Bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash


Bitiruv malakaviy ish ilmiy maslahatchisi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/39
tarix20.06.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#61854
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
BMI yozilish tartibi

Bitiruv malakaviy ish ilmiy maslahatchisi: 
Bitiruv malakaviy ish maslahatchisi kafedrada faoliyat ko’rsatayotgan ilmiy 
darajasi bo’lmagan o’qituvchiga ilmiy rahbarlik qilishi uchun biriktirilgan ilmiy 
darajaga yoki ilmiy unvonga ega professor-o’qituvchilardan tayinlanadi. 

talabaga bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida o’z mutaxassisligiga 
mos qismini tayyorlashga ilmiy, metodik va amaliy yordam ko’rsatishi; 


20 

talabani mavzu bo’yicha ma`lum qismini yoritishda zarur bo’ladigan manba 
va adabiyotlarni izlashga yo’naltirishi hamda tadqiqotni amalga oshirishda 
qo’llaniladigan metodikalarni tanlashga yordam berishi; 

talabaga muntazam umumkasbiy, ixtisoslik va metodik jihatdan maslahat 
berib borishi, «Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jadvali»ni nazorat qilishi; 

belgilangan vaqt davomida bitiruv malakaviy ishning bajarilishini 
ta`minlash maqsadida ba`zi bir qismlari uchun maslahatlarini kafedradagi bitiruv 
malakaviy ishlarni muhokama qilish jarayonida bayon qilish; 

bitiruv malakaviy ish xaqida 10-ilovada keltirilgan shaklda yozma taqriz 
berishi lozim. 
Talabaning ilmiy maslahatchi ko’rsatmalarini bajarmasligi yoki besabab 
maslahatlarga kelmasligi bitiruv malakaviy ishga maslahatchilikdan voz kechishga 
asos bo’ladi. 
Bitiruv 
malakaviy 
ishni 
tayyorlash 
jarayonida 
talabaning 
majburiyatlari:
Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida talaba butun o’quv faoliyatida 
olgan bilimlari, egallagan ko’nikmalari asosida quyidagi kasbiy malakaviy 
talablarga ega bo’lishi lozim: 

Vazirlar mahkamasining ta`lim to’g`risidagi me`yoriy hujjatlari bilan ishlay 
olishi; 

Davlat ta`lim standartlarida ko’rsatilgan me`yoriy talablarga to’liq amal 
qilishi; 

o’quv rejasiga muvofiq tarzda faoliyat yurita olishi; 

ijodiy izlanish asosida ta`lim mazmuniga tegishli o’zgartirishlar kirita olishi; 

elektron darsliklar uchun animatsiyali taqdimotlar yarata olishi; 

ko’rgazmali qurollar va tarqatma materiallar tayyorlay olishi; 

biologiya sohasiga oid zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari 
asosda dars o’ta olishi; 

muammoli ta`limni amalga oshirish va uning o’ziga xos xususiyatlarini 
takomillashtirib borishi; 


21 

o’quvchi-talabalar bilan do’stona munosabatlarni shakllantira olishi; 

pedagogik madaniyat va kasbiy mahoratga ega bo’lishi; 

o’quvchi-talabalar bilan individual va tabaqalashtirilgan holda ta`limni 
amalga oshira olishi; 

iqtidorli o’quvchilarni izlash va ular bilan individual ishlash rejasini tuza 
olishi; 

o’quvchi-talabalarning mustaqil faoliyat ko’rsatishini ta`minlay olishi; 

o’quvchi-talabalar uchun pedagogik, psixologik va kasbiy yo’nalishlarda 
qo’shimcha mashg`ulotlar tashkil etishi; 

mustaqil ta`lim jarayonida o’quvchilarning ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini 
shakllantirishi; 

darsni rejalashtirish jarayonida vaqtdan samarali foydalanish uchun 
auditoriyaga beriladigan axborotni to’g`ri taqsimlay olishi;

darsda beriladigan axborot hajmi va o’quvchini o’zlashtirish darajasini 
inobatga olgan holda metodika qonuniyatlarini ishlab chiqishi va ulardan eng qulay 
metodlar va usullarni tanlab tadbiq eta olishi; 

darsda qo’yilgan aniq maqsadga erishish uchun belgilangan vazifalar echimi 
asosida kafolatli natijani qo’lga kiritish; 

erishilgan yutuq va kamchiliklar yuzasidan o’z-o’zini tahlil etish va o’z 
faoliyatiga tanqidiy baho berishi;

o’qitish jarayonida pedagogik-psixologik usullarni to’g`ri tanlay olishi va 
ularni qo’llash uchun yangi tavsiyalar berib borishi;

texnologik jarayonlarni o’qitish tamoyillari va metodlari asosida estetik 
hamda iqtisodiy samaradorlik tomonlarini o’rganish;

biologik fanlarni o’qitishning umumiy tamoyillari va metodlarini ishlab 
chiqish;

elektron darsliklar asosida ta`lim bera olishi (mavzuni yoritish jarayonida 
elektron darsliklar imkoniyatlari yordamida taqdimotlar namoyish etishi); 


22 

ta`lim jarayonida masofadan o’qitishni tashkil eta olishi (ushbu holatda 
masofadan o’qitish metodlari taxlil qilishi va ularni qo’llash uchun tavsiyalar 
ishlab chiqishi);

o’quvchilarda tanqidiy fikrlashni yuzaga keltira olishi (auditoriyaga 
berilayotgan axborotni turli usullar, tarqatma materiallar asosida mavzu bo’yicha 
muammoli vaziyatlarni yarata olishi hamda o’tilayotgan mavzuga o’quvchilarning 
tanqidiy fikrini shakllantirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishi); 

interfaol metodlardan foydalanib o’qitishni tashkil etishi; 

auditoriyani psixologik jihatdan boshqara olishi; 

o’quvchilarda mavzu bo’yicha savollar, bahslar sharoitini yaratishi; 

darsning yutuq va kamchiliklarini aniqlab, barcha o’z fikrini ifodalash 
imkonini beruvchi usullarni tavsiya etishi; 

o’quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini faollashtirish maqsadida auditoriyada 
psixologik muloqot o’rnatish uchun kichik guruhlarni shakllantira olish; 

darsda belgilangan vazifa va muammodan kelib chiqadigan maqsadlarni 
ifodalay olishi; 

auditoriyada tashkil etilgan guruhlarda pedagogik g`oyalar tizimini 
shakllantira olishi; 

guruh a`zolari tomonidan tashlangan pedagogik g`oyalarni tizim holiga 
keltirib tasniflashi; 

keltirilgan g`oyalarni destruktivlashi, ya`ni amalga oshish imkoniyatiga 
qarab baholashi; 

o’quvchilar tomonidan bildirilgan tanqidiy mulohazalarga ob`ektiv baho 
bera olishi; 

o’quvchilarning tanqidiy, tahliliy va aniq mantiqiy fikrlashlarini rivojlatirish 
uchun ularga o’z fikrini yozma yoki og`zaki shaklda ixcham bayon etish va 
himoya qilishga tegishli shart-sharoitlar yaratishi; 

ta`lim berish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qanday 
qo’llash va o’qitish uchun lozim bo’ladigan me`yoriy hujjatlarni tuza olishi; 


23 

mavzu bo’yicha dastur, yordamchi chizmalar, tarqatma materiallar va o’z 
fikrini o’zgalarga etkaza olishi hamda himoya qila olishi; 

dars yakunida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlarni tartibga 
solishi va ularni umumlashtira olishi; 

ob`ektlar miqdoriy va sifat munosabatlarini ifodalash uchun matematik 
metodlarni qo’llashi; 

eksperiment ma`lumotlarini ishlab chiqishning asosiy usul va yo’riqlaridan 
foydalanishi; 

olingan natijalarning foydalanish chegarasini baholab va ular ierarxik 
tuzilishini hisobga olib modellarni tadqiq etishi; 

uzluksiz ta`lim muassasalarida o’quv jarayonini tashkil etishi va 
o’tkazilishiga ko’maklashishi; 

tadqiqotlarda ishtirok etishi, ma`lumotlarni to’plashi, umumlashtirishi va 
tahlil etishi va x.k. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin