Ikkinchi bob. Uyushgan gaplar tahlili 2.1.Uyushgan qo’shma gaplar haqida umumiy ma’lumot
Uyushiqlik umumiy bir holat bo’lib, sodda gapga ham,qo’shma gapga ham xosdir. Sodda gapda an’anaviy sintaksisga ko’ra gap bo’laklari uyushib kelsa, qo’shma gapda gap bo’laklari, qo’shma gap qismlarining o’zi, o’rni bilan, qo’shma gap uyushib keladi. Keyingi qurilmada qo’shma gapning qurilish materiali qo’shma gap bo’ladi.Uyushiqlik ikki birlik (element)dan iborat bo’ladi: a) uyushuvchi birlik (element)lar; b) uyushtiruvchi birlik (element).Uyushuvchi birliklar — sanaluvchilar. Uyushtiruvchi birliklar —sanaluvchilarni birlashtirib, markazlashtirib turuvchilar.Uyushuvchi birlik grammatikada uyushiq birlik (element), bo’lak, gap deyiladi. "Uyushiq" so’zi hozirgi zamon tilshunosligida, asosan, gap bo’laklariga nisbatan qo’llaniladi. Gaplarga nisbatan esa bu terminni (uyushiq, uyushgan) o’zbek tilshunosligida birinchi bo’lib R.Rasulov qo’llagan . Olim uyushgan gaplarning o’ziga xos xususiyatlari, tuzilishi, qo’llanilishini "Alpomish" dostoni materiali asosida tekshiradi va qiziqarli ma’lumotlar beradi.Mavjud adabiyotlarda bir semantik gpynnaga kiruvchi bo’laklarning uyushib kelishi, uyushiq bo’laklarning sanash intonastiyasi bilan aytilishi, umumiy bo’lakka ergashishi va umumiy bo’lakni ergashtirib kelishi, uyushiq bo’laklarning bir xil so’z turkumi bilan ifodalanishi, bir xiddagi so’roqka javob bo’lishi kabilar qayd etiladi. Bu qayd etilgan fikrlar to’g’ri. Lekin hamma vaqt ham, har xil joylashish (pozistiya)da ham uyushiq bo’laklarning shu yuqoridagi xususiyatlarga to’la ega bo’lishi, shu qonuniyatlardan chetga chiqishi mumkin emasligi haqidagi fikrlarga qanoat hosil qilib bo’lmaydi.Til masalalariga har bir milliy tilning o’z qonuniyatlari, har bir xalqning milliy xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashish kerak. Masalan, rus xalqi barcha jonli predmetlar uchun "kto?" so’rog’ini qo’llasa, o’zbek xalqi kishilar uchun "kim?", kishidan boshqa barcha jonli va jonsiz predmetlar uchun "nima?" so’rog’ini qo’llaydi. Shundan uyushiq bo’laklarning turli xil so’roqlarga javob bo’lishi kelib chiqadi. Bundan tashqari uyushiq bo’laklar jonli va jonsiz predmetlarni ifodalovchi turli xil otlar bilan ifodalanib keladi.
Masalan: Apiqlarda qiy-chuv bilan cho’milib, qizg’in tuproqqa ag’anagan qora-qura bolalar, o’rikzorda o’rik qoqqan qizlar, havoda zarg’aldoqning "biyov-biyov"i va traktorning guldirovi, devor orqasida tandirda pishayotgan nonning hidi,
olislarda chaylalardan, dala shiyponlaridan ko’tarilayotgan tutun ko’malari, bog’larda mevalarni qushlardan qo’riqlovchilarning shovqini — hamma narsa unga tinch hayotni va erkin mehnat nash’asini gavdalantirar edi. (Oybek) . Bu gapda ettita ega uyushib kelgan bo’lib, ularning ikkitasi
{bolalar, kizlar} "kimlar?", beshtasi (biyov-biyovi, guldirovi, hidi, tutun ko’malari, shovqini) "nimalar?" so’roqlariga javob bo’ladi. Haqiqatdan ham, bu xarakterli misollardan uyushiq bo’laklarning turli xil so’roqqa javob bo’lishi aniq ko’rinib turibdi.
Uyushiq bo’laklar, xuddi uyushmagan bo’laklarday, ot va olmoshlar, fe’l, fe’lning ravishdosh, sifatdosh, infinitiv formalari, ravish kabi so’z turkumlari bilan ifodalanadi.O’rniga qarab, ot va olmosh bilan ifodalangan bo’laklar bir uyushiqlik zanjirni tashkil etadi. Masalan, "Mamlakat , Lola,Mahfuza, Ziyoda, yana kimlar keldi" gapida "Mamlakat", "Lola", "Mahfuza", "Ziyoda", "kimdir" bo’laklari uyushiq bo’lak bo’lib,ularning oldingi to’rtgasi ot, keyingi bitgasi, yakunlovchisi olmosh bilan ifodalangan. Demak, uyushiq bo’laklar bir xil turkumdagi so’zlar bilan ifodalanadi va ular bir hil so’roqqa javob bo’ladi degan fikrlar nisbiydir, yuqorida aytganimizdek, uyushiqlik ikki elementdan iborat bo’ladi: uyushuvchi va uyushtiruvchi elementlar.
Uyushtiruvchi element bir semantik gruppani tashkil qilgan uyushiq bo’laklarni ham, boshqacha izohlasak, turli jinsli uyushiq bo’laklarni ham markazlashtirib kelaveradi. Bir misolni qiyoslab, tahlil qilib ko’raylik; Norali ikki qo’llab,
sortlarga ajratib, tez, toza va ko’p terdi. (I.Rahim). Bu misolda "terdi" uyushtiruvchi element bo’lib, "ikki qo’llab", "sortlarga ajratib", "tez", "toza", "ko’p" uyushuvchi elementlardir. Uyushuvchi elementlar ikkita semantik gruppani tashkil qiladi:
ikki qo’llab, sortlarga ajratib, tez, toza — ravish hollari;
ko’p — miqdor holi.
Mana shu turli jinslardan iborat hollar bir uyushiqlik zanjirini tashkil qiladi.
To’ldiruvchi va holning umumiy tomonlari bor: a) ikkalasi ham kesim sostaviga kiradi, ya’ni kesim bilan sintaktik aloqaga kirib, unga ergashadi; b) grammatik ko’rsatkichlari deyarli bir xil; v) ifodalanish materiali jihatidan ham yaqinligi bor. Ana shuning uchun bo’lsa kerak, to’ldiruvchi bilan hol ba’zan bir uyushiqlik zanjirini tashkil qiladi: Ashulani mana shunday joyda aytsang! Ovoziig hamma-hamma joyga, hamma odamlarga, osmonlarga. yulduzlarga etib borsin, (A.Muxtor) .
Bu misolda "etib borsin" — uyushtiruvchi element, "hamma— hamma joyga", "hamma odamlarga", "osmonlarga", "yulduzlarga" uyushuvchi elementlardir. Uyushuvchi elementlar — gapning ikki xildagi bo’laklaridir; a) hamma-hamma joyga, osmonlarga — hol; b) hamma odamlarga, yulduzlarga
to’ldiruvchi. Bundan ko’rinadiki, gap bo’laklarining ikki semantik turlarigina emas,
balki shu bilan birga, turli xil gap bo’laklari ham, o’rniga qarab, bir uyushiq zanjirlarini tashkil qilishi mumkin.
Yuqoridagilardan anglashiladiki, o’zbek tilida (o’zbek tili ananaviy sintaksisida), shuningdek, umuman, turkiy tillarda uyushiq bo’lak bir va turli jinsli bo’ladi. Uning bir jinslisi (bug’doy, arpa, tariq ekildi) rus tilidagi "odnorodnыy"ga teng keladi. Turli jinslisi, bizning bilishimizcha, rus tilida ham, turkiy tillarda ham o’rganilmagan. Shunisi aniqki, ruscha "odnorodnыy "ga nisbatan o’zbekcha
"uyushiq" so’zining ma’nosi kengdir.
Turli jinsli uyushiq bo’laklar gap bo’laklarining barchasiga xos emas. Masalan, hol bilan aniqlovchi, to’ldiruvchi bilan aniqlovchi bir uyushiqlik zanjirini tashkil qilmaydi.
Chunki, ularning semantik-grammatik tabiati shunga mos emas, jumladan, aniqlovchi otli birikmaning elementi bo’lsa, to’ldiruvchi bilan hol fe’lli birikmaning elementlaridir.Yuqorida qayd etganimizdek, uyushuvchi va uyushtiruvchi elementlar faqat sodda gap bo’laklarigagina emas, shu bilan birga qo’shma gap qismlariga ham xosdir, Buni "Uyushiq qismli qo’shma gap" nomi bilan quyida ko’rib o’tishga harakat qilamiz.