19
talabaga muntazam
maslahat berib borishi, «Bitiruv malakaviy ishni
tayyorlash jadvali»ni nazorat qilishi (3-ilova), talabaga DAK yig`ilishida
himoya
qilish jarayoniga kirish so’zi va taqdimotlarni tayyorlash uchun zarur bo’lgan
yordamni ko’rsatishi;
belgilangan vaqt davomida bitiruv malakaviy ishning bajarilishini
ta`minlash maqsadida ba`zi bir qismlari uchun maslahatchilarni biriktirish bo’yicha
kafedraga taklif
kiritishi;
bitiruv malakaviy ish xaqida 10-ilovada keltirilgan shaklda yozma xulosa
berishi lozim.
Talaba muntazam ilmiy rahbar tomonidan belgilangan hamda «Bitiruv
malakaviy ishni tayyorlash jadvali» qayd qilingan
vaqtlarda olingan natijalar
haqida hisobot berib borishi lozim.
Talabaning ilmiy rahbar ko’rsatmalarini bajarmasligi yoki besabab
maslahatlarga kelmasligi bitiruv malakaviy ishga rahbarlikdan voz kechishga asos
bo’ladi.
Talaba tadqiqotni amalga oshirish jarayonida
olingan natijalarning ilmiy
ishonchlilik darajasi uchun to’liq javobgarlikni oladi. Ilmiy rahbar olingan natijalar
ishonchliligini baholashda ishtirok etadi.
Talaba bitiruv malakaviy ishni o’z muddatida bajara olmasa, o’quv kurslarini
yakunlagandan so’ng uch yil davomida himoya qilish xuquqi beriladi. Berilgan
vaqt mobaynida u ilmiy rahbari va ilmiy maslahatchisini almashtirish, shuningdek,
unga bitiruv malakaviy ishni tayyorlashda ilmiy va metodik yordam ko’rsatuvchi
boshqa bir kafedrani tanlash xuquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: