Bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 395,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix09.06.2023
ölçüsü395,19 Kb.
#127540
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Kimyoviy texnologiyasi fakulteti bitiruv malakaviy ishi (1)

 
MEHNATNI MUXOFAZA QILISH 
 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng 
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi masalalariga katta ahamiyat 
berildi. Bu borada insoniyat zararli moddalar bilan ta’sirlanishini 
oldini olish uchun fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanilmoqda. 
Mehnat muhofazasi bu insonlarni ishlash vaqtida sog‘lig‘i, ishlash 
qobilyatini, xavfsizligini ta’minlovchi texnik, sanitar gigienik, 
uyushgan qonunlashtrilgan tadbirdir. 
Mehnat muhofazasini amaliy faoliyati mehnat sharoitlarini 
yaxshilash, kasb kasalliklarini va shkastlanishni oldini olishdan iborat. 
O‘zbekistonda mehnatnt muhofaza qilish borasida bir qancha 
qonuniyatlar qabul qilingan. Bu qonunlar faqat ishlab chiqarishda 
mehnat muhofazasi texnika xavfsizligi qoidalarini nazorat qilib 


qolmay, balki mehnat muhofazasi qonunlari buzulmasligi uchun 
javobgardir. 
“FNQIZ”
da ”Mehnatni muhofaza qilish” borasidagi tadbirlar 
qabul qilingan bo‘lib, ular mehnat sharoitlarini yaxshilash va xavfsiz 
mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi uslubiy qo‘llanmalar, 
instruksiya ko‘rsatmalar, tavsiyalar kabi umumiy qoidalarni o‘z ichiga 
oladi. 
Mehnatni muhofaza qilish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi 
2009 y 47-son 59 moddasida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligi 2009 y 16 noyabrda 2042 soni bilan, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2000 y 267- sonli qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlar to‘plami, 2000 y 7-
son 39 modda bilan tasdiqlangan. 
“FNQIZ”
da xodimlar xavfli va zararli ishlab chikarish omillari 
ularning tavsifi, yuzaga kelish ma’nbalari, ishchilarga ta’sir qilish 
xususiyatlari va salomatlik uchun xavfli darajasi va kelgusidagi 
oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega. Ish joylaridagi ishlab chiqarish 
muhiti va mehnat jarayoning xavfli hamda zararli omillari to‘g‘risida 
ma’lumotlar, ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, 
mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek og‘irligi 
ish joylarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiya qilinishi bilan 
tasdiqlanadi. 
Korxona o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan kasblar va ishlar 
ro‘yxatiga ega. Ro‘yxatda, aniq te’nologk jarayon, ishlab chiqarish
uskunasi, ishlatiladigan xom ashyo va ishlarni amalga oshirish 
xususiyatlari bilan bog‘liq xavflar xisobga olingan.
Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarishdan oldin, mexnat 
muxofazasi bo‘yicha yo‘l - yo‘riq olish va ishlarni xavfsiz bajarish 
usullarini o‘zlashtirib olganlar. 
FNQIZ 
, chiqindi tashlash bo‘yicha SN-245-71 ga asosan 1 
kategoriyaga kiradi. Sanitar ximoya zonasi SNIP-2.01.03-96 ga asosan 
(1000) m. “AVT qurilmasini vakuum kolonnasi ish 
” 
jarayoni 


vakuum ostida va yuqori xaroratda boradi. Bu esa endotermik jarayon 
hisoblanadi. 
Uglerod (II) oksidi 
– rangsiz,hidsiz nixoyatda zaxarli gaz. Ishlab 
chiqarish binolarida SO ning miqdori 11mg, xavoda 0,03 mg ni tashkil 
etadi. U avtomobildan chiqayotgan tutun gazlarda xayot uchun xavfli 
miqdorda bo‘ladi. SHu sababli korxonada ish vaqtida xonalar yaxshi 
shamollatiladi. 
FNQIZ 
shamol yo‘nalishi bo‘yicha SNIP 2.01.01.83 ga asosan 
joylashgan. Bunda zaxarli gaz va changlarni chiqishi xisobga olinib 
korxona axoli punktiga teskari qilib joylashtirilgan. Bu esa zaxarli gaz 
va changlarni axoli punkitiga etib kelmasligini ta’minlaydi. 
Texnologik jarayon uzluksiz tarzda davom etadi. Ish ikki smenada 
olib boriladi. GOST 12-2.03.91 KMK -3-05-98 ga asosan 
“Texnologik jarayonlarni tashkilashtirish sanitariya qoidalari va ishlab 
chiqarish jihozlariga gigenik talablar” ga muvofiq tashkil qilingan. 
Xom ashyo va materiallarni qayta ishlash texnologik uskunaning 
pasportida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi. 
Korxonada SANPIN-0120-01, SANPIN 122-01 ga asosan 
shovqin, tebranishdan ximoya choralari ko‘rilgan. SHovqin, 
tebranishdan ximoyalash maqsadida, desorbsiyassexini ishlab 
chiqarish maydonidan tashqariga joylashtirilgan.ssex, bo‘limlarni 
eshik, derazalari maxsus tovush o‘tkazmaydigan materiallardan 
tayyorlangan. 
Korxona bo‘limlarini yoritish asosan tabiiy va sun’iy ravishda 
amalga oshiriladi. Kunduz kuni asosan tabiiy yorug‘likdan 
foydalaniladi. Tabiiy yoritilish SNIP 2-01-05.98 ga asosan qabul 
qilingan. Kechki smenalarda esa, sun’iy yoritishdan foydalaniladi, 
yoritilish uchun lyumenissent lampalardan foydalaniladi.
FNQIZ
ssexlrini havosi mo‘‘tadillashtirilib turiladi. 
SHamollatash qurilmalaridan foydalaniladi. Isitish SanPiN -0058-96 
ga asosan amalga oshiriladi. SHamollatish qurilmalaridan to‘g‘ri 
foydalanish, uni to‘liq ishlaydigan holatda bo‘lishi uchun javobgarlik


mexanik zimmasiga,ssexda esassex boshlig‘i va mexanik zimmasiga 
yuklatilgan. 
Elektr uskunalarining nosozligi yoki ularning ishlatish qoida 
talablariga amal qilmaslik ishchi-xizmatchilarning shkastlanishiga olib 
keladi. Insonlarni elektr toki ta’sirida shkastlanishidan himoya qilish 
uchun ishlab chiqarish sharoitlarida xavfsiz tok usti qoplangan simlar, 
erga ulangan va neytrallovchi ximoya tizimlarilan foydalanilgan. 
SHuningdek, elektr uskunalarni tanlash, o‘rnatishda mavjud bo‘lgan 
qonun-qoidalar normalariga amal qilingan.
Ishchilar va xizmatchilarni shaxsiy ximoya vostalari bilan 
ta’minlash. 
Ta’sir etuvchi zaxarli gaz va chang bilan ishlovchissexlarda, 
ishchi va xizmatchilar ob’ekt fuqoro muhofazasi bo‘limi (FM shtab) 
xodimlari tomonidan shaxsiy ximoya vositalari bilan ta’minlanganlar. 
Nafas olish organlarini muxofazalash maqsadida shaxsiy ximoya 
vositalaridangazniqoblar nazarda tutilgan. 
Gazniqoblar ikki turga bo‘linadi: 
3. Filtirlovchi gazniqolar ( GP 5, GP 7, GP 9, PDF 2SH); 
4. Ajratuvchi gazniqoblar (IP 46 IP 48). 
Nafas olish organlarining eng oddiy himoya vositalari: 
4. Respirator
5. Changga qarshi matoli niqoblar; 
6. Paxta dokali bog‘ich. 
FNQIZda
SNIP- 2.08.12.98 ga asosan ishchi-xizmatchilar uchun 
dam olish, ovqatlanish, uy va ish kiyimlarini saqlash xonasi, 
zararsizlantirish, yuvish-yuvinish va boshqa madaniy-sanitariya 
xizmatlari uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha binolar qurilgan.
Korxonada yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirish, 
tashkillashtirish va olib borish SNIP-2.01.02-04 ga asosan, “YOng‘in 
xavfsizligi” umumiy talablariga ONTP 24/86 ga asosan “Portlash 
xavfi” umumiy talablariga va ushbu qoidalarga muvofiq ta’minlangan. 


Ishlab chiqarishda o‘rganilmagan yong‘in va portlash xavfi va toksik 
xususiyatlariga ega bo‘lgan modda va materiallar qo‘llanilmaydi. 
Korxona binolarining yong‘in xavfsizligi ularning o‘tga 
chilamlilik darajasi bilan aniqlangan. SNIP 2.09.12-98 ga asosan 
qurilish materiallari bo‘yicha yonmaydigan, qiyin yonadigan xillari 
mavjud. 
Yong‘in yoki avariya sodir bo‘lishida odmlrni xavfsiz boshqa 
joyga chiqish yo‘llari binolarni loyihalash va qurish vaqtida hisobga 
olingan. YOng‘in havfsizligi norma qodalariga asosan evakuatsiya 
yo‘llari o‘tga chidamli materiallardan tayyorlangan, harakat yo‘lida 
hech qanday to‘siqlar yo‘q. Korxona binosida 2ta chiqish evakuatsiya 
yo‘llari mavjud. 
Barcha ishlab chiqarishssexlarida, xom ashyo va tayyor 
maxsulot omborxonalari ma’muriy va boshqa yordamchi binolar 
hamda inshootlar dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan 
ta’minlangan. 
Ventilyasiya tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya 
bilan birlashtirilgan va (SNIP 2.04.02 84., GOST 12.2.2002.89, SNiP 
2.04.09.07) bo‘yicha o‘rnatilgan.
Bino va yong‘in suv ma’nbalari yo‘lkalari hamda yong‘in 
vositalari va uskunalariga boradigan yo‘lkalar doimo bo‘sh bo‘lishi 
ta’minlangan, 
binolar oralig‘idagi yong‘inga qarshi masofa 
uzulmalarida materiallar, uskunalar, bo‘sh idishlar taxlashga ruxsat 
etilmaydi. 
FNQIZda
yong‘inga qarshi suv ta’minoti SNIP-2.04.02.86 ga 
asosan belgilangan. Katta miqdorda suv saqlaydigan suv havzasi 
mavjud. 
O‘tni o‘chirish birlamchi vositalaridan xarakatlanadigan, qo‘lda 
ishlataligan o‘t o‘chirgichlar
, gilropulьpalar, chelak, suvli bochka
belkurak, qumli yashik, asbest yopgich, namat va boshqa 
yonmaydigan buyumlari mavjud. 
Yong‘in haqida tez xabar berish uchun yuqori havfli hisoblangan 
texnologik uskunalarda, ishlab chiqarish binolarida, omborlarda 


darakchi vositalari SNIP-2.04.02-84, GOST 12.2.2002.89 ga asosan 
o‘rnatilgan. Bu vositalar yonayotgan manba, joyini o‘z vaqtida 
aniqlashga yordam beradi. 
FNQIZda
ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinasi tashkil qilingan. 
Yashinning er ustidagi inshoot, qurilmalarga to‘g‘ri urilishi 
buzilishga, yonuvchi modda va materiallarni alangalanishiga olib 
keladi. Yashinni ikkilamchi ta’siri, ximoyalanuvchi bino va 
inshootlarni metall konturiga yashin urilish vaqtida, zaryadlarni 
elektrostatik va elektromagnitli induksiyalanishi bilan boradi. 
Natijada, uchqunlanish bilan bog‘liq xavfli vaziyat vujudga keladi.
SHu sababli yashinda himoya choralari SNIP 2 .01.03 96, SNIP 
2.01.02.85 ga asosan ko‘rilgan. 

Yüklə 395,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin