18
3. BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISHDA TASHKILOTLAR
VAZIFALARI
3.1 Universitet tayanch kafedralari vazifalari
Universitet tayanch kafedralari bitiruv malakaviy ishning bajarilish jarayoniga
ilmiy rahbarni, fakultet dekanlari esa ma`muriy rahbarlikni ta`minlaydi.
Talaba tayanch kafedralaridan biriga ariza yozgandan keyin u yoki bu
kafedraga berkitiladi. Ariza kafedra yig`ilishida ko’rib chiqilish jarayonida bitiruv
malakaviy ish yoki loyiha mavzui ilk bor aniq ifoda etiladi. Bitiruv malakaviy
ishga rahbarlik qilish tartibiga ko’ra boshqa tashkilot va muassasalardan yuqori
malakali amaliyotchi-mutaxassislar, shuningdek, kafedraning ko’proq tajribali
o’qituvchilari belgilanishi mumkin.
Kafedra mudiri talabalarning pedagogik amaliyotini o’tash jarayoni va ular
tomonidan bitiruv malakaviy ishning bajarilishini doimiy nazorat qilib boradi.
Talaba pedagogik amaliyotini o’tab bo’lishi bilan kafedraga amaliyot o’tagan
joyidan o’z faoliyati bo’yicha yozma tavsifnoma va olingan tadqiqot natijalari
xaqida qisqacha hisobot topshiradi.
Dostları ilə paylaş: