Bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash


 BITIRUV MALAKAVIY ISHINIG MAQSAD VA VAZIFALARI



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/39
tarix20.06.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#61854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
BMI yozilish tartibi

 
1. BITIRUV MALAKAVIY ISHINIG MAQSAD VA VAZIFALARI 
Bitiruv malakaviy ish talabaning o’qish davrida egallagan nazariy va amaliy 
bilimlari asosida bajargan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi. 
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi talabalarning barcha blok fanlari bo’yicha 
olingan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, bu bilimlarni 
muayyan ilmiy, ishlab chiqarishni hal etishda qo’llashdan iboratdir. Talaba 
uzluksiz ta`lim turlari bo’yicha o’quv dasturlari, o’quv rejalari bilan tanish bo’lishi, 
mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlari
yangi pedagogik texnologiyalarni chuqur bilishi va bilimlarni amalda qo’llay olishi 
kerak. 


11 
Bitiruv malakaviy ishning vazifasi olib borilgan tadqiqot mavzusi bo’yicha 
olingan umumiy axborotni mustahkamlashni, manbalardan to’plangan ilmiy va 
amaliy dalillarni tizimli tarzda izchil tartibga solishni nazarda tutadi. 
Bitiruv malakaviy ishning muallifi ilmiy tadqiqotni mustaqil olib borishi, 
ta`limiy muammolarni topishi va ularni hal qilishning umumiy metod va 
qoidalarini amalda qo’llay bilishi, tahlil qila olishi, natijaning samardorligini 
ko’rsata bilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari sifatida mutaxassislik va biror ixtisos 
bo’yicha tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni 
mustahkamlash, mustaqil holda ma`lumotlarni izlash va muayyan muammolarni 
echish, tanlangan mavzu bo’yicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar
xodisalar va muammolar mohiyatini ochish, mavjud materiallarni tizimlashtirish
taxlil qilish va qayta ishlash, uzluksiz ta`lim tizimida ta`lim sifati va 
samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va 
h.k.lardan iborat. 
Bitiruv malakaviy ishning yozilishi, tayyorlanishi va ochiq himoya qilinishi 
talabaning mutaxassisligi bo’yicha tanlagan mavzusi negizida nechog`lik mustaqil 
tadqiqot olib borish tajribasiga ega bo’lganligini aniqlab beradi.  

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin