Bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash


 BITIRUV MALAKAVIY ISHLAR MAVZULARINI TANLASH VA



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/39
tarix20.06.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#61854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
BMI yozilish tartibi

 
2. BITIRUV MALAKAVIY ISHLAR MAVZULARINI TANLASH VA 
TASDIQLASH TARTIBI 
2.1 Umumiy talablar 
Bitiruv malakaviy ish talabaning oliy ta`lim muassasasidagi barcha ta`lim 
olish davrlarida egallagan nazariy bilimlarini tizimlashtirish, tadqiqot, tajriba-sinov 
va loyihalash metodikalarini amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasini nazorat qilish, 
shuningdek, bitiruvchi talabaning zamonaviy kasb-hunar ta`limi soxasida kasbiy 
majburiyatlarni mutaxassis sifatida bajarishga tayyorgarlik darajasini aniqlash
maqsadida amalga oshiriladi. Bitiruv malakaviy ish mavzulari Respublikamizda 
o’rta maxsus ta`lim muassasalari o’quv dasturlariga mos ravishda, Davlat ta`lim 


12 
standartlarida belgilangan talablarga asoslangan holda, zamonaviy fan yutuqlari va 
texnologiyalarini xisobga olgan xolda tuziladi.
Bitiruv malakaviy ishning asosiy vazifalari: 

olingan mutaxassislik va biror ixtisos bo’yicha tayyorlash sohasida ilmiy-
tadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni mustahkamlash; 

mustaqil ma`lumotlarni izlash va muayyan muammolar yuzaga kelish 
maqsadlarida vaziyatlarni o’rganishga bo’lgan bilimlarni egallash; 

bitiruv malakaviy ishda qo’yilgan vazifalarni bajarishda tadqiqot, tajriba-
sinov va loyihalash metodikalarini o’zlashtirganlik darajasini namoyish etish; 

real sharoitlarda talabaning ishga tayyorgarlik darajasining namoyon 
bo’lishi; 

tanlangan mavzu bo’yicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar, 
xodisalar va muammolar mohiyatini ochish; 

mavjud materiallarni tizimlash, taxlil qilish, xulosa chiqarish; 

mutaxassislik samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan taklif va tavsiyalar 
ishlab chiqish va h.k.lardan iborat. 
Bitiruv malakaviy ish: 

ilmiy tadqiqotning dastlabki ma`lumotlarini tizimlashtirilgan holda 
saqlashi; 

tanlangan mavzu bo’yicha tadqiqotning bajarilish yo’llari va natijalarini 
ifodalashi; 

olingan mutaxassislik va biror ixtisos bo’yicha tayyorlash sohasida 
mustaqil ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni o’z ichiga olishi; 

yangi dalillar va hodisalar yoki zamonaviy ilmiy nuqtai nazarlar bilan 
avvaldan ma`lum bo’lgan shartlar umumlashtirilgan ma`lumotlarni o’z ichiga 
olishi; 

munozarali va bahsga sabab bo’lgan xarakterdagi meteriallarni qamrab 
olishi lozim. 
Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida talaba turli ma`lumotlar 
beradigan yordamchi adabiyotlar, davlat ta`lim standartlari, texnologik ko’rsatma 


13 
va me`yoriy hujjatlardan foydalanishni o’rganishi, mustaqil ravishda hisob-kitob 
va loyihalash ishlarini bajara olishi va turli jadval va sxemalar tuza olishi, fan va 
texnikaning ilg`or yutuqlarini xisobga olgan xolda ta`lim jarayonlarini to’g`ri 
tashkil eta olishi, yangi asbob-uskuna va jihozlarni tanlashi hamda texnologik 
jarayonni loyihalay olishi lozim. SHu bilan birga o’rta maxsus ta`limi tizimi, soha 
bo’yicha kasb-hunar kollejlari o’quv dasturlari va o’quv rejalari bilan tanish 
bo’lishi, mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya 
fanlari, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini chuqur bilishi hamda 
bu bilimlarini amalda qo’llay oladigan bo’lishi kerak.
Bitiruv malakaviy ish talabaning: 

turli xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda kasbiy-pedagogik 
masalalarning ko’prok maqbul variantlarini tanlashi va mantiqiy fikrlashi; 

mavzuni aniq ifodalashi va uning dolzarblik darajasini baholashi; 

qo’yilgan vazifalarni echishda tanlangan metodlarni asoslashi; 

manbalar, adabiyotlar va boshqa lug`aviy-axborot materiallari bilan mustaqil 
ishlashi; 

ularni nazariy tahlil qilishi; 

zarur dalillar, raqamli ma`lumotlarni tanlashi, ularni tahlil qilishi va 
sharhlashi, shuningdek, ularni jadval yoki boshqa illyustrativ shakllarda namoyish 
etishi; 

asoslangan xulosalar chiqarishi, ishning ilmiy natijalarini ifodalashi va 
amaliy tavsiyalar berishi; 

o’z fikrlarini xatosiz, adabiy tilda bayon etishi, ishni to’g`ri 
rasmiylashtirishi; 

olingan 
natijalar 
taqdimotini 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsion 
texnologiyalarni qo’llagan holda o’tkazishi kabi mahorati to’g`risida dalolat berishi 
lozim. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin