bo’lsa, 
oxirgi uskunaga kelib muvofiq ravishda 25
0
S va 0,1-0,15 m
3
/(m
3
·min) ni tashkil etadi. 


7-chizma. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin