4.2.Kon jinslarini qazish-yuklash ishlari Qazish yuklash ishlari kon massasini zaboydan qazib olish va ularni trasnsport vositalariga yuklash yoki ag‘darishga tashish ishlarini o‘z ichiga oladi. Karyerlarda qazish-yuklash uskunalari sifatida davriy va uzluksiz harakatlanuvchi mashinalardan foydalaniladi.
Qazish tog‘ jinslari burg‘ulash - portlatish ishlari yordamida qazib olishga tayyorlanganda qazish – yuklash ishlarini bajarish uchun bir cho‘michli ekskavatorlardan foydalaniladi. Ular asosan zich tog jinslarini yumshatmasdan, qoyali va yarim qoyali tog jinslarini oldindan yumshatib qazib olishga muljallangan.
Cho‘mich, strela va rukoyat – mexanik kurakli ekskavatorning ishchi organlari hisoblanadi.Bu ekskavatorlar bilan zich tog jinslarini ekskavatsiyalash jarayonida chumichning keskir tishlari bilan tog jinsi qatlami qirqiladi. Tuldirilgan chumich bilan ekskavator bushatish joyiga buriladi va kovshni (chumichni) bushatib, ishchi organ yana qazish joyiga qaytadi. Portlatib yumshatilgan uyumlarni yuklashda esa, chumich uyumga botiriladi.Rukoyatni siljitish prinsipiga qarab mexanik kurakli ekskavatorlar kanatli va gidravlik siljituvchi ekskavatorlarga bo‘linadi. Ishlatilish sferasiga qarab mexanik kurakli ekskavatorlar ikki turga bulinadi:
Karyerlarda ishlovchi ekskavatorlar;
Ochish ishlari uchun mo‘ljallangan ekskavatorlar.
Karyerda ishlovchi ekskavatorlar – tog‘ jinslarini qazib olishva ularni transport vositalariga yuklashga mo‘ljallangan.
Ochish ishlariga mo‘ljallangan ekskavatorlar esa, qazib olingan tog‘ jinslarini ishlangan (foydali qazilma qazib olingan) bushliqlarga tashlab ishlaydi.
Bir chumichli mexanik kurakli ekskavatorlar asosan Rossiya, AKSH, Fransiya, Germaniya va Yaponiya davlatlarida ishlab chiqariladi.
Ekskavatorlar ish unumdorligini hisoblash. Mexanik kurakli qazib-yuklovchi ekskavatorlar karyerlarda keng qullaniladi. Ular konstruksiyalarining tuzilishi – uzluksiz ishlovchi qazib-yuklovchi mashinalar ishlay olmagan iqlim sharoitlarida xam ishlash imkonini beradi.
Ekskavatorning ish unumdorligini hisoblash uchun eng avval ekskavator turini tanlab olish kerak bo‘ladi. Men ushbu malakaviy bitiruv ishida Qalmoqir kon boshqarmasida kon massasini qazib-yuklash ishlari o‘lchamlarini xisoblash uchun (pog‘ona balandligi 22.5 m bo‘lganda) EKG-10 turini tanladim. Menga berilgan topshiriqdagi kon massasi hajmini avtomobil va temir yul transportiga yuklash uchun kerak bo‘ladigan ekskavatorlar sonini hisoblash uchun dastlab bitta ekskavatorning ish unimdorligini hisoblash talab etiladi. Endi tanlab olingan (pog‘ona balandligi 22,5 m bo‘lganda) EKG-10 ekskavatori avtomabil transportiga yuklash uchun soatlik texnik unumdorligini xisoblaymiz:
Pe.tex = ( m3/soat) Bunda, YE – ekskavator cho‘michining sig‘imi, 10 m3;
Ts.r – ekskavator bitta ish siklining davomiyligi, sek;
Ts.r =45 sek. ke– ekskavatsiya koeffitsiyenti bo‘lib, quyidagicha aniqlanadi:
ke = Bunda, kn.k – ekskavtor cho‘michining tog‘ jinsi bilan to‘lishini xisobga oluvchi koeffitsiyent.
kr.k – tog‘ jinslarining ekskavator cho‘michida maydalanishini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
ke ning qiymati qazib olinayotgan tog‘ jinsining turi, tog‘ jinslarining burg‘ulash-portlatish ishlari natijasidla maydalanish darajasi kabi xossalaridan kelib chiqqan xolda 0,55 0,95 gacha o‘zgaradi. Biz ke=0.50 deb qabul qilamiz.
U holda
Pe.tex = m3/soat Endi ekskavatorning ekspluatatsion-smenalik ish unumdorligini topamiz:
Pe.sm = Pe.tex. Bunda, Tsm – smena davomiyligi bo‘lib, Qalmoqir konida ekskavatorlar uchun Tsm =12 soat ga teng;
ki.e - ekskavatorning ish vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti, bo‘lib uning qiymati karerda qabul qilingan transport turi va transport qatnovi sxemasiga bog‘liq. Ma’lumki, Qalmoqir koni Markaziy karerida qazib olingan kon massasi avtosamosvallarga yuklanib qayta yuklash punktigacha transport qilinadi. ki.e ning qiymati avtomobil transporti uchun 0,55 0,65 ga teng. ki.e=0.6 deb qabul qilsak, ekskavatorning bitta smena davomidagi ish unumdorligi quyidagiga teng bo‘ladi:
Pe.sm = 400∙12∙0.6=2880 m3/smena Ekskavatorning yillik ish unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:
Pe.g= Pe.sm ∙Nd ∙nsm bunda, Nd – Vaqt meyorlari bo‘yicha bitta ekskavatorning 1 yil davomidagi ish kunlari soni bo‘lib, rudani qazib olishda uning qiymati 240-250 kun deb olinadi.
nsm = 2, Bir sutkadagi ish smenalari soni.
U holda, Pe.g= 2880∙240∙2=1382400 m3/yil Yuqorida hisoblangan ma’lumotlardan foydalanib, bizga malakaviy bitiruv ishi topshirig‘ida berilgan kon massasi hajmini transport vositalariga yuklash uchun kerak bo‘ladigan ekskavatorlar sonini aniqlaymiz:
Neks = bu yerda: Vg.m.-bir yilda qazib olinadigan kon massasi hajmi .
U holda,
Qoplama jins bo‘yicha:
Neks = ta Ruda bo‘yicha Neks = Demak, qazish-yuklash ishlarini amalga oshirish uchun umumiy 17 ta EKG -10 ekskavatori kerak bo‘ladi.