12.2-mavzu. Mehnat bozoriga kasaba uyushmalarining ta’siri.
Bu kasaba uyushmalarining mehnat bozorida ish haqini oshirish uchun kurashining ziddiyatli oqibatlari mavjudligidan dalolat beradi. Ya’ni ish haqining muttasil oshirib borilishi ishsizlik darajasining ham ortishiga olib keladi. Shu bilan birga kasaba uyushmalari mehnat bozorida mutlaq hukmron emasliklarini, ularga qudratli ish beruvchilar qarshi turishini ham hisobga olish kerak. Mehnat bozoridagi bu ikki raqobatchining o ‘zaro kelishuvi о 'za.ro yoki ikki tomonlama monopoliya nomini olgan. Ushbu holatni tasvirlash uchun yuqorida keltirilgan kasaba uyushmalari tomonidan mehnatga talabni rag‘batlantirish modeli (3.13-rasm) bilan kasaba uyushmalari tomonidan ish haqiga bevosita ta’sir ko‘rsatish modelini (3.15- rasm) birlashtirish talab qilinadi. Buning natijasi 3.16-rasmda o ‘z ifodasini topgan. 3.16-rasmda tasvirlanganidek, monopsonchi korxona ish haqini WM, ka saba uyushmalari esa WTU darajasi da o‘matishni talab qiladi. Bu tortishuvning yakuni esa mehnat bozoriga kimning ta’siri kuchliligiga bog‘liq boladi. Ammo amaliyotda, odatda, ish haqi stavkasi ikki tomon talabining o ‘rtasida o‘matiladi. Har ikki tomonning kurashishi natijasida mehnat bozoridagi muvozanat yuqorida keltirilgan mukammal raqobatli bozor holatiga yaqinlashadi. Bu esa mehnat bozorida ham yollanma xodimlar, ham ish beruvchilaming manfaatlari hisobga olinganligini ko‘rsatadi. tomonlama m onopoliya modeli 120