Bitiruv malakaviy ishi


Favqulotda vaziyatda avariya qutqaruv ishlarini olib borish



Yüklə 395,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix09.06.2023
ölçüsü395,19 Kb.
#127540
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Kimyoviy texnologiyasi fakulteti bitiruv malakaviy ishi (1)

Favqulotda vaziyatda avariya qutqaruv ishlarini olib borish
Avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarini 
rejalashtirish va amalga oshirishdan maqsad, aholini turli favqulotda 
vaziyatlardan himoyalash, shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish, 
avariya oqibatlarini qisqartirish hamda vayronalardan insonlarni olib 
chiqishga qaratilgandir. 
Avariya qutqaruv ishlari quydagi vazifalarni amalga oshirish
orqali olib boriladi. 
1. 
FV ro‘y bergan xududlarida razьvedka ishlarini olib borish 
hamda xarakatlanish yo‘nalishlarini rejalashtirish. 
2. Bino qismlari, vayrona uyumlari orasidan shuningdek 
yonayotgan binolar ichidan insonlarni qidirish va olib chiqish. 
3. Jabrlangan insonlarni, guruxlarga ajratgan xolda birlamchi tibbiy 
xizmat ko‘rsatish hamda yaqin ambulatoriyalarga etkazish. 
Boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga quydagilar kiradi: 


1. Insonlarni ommoviy piyoda yoki transportda xarakatlanish 
yo‘llarini ochish hamda xavfli jismlardan tozalash. 
2. Gaz, elektr, suv quvur tiqimlari va boshqa tizimlarda yuz bergan 
avariyalarni to‘xtatish, qutqaruv ishlarini o‘tkazish. 
Korxonada yong‘in sodir bo‘lganda xarakatlanish quydagi tartibda 
amalga oshiriladi.ssexda germetiklik buzilib yoki boshqa sabab bilan 
yong‘in chiqqanda OPD turidagi signalizator ishga tushadi. Bu 
signalizator ishga tushishi bilan sexdagi navbatchi korxonaning 
yong‘in xavfsizligi bo‘limiga xabar beriladi va ishchilarning tartibli 
evakuatsiyasini ta’minlashni nazorat qilinadi. YOng‘in ixavfsizligi 
bo‘limi etib kelguncha ishchilar o‘zlari OU 2, OU 9,OU 8 birlamchi 
o‘t o‘chirgichlar yordamida yong‘inni boshqa ob’ektga o‘tib 
ketmasligini nazorat qiladi. 
Yong‘in xizmat xodimlari bilan bir vaqtda tibbiy tez yordam 
ko‘rsatish xizmati ham etib keladi. FV oqibatlari tugatilishi bilan 
qutqaruv ishlari boshlanadi. Tartibni saqlashga e’tibor beriladi. 
YOng‘in yoki avariya sodir bo‘lishida odamlrni xavfsiz boshqa joyga 
chiqish yo‘llari bo‘lishi binolarni loyihalash va qurish vaqtida hisobga 
olingan. YOng‘in havfsizligi norma qodalariga asosan evakuatsiya 
yo‘llari o‘tga chidamli materiallardan tayyorlangan, harakat yo‘lida 
hech qanday to‘siqlar yo‘q. Korxona binosida 2ta chiqish evakuatsiya 
yo‘llari mavjud. 
“AVT qurilmasini loyihalash, vakuum kolonnasini ish” 
jarayonida ishlatiladigan xom-ashyolar ma’lum talab asosida 
omborlarda saqlanadi. Quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmaydigan, 
yopiq, quruq joyda, xarorat 30
o
S dan yuqori bo‘lmagan, namlik 80% 
dan ko‘p bo‘lmagan joyda saqlanadi. 



Yüklə 395,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin