Bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/39
tarix20.06.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#61854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
BMI yozilish tartibi

 
 
 


14 
2.2 Bitiruv malakaviy ishlar mavzulariga qo’yiladigan talablar 
Bitiruv malakaviy ishning namunaviy mavzulari mutaxassislar tayyorlovchi 
kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi. Mavzular alohida hujjat sifatida taqdim 
etilib, davlat va jamiyat talablari asosida davriy yangilab turiladi. 
Namunaviy mavzular asosida shakllangan bitiruv malakaviy ish mavzui ilmiy 
va amaliy jihatdan dolzarb bo’lishi lozim. 
Bitiruv malakaviy ish mavzuining shakllanishi kasb-hunar ta`limi 
samaradorligini oshirishga qaratilgan muayyan amaliy masalalarni hal etish 
ko’zlanganligi to’g`risida aniq tasavvur berishi lozim. 
Mavzu tanlashda talabani keyingi ilmiy tadqiqot ishlari olib borishini nazarda 
tutgan holda bitiruv malakaviy ish mavzusining nomzodlik va hatto doktorlik 
dissertatsiyalari yozishda ham dolzarb bo’lishiga erishish lozim. Bitiruv malakaviy 
ish uchun tanlangan mavzu nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlashda 
ham davom etishini maqsad qilib qo’yiladi. 
Tavsiya qilinayotgan va tanlangan mavzuning o’quv jarayonida albatta 
foydalanishini nazarda tutmoq lozim. Buning uchun o’qilayotgan ma`ruza yoki 
olib borilayotgan amaliy mashg`ulot dasturida o’z ifodasini topishiga erishish va 
dars jarayonida tanqidiy fikrlar bildirilishi alohida vazifa qilib belgilab qo’yilishi 
lozim. Bitiruv malakaviy ish mavzulari har o’quv yilida 20 – 30 % yangilanadi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzulari Respublikamizdagi o’rta maxsus ta`lim 
muassasalari o’quv dasturiga mos ravishda, Davlat Ta`lim standartlarida 
belgilangan talablarga asoslangan holda, zamonaviy fan yutuqlari va texnologiyasi 
hamda ilmiy tekshirish institutlari tomonidan tuzilishi kerak. 
Bitiruv malakaviy ish mavzusini ifodalashda
Biologiya va inson hayotiy 
faoliyati muhofazasi yo’nalishiga mos bo’lgan mavzuni tahlil qilamiz. Bunda 
birinchi qismida
ishning umumiy tasnifi, mavzuning dolzarbligi, mavzuning 
o’rganilganlik darajasi, adabiyotlar taxlili, tadqiqot maqsadi va vazifalari, tadqiqot 
ob`ekti va predmeti, tadqiqot usullari, ilmiy yangiliklari, tadqiqot natijalarining 
ilmiy va amaliy ahamiyati, bitiruv malakaviy ishining asosiy mazmuni, olingan 


15 
natijalari va ularning taxlili va ikkinchi qismida ta`lim-tarbiya masalalari va 
o’qitish jarayonining metodik asoslari aks ettirilishi kerak.
Bitiruv 
malakaviy 
ish 
mavzulari 
bankini 
yaratishda 
mavzularni 
shakllantirishni ob`ektni tayyorlash texnologiyasi orqali kompleks yondashuv va 
ta`lim-tarbiya masalalari va o’qitish metodikasini uyg`unlashtirish tamoyilida 
amalga oshirishni maqbul deb hisoblaymiz. 
Bitiruv malakaviy ish mavzuini aniq ifodalash jarayonida ilmiy izlanish 
yo’nalishi va metodlari, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ob`ekti va predmeti 
hisobga olinishi lozim. 
Bitiruv malakaviy ishlarning sifatini yaxshilash, mavzularning qaytarilishi 
yoki ko’chirmachilik holatlarining oldini olish maqsadida keng qamrovli mavzular 
bankini yaratish muhim. Bunda bitiruv malakaviy ish mavzusini shakllantirishga 
ta`lim mazmuni, metodlar, ta`lim vositalari va shakllari, tarbiyalash, shaxsiy va 
individual sifatlarini rivojlantirish hamda texnik ob`ektlar asosida yondoshish 
mumkin. Biologiya va inson hayotiy faoliyati muhofazasi yo’nalishi bo’yicha 
ta`lim olayotgan talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mazmunida soha ixtisosligi 
bo’yicha hamda pedagogika, psixologiya va kasbga oid fanlarni o’qitish metodikasi 
bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalari namoyon bo’lishi kerak.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari quyidagi so’zlar bilan yakunlanishi lozim: 
«…tadqiq qilish», «…. shakllantirish (rivojlantirish)», «… loyihalash (ishlab 
chiqish)», «…tahlil qilish (baholash)», «…kuchaytirish (susaytirish)», «…sifatini 
yaxshilash (samaradorligini oshirish)» va h.k. Shuningdek, bunda maqsad va 
vazifalar uyg`unligiga erishish joiz. Masalan: «…tahlil qilish va yuzaga keltirish», 
«…loyihalash va baholash». 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin