Bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 72,34 Kb.
səhifə24/30
tarix13.10.2022
ölçüsü72,34 Kb.
#65086
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
pedagogika va psixologiya kafedrasi

Xulosa


Yoshlarga talim-tarbiya berish masalalarida yangicha yondashish davr talabi bo‘lib kelmoqda.
Respublikamizda uzluksiz ta’limini joriy etishdan asosiy ko‘zlangan maqsad – yosh avlodda yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy-siyosiy faollik, erkin fikr yuritish kabi qobiliyatlarni shakllantirishdan iborat. Bunda avvalo tahsil oluvchilarning faolligini oshirish talab qilinadi
O‘qituvchi o‘z faoliyati davomida, yani ayrim hollarda baho ballari ularning so‘z shakli bilan “a’lo”, “yaxshi” deb almashtiradi. Pedagogik baholash umuman bolalarning shaxsini emas, balki ko‘rsatgan sifatlarini baholashni nazarda tutadi.
Pedagogik baholashga bunday yondoshishga asoslangan va undan o‘z ishida oqilono foydalangan holda pedagog o‘z o‘quvchilarining qiymatiy munosabatlarini shakllantiradi va to‘g’rilaydi. Pedagogik baholash vositasida o‘qituvchi o‘z tarbiyalanuvchilarida axloqiy va ma’naviy-etik qarashlarni tarkib toptiradi.
Pedagogik baho: obrazlarni qiymatiy munosabatlar darajasida muhitga olib chiqish; bu munosabatlarni o‘zlashtirishda bola faoliyatini rag’batlantirish; xato qilish ehtimoli sezilsa, uni oldindan to‘g’rilashdan iborat. Har bir shaxs takrorlanmasdir va har bir shaxsga uning o‘sishi uchun pedagogik baholashning ahamiyatini hisobga olgan holda ehtiyotkorona munosabat darkordir. Shu munosabat bilan o‘qituvchi darsda va tarbiyaviy tadbirlarda foydalanishi mumkin bo‘lgan bir nechta texnologok qoidalari mavjud;

  1. O‘quvchilarning ijtimoiy qiymatli yutuqlarini taqdirlash. Ushbu usulni qo‘llaganda, o‘qituvchi bolaga yorqin hissiy tuyg’ularni boshdan kechirishga yordam beradi, bu o‘qituvchining aktiv faoliyatini o‘stirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bolaning o‘qituvchi bilan o‘zaro munosabatlarini chuqurlashtirishga yordam beradi, bu o‘quvchiga ta’sir etishda qo‘shimcha imkoniyatlarni ochadi. Har bir bolaning shaxsiy va umuminsoniy yutuqlari ruyobga chiqishi zarur.

  2. Xulq-atvor belgilari ko‘rinmaganda baholash muddatini cho‘zish. Baholash muddatini cho‘zish o‘quvchining o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga yoki boshqa ishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, uning qalbida uzoq vaqt qolishi mumkin bo‘lgan

umidsizlikning oldini olishga yordam beradi. Bu muddat pedagog tomonidan belgilanadi va vujudga kelgan muammoga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan: Birinchi sinf o‘quvchisi harf va bo‘g’inlarni xunuk va tartibsiz yozadi. O‘qituvchi bahoni qo‘ymay turib, o‘quvchiga shunday deydi: “Yaxshi baho olish uchun vazifani namunaga qarab to‘g’ri, toza tartib bilan yozish kerak”. Masalani hal etish uchun ketadigan vaqt albatta o‘quvchiga ma’lim qilinadi, chunki u, birinchidan, psixologik tomonidan ruhiy zo‘riqish holatida bo‘lishga o‘rganmagan bo’ladi, ikkinchidan esa, bunday masalani yechishni pysalga solish bajarayotgan ishni mustaqil anglab yetish samaradorligini pasaytiradi.
Ta’lim beruvchining to’g’ri va adolatli asoslashi, garchi, salbiy harakterda bo’lsa ham, talabani qanoatlantiradi. Ta’lim beruvchi bilimni doim nazorat etib ball bilan baholar ekan, talabaning ishiga bo’lgan munosabatini aytib o’tadi. Erishgan yutuqlari uchun rag’batlantirsa, kamchiligi uchun koyiydi. Uni bartaraf qilish mumkinligini ham ijodiy tayyorgarlik paytida asosiy e’tiborini nimalarga qaratish kerakligini ko’rsatadi. Bunday asoslash talaba yutuqlarning aniq bahosi bo’libgina qolmay, balki uning bundan keyingi o’qishdagi vazifalarini bajarishga yordam beradi. Bu, talabada umid uyg’otadi. O’ziga bo’lgan ishonchni mustahkamlaydi va ta’lim beruvchi – ustozga nisbatan ham e’tiqodni yanada kuchaytiradi. Eng asosiysi ular kelajakda o’zfaoliyatlariga tanqidiy ko’z bilan qaraydigan jiddiy shaxslar bo’lib yetishadilar.
Demak, bilimni to’g’ri va haqqoniy baholash ta’lim beruvchining pedagogik faoliyatiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi va qo‘yilgan bahoga javobgarligini oshiradi. Baho o‘quvchiga ta’sir etib, uning ijodiy va salbiy kechinmalarini jumbushga keltiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi. Bu kechinmalar faqat bahoning qandayligiga bog’liq bo’lmay, balki uning o‘quvchi ongiga qanday yetkazishiga ham bog’liqdir. Faqat yuqorida aytib o’tilgan shartlarga rioya qilib, hamma tomon hisobga olingan holda, qo’yilgan ob’ektiv baho talabalarda axloqiy – irodaviy xususiyatlarni tarkib toptirishga yordam beradi.

Yüklə 72,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin