Ma’lumki, qo’shma gap ikki va undan ortiq kismli bo’ladi. Ikkidan ortiq qism (komponent)li qo’shma gapni murakkab qo’shma gap deymiz. Uyushiq qismli qo’shma gaplar ana shu qo’shma gapning bir ko’rinishi hisoblanadi, Uyushiq qismli qo’shma gaplar, uyushiq bo’lakli sodda gaplardek, keng miqyosda o’rganilmagan. Shuning uchun uning o’ziga xos xususiyatlari ochilganicha yo’q. Biz ham hozir uni mukammal sharhlab bermoqchi emasmiz, chunki u maxsus tekshirishni talab etadi.
An’anaviy sintaksisimiz nuqtai nazaridan beriladigan bu tavsifimizdan asosiy maqsad an’anaviy sintaktik tahlilimizga "uyushgan gap" ("uyushiq qismli qo’shma gap") atamalari ostida tushuniladigan hodisalardan o’zimizning
"uyushgan gap" atamamizning mazmuni va bu atama bilan nomlanadigan hodisaning "uyushiq gap" (uyushiq qismli qo’shma gap)lardan shakl, qurilish, mazmun va mohiyat jihatdan tub farqlarini bo’rtgarish, "uyushgan gaplar" mohiyatan uyushiq gaplardan tamoman boshqa narsa ekanligiga tadqiqotchilar
dikqatini jalb qilishdir. Yana takror va takror aytishimiz kerakki, an’anaviy tahlildagi uyushiq gaplarni o’rganish bizning vazifamiz va maqsadimiz emas. Bizning maqsadimiz gap qurilishiga shakl-vazifa xususiyatlari asosida yondashilganda yuzaga chiqqan va biz "uyushgan gap"lar deb atagan narsaning mohiyati hamda bu mohiyat ko’rinishlarini tavsiflashdir, shu
bilan birga "uyushgan gap"larning — "uyushiq gap" (uyushiq qism)lardan qanchalik keskin va tubdan farq qilishini bo’rtshrishdir. An’anaviy sintaktik tahlil asoslari nuqtai nazaridan o’zbek tilida uyushiq gaplarning tur va ko’rinishlari ustida to’xtalish esa, an’anaviy sintaksisimizda uyushiq
gaplarni (uyushiq qismli qo’shma gaplarni) juda kam o’rganilishi bilai bog’liqdir. Bir so’z bilan aytganda, biz bu bo’limchada ananaviy sintaktik tahlildagi uyushiq gap haqidagi ta’limotni mantiqiy nihoyasiga etkazamiz va o’shandan keyingina sintaktik tahlilimiz uchun tamoman yangi narsa bo’lgan va biz — "uyushgan gap" (lar) deb nomlagan hodisalarimiz tahliliga o’tamiz. Demak, navbatdagi vazifamiz (an’anaviy sintaksisimizdagi) uyushiq gaplar haqidagi ta’limotni nihoyasiga etkazishdir.Qo’shma gapning uyushiq qismlari ham, xuddi sodda gapning uyushiq bo’laklaridek, asosan, sanash ohangi bilan aytiladi.Bunday qismlar grammatik jihatdan o’zaro teng bo’lib, o’zlari uchun umumiy bo’lgan birlikka (elementga), umumiy qism (komponent)ga ergashadi, umumiy qism (komponent)ning biror bo’lagini izohlaydi. Agar izohlanuvchi mavjud bo’lmasa, umumiy qismni butunicha izohlaydi. Uyushiq qismlari, xuddi soda gapning uyushiq bo’laklaridek, umumiy qism (komponent)ga ergashadi yoki uni ergashtirib keladi. Agar bosh gap uyushib kelsa, ular uchun ergash gap umumiy qism hisoblanadi. Agar ergash gap uyushib kelsa, ular uchun bosh gap umumiy qism sanaladi. Agar bosh va ergash gaplar bir paytda uyushib kelsa, har bir bosh gap ergash gapning hammasi uchun umumiy bo’ladi. Qo’shma gapning uyushiq komponentlari, ko’pincha, bir jinsli bo’lib, tenglanish ohangi va teng bog’lovchilar yordamida birikadi. Teng bog’lovchilar oxirgi qismlarni biriktirib bog’lasa, sanashning tugallanganligini, xulosalashni ifoda etadi. Masalan: Qirg’in qurollari yo’qotilsa, osmonimiz musaffoligi ta’minlanadi, xalqimiz osoyishtaligi va tuprog’imiz yanada farovon bo’ladi (Gazetadan). Bu gap to’rt qismli qo’shma gap bo’lib, birinchisi ergash gap, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchisi bosh gap. Bosh gapning keyingi ikkitasi "va" bog’lovchisi yordamida birikadi va bu bog’lovchi sanashning tugallanganligini ko’rsatadi.
Murakkab qo’shma gapning deyarli barcha turlari — teng qismli, ergash qismli qo’shma gapning hamma turlari (ergash gapning bosh gapga ketma-ket birikuvchi turidan tashqari)uyushib kelish xususiyatiga ega.
Sodd,a gapning uyushiq bo’laklarini, o’rni bilan, umumlashtiruvchi bo’laklar umumlashtirib, izohlab keladi.qo’shma gapning uyushiq qismlarini esa umumlashtiruvchi gap (umumlashtiruvchi qism)lar umumlashtirib keladi. Bu umumlashtiruvchi gaplar umumlashtirish bilan birga, xulosalash, yakunlash mazmunini ham ifoda etadi. Yana shuni ham qayd qilish kerakki, sodda gapning uyushiq bo’laklarini faqat umumlashtiruvchy bo’laklar umumlashtirib keladi. qo’shma gapning uyushiq qismlarini esa umumlashtiruvchi gap bilan bir qatorda,
umumlashtiruvchi bo’lak ham umumlashtirib keladi. Jumladan, "...o’zi kim, turmushi qanday, ota- onasi bormi, xotini qanday xotin — bularning hammasini juda so’rab bilgisi keldi-yu, so’ramadi" (A.Muxtor) gapida shunday holatni ko’ramiz. Bu misolda "o’zi kim", "turmushi qanday", "ota-onasi bormi",
"xotini qanday xotin" degan to’rtta gap uyushiqlik zanjirini tashkil qiladi. Bu uyushiq gaplarni umumlashtiruvchi gap emas, balki umumlashtiruvchi bo’lak (bularning hammasini) umumlashtirib keladi.
Uyushuvchi va umumlashtiruvchi elementlarning bitta qurilma ichida bo’lishi shart emas. Jumladan, yuqoridagi misolni ikkita gap shakliga keltirsak ham, umumlashtiruvchi bo’lak umumlashtiruvchi bo’lakligicha qolaveradi: ... o’zi kim,
turmushi qanday, ota-onasi bormi, xotini qanday xotin? Bularning hammasini juda so’rab bilgisi keldi-yu, so’ramadi kabi. Qo’shma gapning qismlari uyushib kelganidek, qo’shma gapning o’zi z^am uyushib keladi. Bunday vaqtda qo’shma gap, qo’shma gapning qurilish materiali bo’ladi. Ko’pincha, bir ergash, bir bosh gapdan iborat bo’lgan qo’shma gaplar birdan ortiq bo’lib, uyushib keladi va qo’shma gapning qurilish materiali hisoblanadi. Bu xil qurilma (konstrukstiya)larda shartli holda "ichki qo’shma gap", "tashqi qo’shma gap" atamalarini qo’llash mumkin.
"Ichki qo’shma gap" deganda qo’shma gapning qurilish materiali bo’lgan qo’shma gap tushunilsa, "tashqi qo’shma gap" deganda shu qurilish materiallaridan hosil bo’lgan qo’shma gap tushuniladi.
Mana shu ikki xil qurilmadan tashkil topgan
qo’shma gaplarni shartli holda uyushiq qo’shma gaplar deymiz. Uyushiq qo’shma gaplarda, asosan, ikki holatni ko’rish mumkin: a) qo’shma gapning qurilish materiali bo’lgan qismlar, ya’ni nomustaqil sodda gaplar (predikativ bo’laklar) uyushib keladi; b) qo’shma gap qo’shma gapning qurilish materiali bo’lib, uyushib keladi. Misollarga murojaat qilaylik: 1. Ko’saklar terib olinib, g’o’zapoya yulinsa, erlar bir tekis shudgor qilinsa, yangi molxona ishga tushirilsa, umumaya, mo’ljaldagi ishlar bajarilsa, dam olish hastida o’ylash mumkin.
2. Kunlar og’di kelmading, Quyosh botdi, kelmading,
Tun qora chodirin boshga yopdi, kelmading. (qo’shiqdan)
Birinchi qo’shma gap, bizning tahlilimizga ko’ra, besh qismdan iborat:
a) ko’saklar terib olinib, g’o’zapoya yulinsa, b) erlar bir tekis shudgor qilinsa;
v) yangi molxona ishga tushirilsa-,
g) umuman, mo’ljaldagi ishlar bajarilsa-,
d) dam olish hastida o’ylash mumkin.
Shu besh qismning oldingi uchtasi uyushiq qismlar bo’lib, to’rtinchi qism orqali umumlashtiriladi. Keyingi — beshinchi qism esa etakchi (bosh) qism bo’lib, umumlashtiruvchi qism, tomonidan izohlanadi. To’rtinchi qism sanash ohangi jihatdan odatdagi uch qism qatoriga, kirsa ham, uyushiqlik zanjiriga ilinmaydi. Agar shu to’rtinchi qismni kengaytirib, — "mo’ljaldagi boshqa ishlar ham bajarilsa" desak, bu qism ham uyushiqlik zanjirining bir elementi hisoblanadi.
Ikkinchi misol [Kunlar og’di, kelmading, quyosh botdi,
kelmading, Tun qora chodirin boshga yopdi, kelmading) oltita predikativ birlikdan iborat bo’lib, uchta juftlikni tashkil qiladi. Har bir juftlik, ya’ni ichki qo’shma gaplar uyushib kelib, tashqi qo’shma gapni hosil qiladi.
Yuqoridagi tahlildan biz xulosa qilib quyidagilarni ayta olamiz:
Uyushiq gap faqat murakkab qo’shma gaplar tarkibidagina bo’ladi.
Uyushiq gaplar mohiyatan qo’shma gapning tarkibiy qismlaridan birining yoki har ikkalasining uyushib (mazmun va vazifa jihatidan bir xil bo’lib) kelishidir. Boshqacha qilib aytganda, uyushiq gaplar deganda bir bosh gapga bo’ysundirilgan ikki va undan ortiq bir tppdagi ergash gaplar, bir yoki bir kecha bir xil tipdagi ergash gaplar bo’ysungan ikki va undan ortiq bir gapdagi bosh gaplar tushuniladi.
Uyushiq gaplar qurilishiga ko’ra sodda va qo’shma gap bo’lishi mumkin.
Uyushiq gaplar haqidagi an’anaviy ta’limotni nihoyasiga etkazgach, biz gap qurilishiga shakl-vazifa jihatidan yondashilganda ajratilgan uyushgan gaplar tahliliga o’tamiz.
Dastlab "uyushgan gap nima va u uyushiq gaplardan nima bilan farq qiladi?" "O’zbek tili sintaksisida hozirgacha ajratilmagan uyushgan gaplarni ajratishga qanday zarurat bor?"qabilidagi savollarga javob berish lozim
Buni misol asosida ko’rib chiqamiz. Masalan, Ukasi rasm chizar edi; singlisi televizor ko’rar edi ) misoli: ikki ega (ukasi, singlisi), ikki kesim (chizar edi, ko’rar edi) dan iborat, kesim tarkibidagi ko’rsatkichlardan biri edi to’liqsiz fe’li ikki marta qo’llangan
Ko’rinib turibdiki, bunday gaplarda bitta shakllangan kesim, bir necha va har xil ega hamda boshqa bo’laklar qo’llangan bo’ladi. Endi uyushiq qismli qo’shma gaplarni uyushgan gaplar bilan qiyoslab chiqamiz. Biz talqin etayotgan uyushgan gaplarni rus va o’zbek tilshunosligida ishlatilnb kelayotgan "uyushiq qism (komponent)li qo’shma gaplar"dan farqlash lozim. Yuqorida ayttanimizdek, uyushiq gaplar deganda bir bosh gapga tobe bo’lib kelgan ikki va undan ortaq bir tipli ergash gaplar tushuniladi .
Masalan,
Hamma biladiki, otam quruvchi, onam zavoda ishlaydi gapi uch qismdan iborat bo’lib, uning birinchi qismi bosh gap.
Mana shy bosh gapga (:hamma biladi) ikkita to’ldiruvchi ergash gap — Otam kuruvchi, onam zavodda ishlaydi — birikib keladi. Bu qurilma qolipini quyidagicha berish mumkin:
Qurilmaning yuqorida keltirilgan qolipidan ko’rinib turibdiki, bunday gaplar qolipli uyushgan gaplardan tubdan farqlanadi. Bu farqlardan eng asosiysi shundaki, uyushiq gaplar faqat qo’shma gap tarkibidagina bo’la oladi. Uyushgan gaplar esa sodda va qo’shma gaplar oralig’ida turadi va o’zbek nutqi sintaksisida gaplarning qurilishiga ko’ra alohida bir xili (turi)ni tashkil etadi, an’anaviy sintaksisdagi uyushiq gaplar bilan aloqasi va o’xshashligi yo’q. Shuning uchun an’anaviy sintaksisda
gaplar qurilishiga ko’ra "sodda gaplar" va "qo’shma gaplar" kabi ikki bosh turga ajratilsa, shakl vazifa jihatdan yondashilganda ular uch asosiy turga ajratiladi:
sodda gaplar — bitta shakllangan kesimga ega bo’lgan gaplar;
uyushgan gaplar (ikki va undan ortiq egaga, har bir egaga aloqador bo’laklarga (so’zlarga) ega bo’lib, bitta kesimning ko’rsatkichlari bilan shakllangan gaplar);
qo’shma gaplar — ikki va undan ortiq shakllangan kesimga ega bo’lgan gaplar.
Sodda va qo’shma gaplar qurilishini belgilashda asosiy omil gapda nechta shakllangan kesimning bo’lishidir. Egalarning miqdori, bor-yo’qligi, bir xil yoki har xilligining ahamiyati yo’q. Uyushgan gaplarni ajratishda esa bosh omil ikkitadir:
bitta shakllangan kesimning mavjudligi;
ikki va undan ortiq uyushmagan eganing mavjudligi.
Mana shu xususiyatlari bilan uyushgan gaplar uyushiq egali sodda gaplardan (egalar uyushgan bo’lib bitta shakllangan kesim mavjud Rahima, Karima, Salima bordilar), uyushiq kesimli sodda gaplardai (kesimning lug’aviy qismi ikkita va undan ortik, kesimlikni shakllantiruvchi vositalar bitta, ega bor yoki yo’q, uyushgan yoki uyushmagan.
Bu kabi gaplar qurilishining kichik qolipi Uyushiq kesimli sodda gaplar masalasi alohida tadqiqotni talab qiladi.Uyushgan gaplarda ega, albatta, ikki va undan ko’p bo’ladi, lekin bu ega uyushmagan holatda qo’llanadi. Xuddi shuningdek kesimning [W] qismi ikki va undan ko’p, [Pm] esa bittagina bo’ladi. Shunda uyushgan gaplarning eng kichik kurilish qolipi qo’llaniladi.Endi bu hosilalarning uyushiq qismli qo’shma gaplar va uyushiq qesimli sodda gaplar bilan munosabatini ko’rib chiqamiz. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, ikki va undan ortiqlarning birikuvi qo’shma gapni hosil qiladi. An’anaviy grammatikada mazmun va grammatik jihatdan bir-biriga bog’liq qismlardan tashkil topgan gaplar qo’shma gaplar deyiladi. Qo’shma gap sodda gapdan ham tuzilishi, ham kurilish materiali bilan farq qiladi. Agar sodda gap bir
konstruktiv markazdan iborat bo’lsa, qo’shma gapda bir-biriga bog’langan bir necha konstruktiv markaz mavjuddir. Sodda gap bir predikativ markaz, qo’shma gap esa bir necha predikativ markazdan tuzilgan bo’ladi. Akam vrach bo’lib ishlaydi, singlim esa o’qituvchi bo’lib ishlaydi gapida ikkita qism, ikkita predikativ markaz bor, kesim takror holda qo’llangan.
Sintaktik iqtisod nuqtai nazaridan yondashilsa, birinchi kesimni tushirib qoldirilsa ham bo’ladi va bu gapni Akam vrach, singlim esa o’qituvchi bo’lib ishlaydi tarzida keltirish mumkin.
Masalan,
Men hayron qoldim: do’kondorlarning ba’zilari kitob o’qib ba’zilari tasbeh o’girib, boshqa birlari esnab o’tirishardi (Yo.Shukurov). An’anaviy grammatikada bu tipdagi gaplar qo’shma gaplar qatoriga kiritilib, birinchi qism bosh gap, keyingilari to’ldiruvchi ergash gaplar deb qaraladi (qisman sabab mazmuni bor). Formal-funkstional tadqiqot "Tezislari" mualliflarining fikricha, qo’shma
gapning minimal modeli qurilishiga ega. Bu turkiy tillar, jumladan, o’zbek tilining ichki agglyutinativ tuzilishi (strukturasi)dan kelib chiqadigan holdir.
Do’kondorlarning ba’zilari kitob o’qib, ba’zilari tasbeh o’girib, boshqa birlari esnab o’tirishardi gapi uchta qismdan tashkil topgan, bularning har biri o’z navbatida [S] va [W] larga hamda hammasi uchun umumiy bo’lgan [Pm] birligiga ega.
Demak, bu hosila [{(Sj-Wi), (S2 —W2), (S3 —Wa^Pm] tuzilishiga ega bo’lib yana bir umumiy birlikka ham ega. Bu umumiy birlik uyushiq bo’lakli gaplarda qo’llanadigan umumlashtiruvchi so’z vazifasini bajarib kelmoqda. Buni biz gapning shaklini o’zgartirganimizda yaqqol sezamiz; Do’kondorlarning ba’zilari kitob o’qib, ba’zilari tasbeh o’girib, boshqa birlari esnab o’tirishlarini ko’rib hayron qoldim. Bir predikativ markazga ega bo’lgan bu birlik sodda gapdir. "Men hayron qoldim" birligining umumlashtirish, jamlab ko’rsatish xususiyatlarini hisobga olib, shartli ravishda umumlashtiruvchi gap deb atadik. Bu [Um.g.; {[(Si-Wi), (S2-W2), (5z-Shz)}Rt] tuzilishli gap bo’lib, uyushiq bo’lakli sodda gaplarga va qo’shma gaplarga, yuqorida ko’rib o’tganimizdek, ham o’xshash, ham farqli tomonlari bor. Shunday ekan, {[(S, —Wj), (S2—W2)}Pm] tuzilishli hosilalarni nima deb atash va qaysi kategoriya ichida o’rganish mumkin? Yana shunisi qiziqki, kesimlikni shakllantiruvchi birlikning o’zi har xil, turli shaklda bo’ladi, Quyida biz ularning ayrim paradigmalarini beramiz:
[(Uning qo’llari ishda), (ko’zi shudgorda), (ammo xayoli Zebixonda)]edi//ekan// emish (S.Ahmad)
[(Uning ko’llari ishda, (ko’zi shudgorda), (ammo xayoli Zebixonda)]bo’ladi// bo’lar //bo’lgan va h.
[(Uning qo’llari ishda), (ko’zi shudgorda), (ammo xayoli Zebixonda)] yoki
[(Otam rais), (onam brigadir)].
Keyingi gapda kesimlikni shakllantiruvchi birlik yo’q, nol ko’rsatkichga ega, lekin u har doim ko’llanishi va har xil formada bo’lishi mumkin: ( otam rais), (onam brigadir)— dir//edi bo’ladi va boshqalar. Ko’rinib turibdiki, bunday birliklarning kesimlikni shakllantiruvchi birligi bo’lmasa ham, qo’llanishi g’ayri tabiiy hol emas. Ammo ayrim o’rinlarda [Pm] ni qo’llamaslik gapning semantikasiga ta’sir qiladi.
Chunonchi, chakkasi tirishib, ko’zi qizarib ketibdi gapining qismida chakkasi — ega, tirishib— kesimning leksik ma’no tashuvchi qismi [W], ikkinchi qismda ko’zi — ega [S], qizarib —[W], ketibdi — kesim tarkibidagi o’z ma’nosini yo’qotib, yordamchi element vazifasini bajaruvchi fe’l. Bu gapdagi kesimlikning shakllantiruvchi elementni "qavsdan tashqari"ga chiqarishimie mumkin:
{(chakkasi tirishib), (ko’zi qizarib)} ketibdi. Bu gapni ikki mustaqil qismga ham bo’lsa bo’ladi; Chakkasi tirishib ketibdi. Ko’zi qizarib ketibdi. Biroq har ikki qismning kesimini shakllantirish uchun xizmat qiluvchi "ketibdi" birligi u yoki bu sabablarga ko’ra qo’llanmasa, kesimgina emas,
balki gap ham shakllanmay qoladi; chakkasi tirishib, ko’zi qizarib — Agar fe’lning ravishdosh formasi har ikkala o’rinda tuslanuvchi fe’l bilan almashtirilsa, unda bu birlik qo’shma gap bo’ladi: Chakkaci tirishdi, ko’zi qizardi.
Ayrim hollarda esa kesimlikni shakllantiruvchi birlik nol ko’rsatkichga ega bo’ladi. Chunonchi, U baroqqosh, ko’zi chaqchaygan, afti ishshaygan (H.Nazir) gapida bu birlik bo’lmasa ham, nol ko’rsatkichga ega bo’lsa ham, gapning mazmuni (semantikasi) va tuzilishi (strukturasi)ga ta’sir qilmagan.
Demak, kesimni shakllantiruvchi birlik ham turli shakllarda bo’lishi, ham nol ko’rsatkichga ega bo’lish mumkin. Yuqorida aytib o’tilgan xususiyatlarga ega bo’lgan {[(S,-Wj), (S2 —W2)}Pm] tuzilishli hosilalarni biz uyushgan gaplar deb atadik. Uyushgan gaplar bir jihatdan sodda gaplarga, boshqa jihatdan qo’shma gaplarga o’xshaydi. Ularning sodda gaplarga o’xshash tomonlari shundan iboratki, uyushgan gaplarda kesimdagi shakllantiruvchi birlik [Pm] sodda gaplarda bo’lgani kabi, bitta, ularning qo’shma gaplarga o’xshash tomoni shundaki, uyushgan gaplar tarkibi (sostavi)da ikki va undan ortiq ega va har bir eganing o’z [W] (ya’ni kesimning leksik qismi bor), lekin kesimlarni shakllantiruvchi [Pm] umumiydir". Shuning uchun uyushgan gaplarni bir ega kesimli (ya’ni, S — WPm strukturali), uyushgan egali (ya’ni Si —S2 ...—WPm), uyushgan kesimli [S —(Wj, W2, W3
...Wn)Pm] tuzilishi sodda gaplardan ham, ikki va undan ortiq predikativ markazli (yani WPmRWPm strukturali) qo’shma gaplardan farqlash lozim, chunki uyushgan gaplar {[(Si-Wi), (S2—W2)}Pm] tuzilishiga ega. Uyushgan gaplar; sodda va qo’shma gap ierarxiyasida, prof. H.G’.Ne’matov aytganidek,"oraliq uchinchi" (vklyuchennoe trete) mavqeiga ega ,ya’ni unda sodda va qo’shma gaplarning qarama-qarshi qo’yilish belgilari ma’lum ma’noda neytrallanib, dialektik birlikda yuzaga chiqadi.
Formal-funkstional yondashuvda kesim hamisha murakkab tuzilishga ega bo’lib, u lug’aviy ma’noni o’zida tashuvchi qismidan, uning kengaytiruvchilaridan, kengaytiruvchilarining kengaytiruvchilaridan (bularning barchasini ixchamlash uchun biz [W] ishorasi bilan ifodalagan edik) va kesimlik kategoriyasining ma’no va vazifalarini bu [W] ga kirituvchi vositalardan iboratdir, Chunonchi: Uch-to’rtta katta-kichik bolalar ko’chada baroq it bilan o’ynashardi sodda gapi ikki tarkibga- [S] tarkibiga (ya’ni ega tarkibiga) va - [WPm] tarkibiga (yoki kesim tarkibiga) ajratiladi:
[S] tarkibi — uch-to’rtta katta-kichik bolalar; bunda markaz — "bolalar", "uch-to’rtta" va "katta- kichik" aniqlovchilari esa bu markazning qurshovi, kengaytiruvchilaridir;
[WPm] tarkibi —ko’chada baroq it bilan o’ynashardi
Tekshirish natijasi ko’rsatdiki, [Pm] vazafasidagi "ekan" to’liqsiz fe’lining qo’llanishi ham "edi", to’liqsiz fe’ddagidek juda xilma — xildir, Ayniqsa, quyidagi hollar ko’proq uchraydi;
1. {(S,-Wi) (S2, S3-W2)}Pm
2. {(Si-(Wi ,W2,)] [S2-(W3, W4)]}Pm
3. {(Si-W,), (S2-W2, W3)}Pm
4. {(S,-W,), (S2-W2)}Pm
5. {(S,-Wi), (S2-W2)}Pm
6. {(Si-Wi), (S2-W2)]Pm, [(S3-W3 ,W4,), (S4-W5]Pm
Traktor ep haydar, traktor chigit ekar ekan, traktor chopiq qilar, paxta terar. traktor g’o’zapoya yular ekan. (AQahhor) Bu qurilma murakkab bo’lib, ikkita uyushgan gapi o’z ichiga olgan va bunday juftliklarning cheki bo’lmasligi ham mumkin.
Yuqorida keltirilgai oltinchi banddagi qolip (model) da ma’lum bir payttacha, ma’lum bir etapgacha bo’lgan voqealarni ta’kidlaydi. Shu voqealardan keyingi, bir-biriga yaqin bo’lgan voqealar esa umumlashtiriladi, birlashtiriladi , uyushtiriladi. Keltirilgan boshqa modellarda ham yozuvchi yoki so’zlovchining qandaydir niyatlari, voqelik aks ettiriladi, albatta. "Ekan" bobida bunday misollar tahlilini uzoq davom ettirsa bo’ladi.
Biz yuqorida [Rt]= edi bilan bir butunlik hosil qilgan [W] ning turli xil grammatik shakllarini ko’rsatgan edik. [Pm] — ekan bilan bir butunlik hosil qilgan [W] ning ham grammatik ko’rsatkichlari ko’p. Shuni aytish kerakki, tarkibida [Pm] edi bo’lgan [W] ning grammatik ko’rsatkichlari bilan tarkibida [Pm] — ekan bo’lgan [W] ning grammatik ko’rsatkichlari, asosan, bir xil.
Tarkibida ekan [Pm] mavjud bo’lgan [W] ifodalanish materiallarining xarakterli ko’rinishlari quyidagicha:
(Sayyora ham birinchi, o’sha ham birinchi ekan.) ("Mushtum").
[Pm] ekan to’liqsiz fe’li shaklida bo’lganda yana bir qancha qiziqarli hollarni uchratish mumkin. Yuqorida aytganimizdek, kesim tarkibida keluvchi ko’rsatkichlarning ko’rinishlari juda ko’p va xilma —xil:
[... Wv+Pm= — gan, ... W2+Pni = — gan ekan;
Matkarim bo’qoq haqiqatdan bolaligida otasi bilan hajga borgan, lekin otasi kambag’al bo’lgani uchun, ikkovini ham xech kim hoji demas ekan. (A Qahhor);
[... Wi= ot, ... W2 = ot] bo’lgan ekan (Bular Mirzacho’lga ko’chib kelishganda ham Qalandarov Voroshilov kolxozida brigadir, Xuriniso ipakchilik evenosining boshlig’i bo’lgan ekan.)(AQahhor) Bu misolda har ikkala qism kesimlari ot bilan ifodalangan bo’lib, ikkinchi qism kesimi murakkab shaklda.