BITIRUV ISHININGQISQACHA MAZMUNI
Hozirgi texnika texnologiyalar rivojlanayotgan bir paytda
yoqilg’iga bo’lgan talab ortib bormoqda. Yoqilg’i resurslaridan
unumli foydalanish yoqilg’i ishlab chiqarish jarayonida
isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik va xarajatlarni kamaytirish
maqsadga muvofiqdir. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida bir
nechta neft va gazni qayta ishlash zavodlari ishlab turibdi. Ular
zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlangan.
Men loyihalayotgan GDS qurilmasi dizel fraksiyalarini
gidrotozalash ya’ni oltingugurtdan tozalashga mo’ljallangan.
Bu loyiha 10 ta qismdan iborat bo’lib, kirish qismida
Prezidentimiz I.A Karimov neft va gaz sanoati rivoji
sanoat ulushida
katta ahamiyatga ega ekanligi, neft va gaz sohasiga doir qarorlari va
Respublikamizda ishlab turgan
neft va gaz zavodlari ishga
tushirilishi sanalari, ularning quvvati, chiqarilayotgan mahsulot turlari
ko’rsatib o’tilgan. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslash Farg’ona
neftni qayta ishlash korxonasini ratsional joylashtirishga ko’p jihatlar
ta’sir ko’rsatishi keltirilgan. Ishlab chiqarish kuchlari to’g’ri
joylashtirilgan holda qurilish mablag’ iqtisodiga tegishli
ishlab
chiqarish rentabilligini oshirishga olib keladi. Loyihalanayotgan
ishlab chiqarish korxonasi shunday joylashishi kerakki, u har
tomonlama qulay bo’lishi ya’ni hom-ashyo ,
energiya, suv
resurslariga iloji borija yaqin bo’lishi kerak va mahsulotni tashib
ketishda temir yo’lga yaqin bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Keyingi bo’lim xom shyo moddalar va tayyor mahsulot tavsifi
bo’lib, bu bo’limda qyrilmada qayta ishlashdan chiqqan
mahsulotlarning miqdori, konsentratsiya
va fizik-kimyoviy
ko’rsatkichari yoritib berilgan.
Navbatdagi bo’limda biz loyihalashtirilayotgan qurilmaning
samaradorligi material balansi issiqlik balanslari va diametrlari
hisoblab chiqilgan.
Iqtisodiy qismida biz loyihalashtirilayotgan qurilma, ishlab
chiqarish jarayoniga ketadigan sarf-xarajatlar, menga berilgan
qurilmaning quvvati ya’ni 850000 t / yiliga bo’yicha barcha
harajatlar hisoblab chiqilgan.
Texnologik jarayonni avtomatlashtirish hozirgi kun talabi bo’lib
qolmoqda. Zero, texnologik jarayonni avtomatlashtirish ishchi kuchini
tejash,
qurilmaning aniq ishlashi, qurilmaning xavfsizligi muhim
bo’lib hisoblanadi.
Keyingi qism mehnat muxofazasi bo’limi bo’lib, ishlash
chiqarish jarayonida ishchi xizmatchilarni bemalol ishlashi uchun har
tomonlama qulay bo’lishi kerakligi haqida yozilgan. Jarayon to’la
yoritilganlik, tebranish me’yori, shovqin me’yorida bo’lishi va biz
loyiha qilayotgan jarayon dizel yoqilg’isi bilan bog’liq bo’lgani
uchun dizel bug’ining xavodagi konsentratsiyasi belgilangan
me’yorlardan oshib ketmasligi nazarda tutilgan.
Atrof-muhitni muhofazasi. Ishlab chiqarish jarayonid atrof-
muhitga chiqarilayotgan gazlar miqdori va kanalizatsiyaga
tasklanayotgan chiqindilar miqdori belgilangan konsentratsiyadan
oshib ketmasligi maqsaqga muvofiq.
Navbatdagi qism muhofazasi haqida bo’lib, ishlab chiqarish
jarayonida ishchi xizmatchilar favqulodda vaziyatlarga tayyor bo’lish,
favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda ularga
tayyor va ularga qarsgi
choralr ko’rishni bilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: