* Differensial tenglama * Differensial tenglama tartibi * Differensial tenglama yechimi * Boshlang‘ich shart * Koshi masalasi * Koshi teoremasi * Umumiy yechim * Umumiy integral * Xususiy yechim * Eng sodda I tartibli differensial tenglama * O‘zgaruvchilari ajralgan tenglama * O‘zgaruvchilari ajraladigan tenglama * Bir jinsli I tartibli tenglama * To‘liq differensialli tenglama * I tartibli chiziqli differensial tenglama * I tartibli chiziqli bir jinsli differensial tenglama
* I tartibli bir jinsli bo‘lmagan chiziqli differensial tenglama * Bernulli usuli
*Bernulli tenglamasi.
Takrorlash uchun savollar
Differensial tenglama qanday ta’riflanadi?
Differensial tenglamaning tartibi deb nimaga aytiladi?
Differensial tenglamaning yechimi nima?
Differensial tenglamani integrallash deyilganda nima tushuniladi?
Differensial tenglamani integrali nima?
I tartibli differensial tenglama umumiy holda qanday ko‘rinishda yoziladi?
I tartibli differensial tenglama uchun Koshi masalasi qanday ifodalanadi?
Koshi teoremasida nima tasdiqlanadi?
I tartibli differensial tenglamaning umumiy yechimi nima?
I tartibli differensial tenglamaning umumiy integrali nima?
I tartibli differensial tenglamaning xususiy yechimi qanday aniqlanadi?
Eng sodda I tartibli differensial tenglama qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zgaruvchilari ajralgan tenglama nima va u qanday integrallanadi?
O‘zgaruvchilari ajraladigan tenglama qanday yechiladi?
Qaysi shartda ikki o‘zgaruvchili funksiya bir jinsli deyiladi?
Bir jinsli I tartibli differensial tenglama qanday integrallanadi?
Qaysi shartda differensial tenglama to‘liq differensialli deb ataladi?
I tartibli chiziqli differensial tenglama qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
I tartibli chiziqli differensial tenglama qanday integrallanadi?
Bernulli tenglamasi qanday usulda integrallanadi?
I tartibli differensial tenglamalarning iqtisodiyot masalalarini yechishdagi tatbiqlariga misollar keltiring.