Birinchi bob. Uyushgan qo’shma gaplarni nazariy jihatdan tahlili asoslari


Masalaning qisqacha o’rganilish tarixi



Yüklə 74,45 Kb.
səhifə2/9
tarix16.12.2023
ölçüsü74,45 Kb.
#183674
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bitiruv malakaviy ishi

Masalaning qisqacha o’rganilish tarixi.


O’zbekiston tilshunoslari tomonidan qo’shma gap ancha ko’p o’rganilgan.O’zbek tilshunoslari A.G’ulomov, M.Asqarova, A.Nurmonov, N.Mahmudov,R.Sayfullaeva bu sohada katta ishlar olib borgan. Uyushgan qo’shma gaplar borasida R.Sayfullaeva ishlari diqqatiga sazovor.
Tadqiqot ob’ekti o’zbek tilidagi uyushgan to’ldiruvchi ergash gapli
konstrukstiyalarning o’ziga xos xususiyatlari.
Tadqiqot predmeti o’zbek tilidagi uyushgan to’ldiruvchi ergash gapli konstrukstiyalar.

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari:


Tadqiqotning maqsadi - o’zbek tilidagi uyushgan to’ldiruvchi ergash gapli konstrukstiyalarlarning o’ziga xos jihatlarini aniqlash.
Bu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni hal etishni nazarda tutadi.

  1. uyushgan to’ldiruvchi ergash gapli konstrukstiyalar tushunchasiga ta’rif berish;

  2. tilshunoslikda uyushish nazariyasini tahlil qilish;

  3. o’zbek tilida uyushgan to’ldiruvchi ergash gapli konstrukstiyalarni kuzatish.



Ilmiy tadqiqot natijalarini "Nazariy grammatika", "Sintaksis"kurslarini o’qishda va maktab hamda kasb-hunar kollejlarida qo’shma gap mavzusini o’tishda qo’llash mumkin.
Ilmiy ishning yo’nalishi. O’zbek tili
Tadqiqotning metodologik asosi sifatida O’zbekiston Respublikasi prezidenti I. A. Karimovning asarlari, O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risidagi", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" haqidagi qonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlari olindi. Xorijiy mashhur tilshunoslar N.D. Arutyunova, L.S.Barxudarov, A. V. Bondarko, I. I. Meshchaninov, O. Esperson, I. R. Galperin, E.V.Gulыga, E.I. Shendels, V.
G. Gak, O. I. Moskalskaya, N. I. Filicheva, N. Yu. Shvedova, M.I.Cheremisina, T. P. Lomtev va boshqalarning asarlari lingvistik metodologik asos sifatida foydalanildi.
Yurtimiz tilshunos olimlari A.Nurmonov, R.Sayfullaevalarning ilmiy ishlari malakaviy ishni yozishda muhim rol o’ynadi.

Yüklə 74,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin