Zamonaviyaxborottexnologiyalari Zamonaviy axborot texnologiyalari oz tarkibiga kompyuter texnikasini xamda dasturiy materiallarni qamrab oladi.
Multimedia qurilmalari deganda, shaxsiy kompyuterning bevosita tovush, grafika va videoaxborotlar bilan ishlaydigan qurilmalari tushuniladi. Multimedia tizimlarni tashkil etish uchun foydalanilayotgan kompyuterning hisoblash quvvatini oshirishgina etarli emas, buning uchun qoshimcha apparatlar - analogli- raqamli va raqamli-analogli ozgartirgich, videoprotsessor, dekoder, fayllarni siqish uchun maxsus integral sxemalar va boshqalar zarur boladi. Multimedia kompyuter deganda, multimedia texnologiyasini amalga oshirish uchun zarur apparat va dasturlar bilan taminlangan shaxsiy kompyuter tushuniladi.
6-rasm. SHaxsiy kompyuterning umumiy korinishi.
SHaxsiy kompyuterlar quyidagi kurilmalarni oz ichiga oladi:
sistema bloki;
monitor;
klaviatura;
sichqoncha;
tashqi qurilmalar.
Sistema bloki – odatda ikki xil yani, desktop (yassi) yoki town (minora) korinishlarida ishlab chiqariladi. Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bolib, ular quyidagilardir:
Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory - ixtiyoriy kirish mumkin bolgan xotira);
mikroprotsessor;
qurilmalarning nazoratchilari (kontrollerlar, adapterlar, elektr manbai bilan taminlash bloki);
qattik disk qurilmasi (HDD - Hard Disk driver);
faqat oqish uchun moljallangan lazer disk qurilmasi (CDROM- Compact Disk Read Only Memory) xamda lazer diskka yozish qurilmasi (CD Writer);
shinalar;
modem va boshqa qurilmalar.
Modem - «modulyasiya» va «demodulyasiya» sozlaridan olingan bolib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyasiya) va raqamli malumotlarni uzluksiz (demodulyasiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Kompyuter telefon tarmogi orqali axborot almashish maqsadida ishlatilayotganda, telefon tarmogidan olingan signalni qabul qila oluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma lozim boladi. Modemning kompyuterdan kelgan signalni telefon tarmogi ish chastotasi diapozoniga mos chastotadagi elektr signaliga aylantiradi. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani ornatishdir. U ozining kommunikatsion dasturlariga ega bolib, bu dasturlar yordamida uzoq masofalarga malumotlarni uzatish va qabul qilish mumkin. Modemning ichki va tashqi turlari bolishi mumkin.