Bitiruv malakaviy ishi


Kichik maktab yoshida bilim olish va bahoga intilish motivlarining o‘zaro



Yüklə 72,34 Kb.
səhifə21/30
tarix13.10.2022
ölçüsü72,34 Kb.
#65086
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
pedagogika va psixologiya kafedrasi

Kichik maktab yoshida bilim olish va bahoga intilish motivlarining o‘zaro


munosabati.
Bizning fikrimizcha, o‘quv faoliyatidagi motivlarni o‘rganishda shaxsga oid treninglar asosida ishlab chiqilgan guruhiy trening metodidan foydalanish yuqori darajadagi samarani beradi.
TRENING - (trening) - inglizcha so‘z bo‘lib, «amaliy ta’lim», «maxsus mashqlar rejimi» degan ma’noni anglatadi. Oqitish faoliyatidagi motivlar
bu o‘quvchiga bilimni tushunarli qilib yetkazib berish jarayonida o‘quvchining bilimga nisbatan munosabatlarini uyg‘otishga xizmat qiladigan psixik jarayonlardir.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘qish faoliyatidagi motivlarni shakllantirish maqsadida biz psixologik trening toifasidagi o‘zaro bog‘liq psixologik mashg‘ulotlar tizimini ishlab chiqdik.
Biz ishlab chiqqan o‘qish faoliyatidagi motivlarni rivojlantirish mashg‘ulotlariga J.Bruner, G.Xekxauzen, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, V.G.Aseev, A.K.Markova kabi psixologlarning g‘oyalari asos qilib olindi. Shakllantiruvchi psixologik mashqlarni tanlab olishimizdan asosiy maqsad: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning tashqi ta’sirlarga beriluvchanligi, psixik xususiyatlarning o‘zgaruvchanligi, shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarining shakllanish davrini hisobga olgan holda o‘qish jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirishdir.
Psixologik mashqlarni qo‘llashdan asosiy maqsad: bolalarda qanday xususiyat shakllanganligidan qa’tiy nazar ularning diqqatini bir joyga to‘plab, berilayotgan predmetga qiziqtirib, bilim olishni, o‘qishga intilishni, o‘yin orqali o‘qishni, ijobiy motivlarni shakllantirishdir.
Psixologik o‘yinlarni tanlashda shakllantiruvchi eksperiment dasturini tuzishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqilgan (1- sinf uchun alohida dastur, 3-sinflar uchun alohida dastur).
O‘quv motivlarini shakllantirish uchun boshlang‘ich sinflarda qo‘yidagi o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
Diqqat faolligini oshirish va taqsimlashni rivojlantirish maqsadida: «Chapakni eshit», «Tovushlarni eshit», «Alfavit xarflar», «To‘rt she’r», «Eshit va bajar», «Se‘rli so‘z» o‘yinlari va h.k.
O‘quv jarayonida tafakkur va idrokni rivojlantirish uchun: «O‘yinchoqni aniqlash», «Jumla tuz» o‘yinlari va h.k.
Tafakkur va nutqni rivojlantirish uchun: «qarama-qarshiliklar», «Topishmoq sur’at», «Topishmoqni o‘ylab top», «Qayerda bo‘ldik, nimalarni ko‘rdik» o‘yinlari va h.k.
Oquvchilardagi maktab oldidagi qurquvni yo‘qotish uchun: «Ajdarho bilan jang»,
«Qorong‘ulik», «Qo‘rquvingni chizib ber», «Ajdar o‘z dumini tishlaydi» o‘yinlari va h.k.
O‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi qo‘zgaluvchanligini susaytirish uchun:
«Kim ortidan kim» o‘yinlari va h.k.
O‘uvchilarda o‘quv jarayonida o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, mustaqillik va erkinlikni rivojlantirish maqsadida: «Zerikib, zerikib shunday o‘tir»,
«To‘xtab yoki qotib qol», «Ikki xurozcha urishib qolishadi», «Igna va ip»,
«Ta’qiqlangan raqam», «To‘xta», «Ta’qiqlangan harakat», «Koptok o‘ynash» o‘yinlari va h.k.
3-sinflarning o‘quv motivlarini shakllantiruvchi namunaviy dastur qo‘yidagicha tuzilsa maqsadga muvofiqdir:
O‘QUV faoliyatida assotsiativ tafakkurni rivojlantirish uchun: «Aniqlash» o‘yinlari va h.k.
Analiz, sintez va klassifikatsiyalash jarayonini rivojlantirish uchun: «Juft rasmlar», «Ortiqcha o‘yinchoq» o‘yinlari va h.k.
O‘quvchilarda ko‘zatuvchanlikni rivojlantirish uchun: «Mana shunday tur», «Soya», «Oyna», «Rassom», «Kim nima qildi», «Razvedkami» o‘yinlari va h.k. O‘uvchilarning o‘quv faoliyatida qobiliyatlarini mustahkamlash uchun:
«Harakatlarni eslab qol», «O‘ylash», o‘yinlari va h.k.
O‘quvchilarni o‘quv jarayonida xotiralarini rivojlantirish maqsadida:
«Holatingni eslab qol», «O‘z joyingni eslab qol», «Buzilgan telefon» o‘yinlari va h.k.
O‘quv motivlarini shakllantirish maqsadida qo‘shimcha ravishda qo‘yidagi psixologik o‘yinlarni tavsiya qilish mumkin: tafakkur va nutqni rivojlantirish maqsadida «Topib ko‘rchi» o‘yinidan, maktab oldidagi qurquvni yuqotish maqsadida
«Ajdarxo bilan jang» o‘yinidan, o‘quv jarayonida o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirish maqsadida “Boyo‘g‘li” o‘yinidan, o‘quv jarayoniga e’tiborlilikni rivojlantirish maqsadida «Komandani eshit» o‘yinidan, o‘quv jarayoniga diqqatni jamlash maqsadida “Diqqatingizni jamlang” o‘yinidan, o‘quv jarayonida o‘zini erkin tutishni va qobiliyatni bir joyga jamlashni rivojlantirish maqsadida, “Sayohat” o‘yinidan, o‘quv jarayonida diqqatni bir joyga jamlagan holda o‘zini erkin tutishni rivojlantirish maqsadida “Qiziquvchan” o‘yinidan, o‘quv jarayonida zehn, kuzatuvchanlik va mazmunli xotirani rivojlantirish maqsadida «Narsalarni hisoblash» o‘yinidan, Maktab oldidagi qurquvdan xalos etib, maktabga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida «Maktab» o‘yinidan, diqqatni kuchaytirish orqali o‘quv faoliyatini rivojlantirish maqsadida «Yozuv mashinkasi» kabi o‘yinlar. O‘yinlarning to‘liq matni ilovada keltirilgan.
Bahoning o‘quvchi shaxsiga bo‘ladigan ta’sirining jiddiy psixologik tahlili 1935 yili B.G.Ananevning «Pedagogik bahoning psixologiyasi» asarida berilgan. B.G.Ananev fikriga ko‘ra, baho o‘quv faoliyatidagi ish jarayoniga ham, o‘quvchilararo munosabatlarga ham, pedagog va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarga ham, o‘quv motivlariga ham ulkan ta’sir o‘tkazadi. U baho o‘quvchining o‘z bilimlarining ahvolidan xabardor qiladi deb hisoblaydi .
V.A.Palmirin- (1950) rag‘bat va tanbehlarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tadqiq etgan. Uning xulosalariga ko‘ra, vazifalarni oson bajarayotgan o‘quvchilarni tez-tez rag‘batlantirib turilsa ular anchagina beg‘am bo‘lib qolishar ekan. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim samarasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari rag‘bat va tanbehlarning samarasi ko‘p jihdtdan bolaning asab tizimi bilan bog‘lik ekan.
E.Sh.Sapojnikova (1953) tadqiqotida esa bahoning bolaga bo‘lgan ta’sir kuchi nafaqat bahoning o‘zi bilan, balki uni qanday taqdim etilishi bilan ham belgilanishi mumkinligini ko‘rsatgan.
Bizning pedagogik-psixologik eksperimentimizdan keyingi bilim olish va bahoga intilish motivlari o‘rtasidagi munosabatlar esa qo‘yidagilar.
Sinaluvchilarning «Bilim olishga intilish» metodikasi buyicha tajribagacha va tajribadan keyingi olingan natijalari.
Maktablarda o‘quvchilarining bilim olish motivlari holati. Eksperimental guruhda statistik jihatdan ahamiyatli o‘zgarishlar ro‘y bergani ko‘rinib turibdi.
Bunday ahamiyatli siljishlar qishloq maktablari o‘quvchilarining nazorat guruhida ko‘zatilmaydi.
Ular o‘rtasidagi nisbiy, foizlardagi qiyos quyidagicha: eksperimental guruhda bilim olish motivi past bo‘lganlar 5%, o‘rtacha- 28% va yuqori - 67%ni tashkil qilsa, nazorat guruhda: bilim olish motivi past bo‘lganlar 35%, o‘rtacha- 55% va yuqorisi - 10% ni tashkil qildi.
Mazkur holat pedagogik-psixologik eksperiment bilim olish motivlariga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatganligini isbotlamoqda.
Ekspremental guruhda ststistik jihatdan ahamiyatli o‘zgarishlar ro‘y bergani ko‘rinib turibdi: Bunday ahamiyatli siljishlar qishloq maktablari o‘quvchilarining nazorat guruhida ko‘zatilmaydi: Ular o‘rtasidagi nisbiy o‘lchamdagi qiyos qo‘yidagicha: Ekspremental guruhda baho intilish motivi past bo‘lganlar 23 foiz, o‘rtacha 57 foiz va yuqorisi 58 foizni tashkil qildi. Ta’kidlsh kerakki, o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan vazifalar o‘z yechimini topayotganini pedagogik-psixologik eksprimentning pirovard natijalari isbotlab turibdi. Ya’ni ishlab chiqqan dastur bolalarning bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘yg‘otib mazkur ehtiyojlarni tashqi omillar bilan bog‘lamay, ichki ruhiy-ma’naviy zaruriyat darajasigacha olib chiqa olganligidan dalolat beradi. To‘g‘ri tashkil qilingan o‘quv jarayoni – kichik maktab yoshidagi o‘quvchining bilimga bo’lgan motivlarini tarkib topishining asosiy shartidir. Ushbu motiv o‘zlashtirish bilan bevosita bog‘liq. Umuman o‘qish ishtiyoqi, muvaffaqiyatga erishish bolaning o‘qituvchiga bo’lgan ijobiy munosabati bilan belgilanadi
Amerikalik psixologlar o‘quvchilar o’quv faoliyati natijalariga baho ta’sirini, aniqlashga qaror qildilar. Eksperiment maqsadiga ko‘ra, bir sinfda o‘quvchilar
muayyan vaqt davomida javoblarining aniqligi va to‘liqligiga e’tibor qilmay, faqat maqtaldi. Boshqa sinfda faqat tanqid qilindi, uchinchisida esa biron-bir baho berilmadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, bilish faoliyati maqtalgan sinflarda eng yuqori yutuqlarga erishilgan, eng yomon natija o‘quv faoliyati tanqid qilingan sinfda emas, balki bilish faoliyati sira baholanmagan sinfda vujudga keldi. O‘qituvchinig o‘qitishga bo‘lgan havasi qanchalik ko‘p bo‘lmasin, bilish faoliyatining ichki motivlari qay darajada shakllangan bo’lmasin, u hamisha tashqi motivlashtirishga, tashqaridan maqtash va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘ladi. Bola ko‘z o‘ngida o‘qituvchi qanchalik ahamiyatli, obro‘li bo‘lsa, uning maktabda baholash va baholarda aks etuvchi maqtovlari shunchalik qadrli va ahamiyatli bo‘ladi.
Pedagogik baholash bilimni dastur talablari va ta’lim andozalariga qiyoslab aniqlabgina qolmay, balki o‘quvchilar bilim faoliyatini motivlashtiradi va rag’batlantiradi.
Bahoni bekor qilish pedagogik jihatdan ham, psixologik jihatdan ham o‘zini oqlamaydi. Bunday qator kamchiliklari bo‘lsa, besh ballik baho tizimiga muqobil xili topilganicha yo’q. Shunig uchun, gap uni takomillashtirish, o‘quvchilar bilimini baholashda xatoga yo‘l qo‘ymaslik haqida borishi kerak.

Yüklə 72,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin