10
etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va
malakaviy ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Kafedra mudiri, taqdim
etilgan materiallar asosida, malakaviy ishni talaba tomonidan DAK da himoya
qilishga kiritish haqida qaror qabul qiladi. Agar, kafedra mudiri talabaning
malakaviy ishini himoyaga kiritish mumkin emas deb hisoblasa, masala kafedra
majlisida, rahbar ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra majlisining bayonnomasi
fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun rektorga taqdim etiladi.
Himoyaga kiritilgan malakaviy ish taqrizga yuboriladi.
Taqrizchilar tarkibi bitiruvchilarni ilmiy yo’nalishi bo’yicha mutaxassislari
tanlanadi
.
Taqrizchilar sifatida oliy o’quv yurtlarining professor va o’qituvchilari
ham jalb etilishi mumkin.
Fakultet dekani malakaviy ishni taqriz bilan himoya uchun DAK ga yuboradi.
Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi oliy
o’quv yurtlari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasi to’g`risidagi Nizomda
belgilangan.
Malakaviy ish himoyadan so’ng (kamida 10 yil) oliy o’quv yurtida saqlanadi.
Har xil sabablar bo’yicha malakaviy ishni boshqalarga topshirish zaruriyati mavjud
bo’lgan holda (tadbiq etish, tanlovlar va hakozo), ishdan nusxa olinadi (ishning asl
nusxasi oliy o’quv yurtida qoldiriladi).
Dostları ilə paylaş: